Oqimlarning hisoblash parametrlari. Noritmik oqimlarni masalalarini ishlash. Umumiy qoidalar
Download 0.76 Mb.
|
5.1-mashg\'ulot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makoniy parametrlarga
3. Oqimning hisobiy parametrlari
Oqim parametrlari uning vaqtga oid tashkiliy va makonli tavsiflarini ifodalab, ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlab olish imkonini beradi. Oqimning vaqt parametrlariga quyidagilar kiradi: To – umuman oqim bo’yicha ishlarning umumiy davomliligi; T1 – oqim brigadalari tomonidan bir zaxvatkadagi barcha ishlar bajarilishining umumiy vaqti (davomliligi); Tbr – har bir alohida brigadaning barcha zaxvatkalardagi ishining umumiy vaqti (davomliligi); tbr – brigada ishi maromi, brigadaning zaxvatkadagi ishi davomliligi; ttashk – bir zaxvatkadagi yondosh brigadalar ishi orasidagi tashkiliy tanaffuslar; ttexn – bir zaxvatkadagi yondosh brigadalar ishi orasidagi texnologik tanaffuslar; tsh – oqim maromi (odimi), bir zaxvatkada barcha texnologik va tashkiliy jihatdan ajralmaydigan, xususiy va ixtisoslashgan oqimni tashkil qilgan va bir brigada (zveno) tomonidan bajariladigan operasiya va ishlarning bajarilishi. Oqimning tashkiliy parametrlariga quyidagilar kiritiladi: n – obyekt qurilishining butun ishlab chiqarish jarayoni bo’lib tashlanadigan alohida jarayonlar soni; oqimda ishtirok etayotgan va birinchi smenada ishlaydigan brigadalar soni; R – obyekt, kompleks miqyosidagi parallel oqimlar soni. Makoniy parametrlarga zaxvatkalarning umumiy soni N kiradi. Oqimning hisobiy formulalariga quyidagi farazlardan kelib chiqqan holda ega bo’linadi: har bir navbatdagi zaxvatkadagi ish oqim odimiga teng oraliq (interval)dan boshlanadi; bir zaxvatkada bir brigada (zveno) yoki bir marom bilan ishlaydigan bir necha brigada ishlashi mumkin; har bir zaxvatka o’lchami zaxvatkalarda bajariladigan barcha ish turlari uchun o’zgarmas bo’lib qoladi; bir zaxvatkadagi barcha ishlar majmui bajarilganidan so’ng har bir navbatdagi zaxvatkadagi ishlarni oqim odimiga teng intervaldan kechiktirmay tugallaydilar. Ushbu farazlar oqimning eng sodda turlari: teng va karra maromli oqimlar uchun parametrlarni hisoblab aniqlash imkonini beradi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling