O`qish darslarida
qo`llaniladigan metodlar
17 05 –guruh talabasi Ozoda
Norqulova
Boshlangich sinfda o`qish darslari
Boshlangich sinf o`qish darslarida
o`rganiladigan ba’zi voqealarni asosiy xulosa
bir necha gap orqali ham ifodalanishi mumkin.
Badiy asarlardan olingan matnlar yoki ilmiy-
ommabop maqolalarda ifodalangan asosiy fikrni
o`zida aks ettirgan bir gap va bir necha gapni
alohida olib o`qishga o`rgantish o`quvchilar-
ning o`qiganlariga ongli munosabatda bo`lish
bilan birga, matn yuzasidan xulosa chiqarib
olish va uni o`zining hayotiy turmush tarziga
aylantirishga samarali ta’sir etadi.
Maktab o`quvchilarining badiiy asarlaridan olingan parchalarni yoki
ayrim kichikroq asarlarni yaxshi o`zlashtirib olishlari hamda o`qish
ko`nikmalarini shakllantirishda matnlarni takror-takror o`qishlari juda ham
muhimdir.
Biroq bir xil usulda o`qish bolalarni zeriktirib yuboradi, ular tez
toliqib qoladi. Buning oldini olish maqsadida tanlab o`qishning
yana bir qator turlaridan foydalanish mumkin. Biz bular haqida
o`z fikrlarimizni qisqa shaklda bayon qilamiz. Boshlangich
sinflarda ham yuqori sinflarda ham fanlararo o`zaro bog`lanishni
ta’minlash talab qilinadi. Shunga asosli o`qish darslarida
o`rganiladigan ba’zi matnlarni o`qishda o`quvchilarning ona tili
fanidan olgan bilimlariga tayanish ham mumkin. 3-sinf
o`quvchilari gapning anglatgan maqsadiga ko`ra darak, so`roq va
undov gaplarga bo`linishi va tegishli tinish belgilari qo`yilishini
Do'stlaringiz bilan baham: |