O`qish darslarida qo`llaniladigan metodlar
Download 315.7 Kb. Pdf ko'rish
|
amaliy 2m o\'qish
- Bu sahifa navigatsiya:
- G.L.Shukina ning “Pedagogika” kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif beriladi. “O’qitish metodlari
- Ta’lim metodi
- O’qitish metodlari
- O’qitish metodlari bu darsda o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish usullaridir
- S.I.Perovskiy, Ye.V.Golant
- M.A.Danilov, B.R.Yesipov
ta’lim
metodi – o’qituvchi va o’quvchining ta’lim mazmunini o’zlashtirishga qaratilgan o’zaro aloqador, ma’lum ketma- ketlikdagi faoliyat tizimidir. G.L.Shukinaning “Pedagogika” kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif beriladi. “O’qitish metodlari bu darsda o’quv-tarbiya maqsadlariga qaratilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi ish faoliyatidir”. O.Roziqov, M.Maxmudov, B.Adizov, A.Hamroyevlarning “Ona tili didaktikasi” darsligida ta’lim metodiga quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Ta’lim metodi – o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo’nalgan faoliyatini tartibga solish yo’lidir”. L.N.Skatkin o’zining kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif berdi: O’qitish_metodlari'>O’qitish metodlari – bu darsda o’quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish usulidir. Bu ta’rifga buyuk psixolog I.Ya.Lerner ham qo’shiladi. Lekin, uslubshunos olim Nikandirov o’zining doktorlik dissertasiyasida o’qitish metodlariga ta’rif berar ekan “O’qitish metodlari bu darsda o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish usullaridir” deb ta’kidlaydi. Moskva shahridagi “O’qitish mazmuni va metodlari ilmiy tadqiqot ishlari” institutining biologiya sektorida o’qitish metodlariga quyidagicha ta’rif berildi: “O’qitish metodlari – bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning ish faoliyati bo’lib, uning evaziga o’quv tarbiya ishlari hal etiladi”. Yoki shu institutning “Boshlang’ich ta’lim” sektorida A.M.Pishkalo rahbarligida quyidagicha ta’rif keltirildi: O’qitish metodlari – bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, uning evaziga bilim beriladi, malaka va ko’nikmalar hosil qilinadi, o’quvchilarda dunyoqarash va mustaqil ishlash elementlari shakllanadi, ular hayotga va mehnatga tayyorlanadi. O’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi. O’qitish maqsadi O’qitishni tashkil etish shakllari O’qitish mazmuni O’qitish metodlari O’qitish vositalari S.I.Perovskiy, Ye.V.Golant o’qitish metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. Ular o’qituvchi nutqi, ko’rgazma qurol, darslik hamda qo’shimcha adabiyotlarni ta’lim manbalari sifatida qarab, ta’lim metodlarini 3 guruhga ajratishgan: 1) Bilimlarni og’zaki bayon etish 2) Ko’rgazmali 3) Amaliy metodlar M.A.Danilov, B.R.Yesipov o’zlarining qator ishlarida ta’lim jarayonining turli zvenolarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratishgan. 1) bilimlarni o’rganishga oid metodlar 2) malaka va ko’nikmalarni shakllantirishga oid metodlar 3) bilim va malakalarni tadbiq etish metodlari 4) ijodiy ishlash metodlari 5) bilim va malakani mustahkamlash va tekshirish metodlari Download 315.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling