O’qish darslarida vatan posbonlari mavzusini o’rganish mundarija: I kirish


Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida


Download 183.82 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi183.82 Kb.
#1644415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’QISH DARSLARIDA VATAN POSBONLARI MAVZUSINI O’RGANISH

1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida
Kreativlik (lotincha “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi.
Mazkur tushunchani ko‘plab nuqtai nazarlarga asoslangan talqinlari mavjud. Falsafada kreativlik deganda “biror yangi narsani yaratish yoki qandaydir usullar asosida yangilikni amalga oshirish: muammoni hal etishning yangi yechimlari, yangi metod yoki vosita, yangi san'at asari”.
I.P.Nikitinaning fikricha, san'at falsafasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri “kreativlik” tushunchasi qo‘llanilmaydi, biroq “inson muntazam ravishda o‘zining shaxsiy “chegarasi”dan chetga chiqishga harakat qiladi: o‘zining imkoniyatlari, hayoti va o‘z dunyosidan”. Transtsenditlikda insonning o‘z-o‘zini o‘zgartirishga intilishi, hissiyotlari, ijodkorligi va kreativligi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Psixologik nuqtai nazardan kreativlik ko‘proq ijodga umumiy qobiliyatlilik bilan aloqadorlikda talqin qilinadi. Hozirda mazkur atama original yechimlarni izlab topish, nostandart harakatlarni amalga oshirishga tayyorlik ma'nosini ifoda etadi. Psixologiyada kreativlik deganda “yangi g‘oya, yechim, metodlar, nazariyalar yoki qandaydir faoliyatning yangi mahsulini ishlab chiqish” tushuniladi.
XX asrning 50-yillarida paydo bo‘lgan insonparvarlik psixologiyasining maqsadi sifatida aynan o‘z-o‘zini aktuallashtirish jarayonida o‘zining imkoniyatlarini namoyon etishga qodir ijodkor shaxsni o‘rganish belgilangan edi. Insonparvarlik psixologiyasi uchun xos inson tabiatiga ishonch bildirish uning kreativligi tabiati va rolini tushunishga ham taalluqlidir. Mazkur yo‘nalishning asosi tarafdorlari – Sharlotta Byuler, Abraxam Maslou, Rollo Mey, Karl Rodjerslardir.
Karl Rodjers kreativlik tushunchasi mohiyatini izohlashda “muammoning avval aniqlanmagan yechimlarini izlash”ga alohida urg‘u bergan.
Simpson kerativlini “insonni fikrlashning qotib qolgan usullaridan voz kechishi” sifatida talqin qiladi.
San'at psixologiyasi bilan bog‘liqlikda Irji Kulkaning quyidagi nuqtai nazari qiziqish uyg‘otadi: “kreativlik psixologik jihatdan sog‘lom va maqbul tarzda o‘z-o‘zini namoyon etuvchi shaxs sifatidir”.
Xorij olimlaridan P.Torrens fikricha, kreativlik - muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikni ifodalaydi.
Bizning tadqiqotimiz doirasida kreativlikka berilgan barcha ta'riflarni ko‘rib chiqish imkoniyati yo‘q, shuning uchun ular orasidan alohida ahamiyat kasb etadigan nuqtai nazarlarga to‘xtalib o‘tamiz. Ular orasidan ayniqsa, I.P.Ilin tomonidan bildirilgan quyidagi fikrni alohida ta'kidlab o‘tish lozim: “XX asrning 60-yillarida kreativlik tushunchasiga 60 ta ta'rif berilgan bo‘lib, ularni shartli ravishda 6 ta turga ajratish mumkin”:
1) mavjud elementlardan yangi geshtalьtlar hosil qilish mumkinligiga doir geshtalьtist (naprimer: M.Vertgeymer, Keller);
2) yaratilgan mahsulotning yangiligini baholashga doir innovatsion (S.Mednik);
3) insonning o‘zini ifoda etishi sifatida shakllanadigan estetik (naprimer: A. Maslou, E Fromm);
4) munosabatlar psixologiyasi orqali kreativlik namoyon bo‘ladigan psixoanalitik (Z. Fretsd, K. Yung);
5) muammoli – kreativlik vazifalarni hal etish jarayoni (masalan, Gilford kreativlikni divergent fikrlash sifatida e'tirof etgan;
6) noaniqlik yoki noyoblik”.
M.A.Xolodnayav tadqiqotlarida kreativlik “erkin faoliyat sharoitida insonning produktiv fikrlashi va ko‘plab miqdordagi qiziqarli g‘oyalarni ilgari surishga tayyorligi, ya'ni divergent fikrlashi” sifatida talqin qilingan.
V.N.Kozlenko o‘zining tadqiqotlarida kreativlikni “har bir insonga tug‘ilganidan in'om etilgan va refleksiya shaklida (“buning uchun nima qilish kerak?”) namoyon bo‘ladigan ehtiyoj” sifatida talqin qilgan.
V.G.Kamenskaya va I.E.Melnikova kreativlikni yangi materiallar va ideal mahsulotlar yaratishga qodir ijodiy iqtidorli insonning shaxsiy o‘ziga xosligi sifatida izohlashgan.
D.B.Bogoyavlenskaya kreativlikni “aqliy faoliyatning intensivligiga sinonim sifatida intellektual faollik” deb fikr bildirgan.
O.V.Butorina mazkur atamaning ko‘plab izohlarini tahlil qilish natijasida uning quyidagi o‘ziga xosligini aniqlashtirgan: turli ta'riflarda kreativlikning farq qiluvchi jihati divergent fikrlash yoki yaxlitlikda intellektual ijodkorlik, mahsuliga ko‘ra butunlay yangi yoki original qayta tizimlashtirilgan, ma'lum tizimlarni qayta tashkil etish, insonning yaratuvchilik faoliyatiga layoqatliligi yoki axborotlarni nostandart kodlash va va h.k.
Kreativlikning mohiyatini aniqlash va bayon etishga doir ilmiy izlanishlar jarayonida ijodkorlik nazariyasi yoki ijodkor shaxsni rivojlantirish nafaqat xorijlik, balki respublikamiz olimlarida ham qiziqish uyg‘otganligiga guvoh bo‘ldik.
Jumladan, Z.Nishonova o‘quvchilarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirish nuqtai nazaridan kreativlikni divergent va konvergent tafakkur bilan bog‘liqlikda talqin etgan.
P.Ergashev, G.Gozibekova, G.Baykunusovalar kreativlikni yuksak ijodiy qobiliyatlarning natijasi sifatida talqin qilishgan. Ularning fikricha, shubhasiz yuksak ijodiy kobiliyatlar kandaydir yagona va xatto bir necha omilning emas balki pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning kattagina kompleksi mahsulidir. Biroq ushbu inkor etish kiyin bo‘lgan mulohazani e'tirof kilish, birinchidan, kreativlikni rivojlantiruvchi bir kator omillarni sun'iy hosil qilishning iloji yo‘q, degani emas, ikkinchidan, psixik taraqqiyotning kompensatsiya qonuniga ko‘ra, muayyan omilning yetishmayotgan ta'siri boshqa omillar bilan muayyan darajada qoplanishi mumkinligi ehtimoldan holi emas.
Kreativlikka doir ilmiy izlanishlar tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab ishlarda kreativlik deganda noyob hodisa sifatida tushuniladi, zamonaviy ilmiy ishlarda kreativlikni individning intellektual va shaxsiy xususiyatlari majmui ham jarayon sifatida talqin qilish tendensiyasi kuzatiladi.
Psixologiyada kreativlikka berilgan ko‘plab ta'riflar orasida biz N.Yu.Xryashevaning kreativlik nostandart fikrlashga konstruktiv qobiliyat, tahlil etish va boy tajribaga layoqatlilik tarzida bergan ilmiy talqinini ma'qul deb topdik. N.Yu.Xryashevaning fikricha, “kreativlik boy tasavvur, estetik qadriyatlarni mo‘ljal sifatida qabul qilish, shuningdek, muammoning tarkibiy asoslarini ko‘ra olishda namoyon bo‘ladi”. Kreativlikni shakllantirishga imkon beruvchi tavsifiy shart-sharoitlar orasida adekvat o‘z-o‘zini baholash va tolerant xulq-atvorga ega bo‘lish alohida ajralib turadi.
Psixologik nuqtai nazardan biz, kreativlik tushunchasiga quyidagicha izoh berdik: “kreativlik – shaxs va jamiyat qiziqishlari bilan bog‘liqlikda o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar doirasiga taalluqli vazifalarni hal etishda insonning konstruktiv va original fikrlashga tayyorligidir”.
Bizning tadqiqotimiz uchun Ye.P.Ilinning ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlilik psixologiyasiga doir tadqiqotlari natijalari asos qilib olindi. Jumladan, maktabgacha yoshdagi o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishga doir quyidagi omillarni qayd etib o‘tish imkonini berdi:
1) ijod kishilari bilan muloqotga kirishish va kattalarning faol nuqtai nazari (o‘qituvchining o‘zi xuddi shunday inson bo‘lishi kerak);
2) bolaga o‘z hissiyotlarini ifoda etishga imkon berish (bolaning emotsional kechinmalari qadrlanishi lozim);
3) qiziqishiga ko‘ra mashg‘ulotlar orqali ijodkorlikka yo‘naltirish (sana't asarlarini sahnalashtirish jarayonida rollarni ijro etishda bolaning ijodiy faoliyat turini tanlash huquqi);
4) ta'lim jarayonida tadqiqotchilik faoliyatiga ijobiy munosabati (darslikdagi o‘quv axborotlari bilan mustaqil ishlash imkoniyati) [63].
Shuningdek, Yu.A.Jigalovaning kreativlikni shakllantirish sohasidagi tadqiqotlari natijalari asosida maktabgachata’lim yoshidagi o‘quvchilarda kerativlikni rivojlantirish jarayonining quyidagi bosqichlari aniqlashtirildi:
1) o‘quvchilarni ijodiy faoliyat asoslariga tayyorlash (emotsional va sensor tajribani to‘plash);
2) kreativ xulq-atvor uslubini shakllantirish (o‘z ichiga “imitatsiya” – kreativ namunalarga taqlid qilish, “implikatsiya” – o‘zlashtirilgan usullarning ahamiyatini anglash va tajribada sinab ko‘rish, “transformatsiya” – shaxsiy ahamiyatga ega sharoitda ijodiy tajribani qo‘llash);
3) kreativ xulq-atvorni takomillashtirish (ijodiy faoliyatni individuallashtirish, ya'ni “uyg‘unlashtirish”).
Pedagogikada kreativlik deganda insonning “ijodga qobiliyatliligi” tushuniladi va intellektning rivojlanish darajasi bilan aloqadorlikda tahlil qilinadi. Jumladan, A.Arifjanova oliy ta'lim muassasalari pedagoglari tarkibining kreativ salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liqlikda kreativlik tushunchasining mohiyatini quyidagi tarzda bayon etgan: “maqbul imkoniyatlarni safarbar etish orqali, shaxsni muammoni qabul qilish, yangi, noodatiy mahsulni yaratish qobiliyati”. G.Ibragimovaning fikricha, kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.
Insonparvarlik psixologiyasi g‘oyalarining asosi sifatida insonparvarlik pedagogikasi ta'lim jarayoni ishtirokchilarining individual qiziqishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishni tashkil etishni talab etadi. Individual ta'lim trayektoriyasi – o‘quvchining maxsus tashkil etilgan bilish, ijodiy va boshqa qobiliyatlari majmuini amalga oshirishning shaxsiy yo‘li.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim mazmuni xilma-xil tajribalarni o‘zida aks ettiradi: yo‘naltiruvchi (bilim), faoliyatga doir (ko‘nikma), ijtimoiy va boshqalar. Tajribaning mazkur turlari natijada o‘quvchining shaxsiy tajribasining tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Shaxsiy tajribaning mavjudligi quyidagi sifatlar bilan belgilanadi:
• tanlov (hamkorlar, qadriyatlar, xulq-atvor yo‘nalishlarini tanlash tavsifi va usullarida namoyon bo‘ladi);
• refleksiyaga qobiliyatlilik (o‘z-o‘zini adekvat baholash, o‘z-o‘zini tahlil qilish);
• mas'uliyatlilik (universal integrativ shaxsiy sifat);
• kreativlik (ijodiy yondashuv, o‘z faoliyat sohasiga ega bo‘lishga intilish);
• erkinlik (mustaqillik, shaxsiy hayot subyekti sifatida o‘z-o‘zini namoyon qilish).
Kreativ pedagogika yoki kreativlikka asoslangan pedagogika deganda istalgan o‘quv fani doirasida qo‘llash mumkin bo‘lgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik bilimlar sohasi tushuniladi.
Sh.Sharipov o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi uzviyligini tadqiq etish asosida ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq murakkab psixologik jarayondir, degan xulosaga kelgan.
S.Golovin tomonidan ishlib chiqilgan amaliyotchi psixolog lug‘atida ijod – yangi qimmatli g‘oyalarni ishlab chiqishning psixik jarayoni, yangi moddiy va ma'naviy ahamiyatga ega ne'matlarni yaratish tarzida talqin etilgan.
O‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish nazaridan ijod –bolalarning xohish-istaklari, ehtiyojlari hamda ularga ta'lim-tarbiya berish maqsad va vazifalariga mos qulay ta'lim muhitini tashkil etishga doir yaratuvchanlik va izlanishli-tadqiqotchilikka doir faoliyatdir.
Ijodkorlik – individning ijodkorlik qobiliyati – noodatiy fikrlarni o‘ylab topish, an'anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal etish qobiliyatidir. U yangi g‘oyalarni yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi va qobiliyat tuzilmasi komponenti bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijodkorlik tushunchasiga ijodkor ishi, ijodkorga xos faoliyat; yaratuvchilik tarzida qisqa ta'rif berilgan.
Pedagogik ensiklopedik lug‘atda “Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy sharti fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi”, deb izoh berilgan. Mazkur lug‘atda “ijod” va “ijodkorlik” tushunchalariga alohida ta'rif berilmagan.
Falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarda “ijodkorlik” original, takrorlanmaydigan, ijtimoiy-tarixiy noyoblik bilan ajralib turuvchi faoliyat turi sifatida e'tirof etiladi.
Kreativ pedagogika yoki kreativlikka asoslangan pedagogika deganda istalgan o‘quv fani doirasida qo‘llash mumkin bo‘lgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik bilimlar sohasi tushuniladi. Pedagogikada mazkur yondashuv doirasida o‘quv materiali o‘zlashtirish obyekti emas, qo‘shimcha materiallarda bayon etilgan evristik metod va usullar bilan tanishmasdan imkoni mavjud bo‘lmagan evristik maqsadga erishish vositasi sifatida tushuniladi.
Mazkur yondashuv doirasida o‘qitish jarayonida fikrlashni faollashtirishning quyidagi metod va vositalari ishlab chiqilgan: “aqliy hujum” (muammoni yechimini topish uchun ko‘plab g‘oyalarni olg‘a surish) metodi, inversiya metodi (qarama-qarshi qoidalardan foydalanish), empatiya (ijodiy obrazda “yashash”) metodi, agglyutinatsiya (rayellikda o‘zaro tutashmaydigan sifat va xususiyatlarni birlashtirish), ramziy jihatini ko‘ra olish (narsa-buyum yoki hodisaning mohiyatini bilish uchun timsollarni qo‘llash) metodi, mazmunni aniqlash (obyekt g‘oyasini qo‘yishga intilish) metodi.
Tadqiqot obyekti bilan bog‘liqlikda “boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirish” deganda “o‘quvchilarni turli o‘quv topshiriqlarini bajarishi, vaziyatlarni hal etishda noodatiy yondashuvni tarkib toptirish, yangi g‘oya va nuqtai nazarlarni erkin ifoda etish, fikrning egiluvchanligi va tasavvurning boyliligini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon” tushuniladi, degan xulosaga kelindi.
Kreativlikning psixologik-pedagogik asoslarini talqin etuvchi kontseptual yondashuvlar mazmunini tahlil etish shuni ko‘rsatdiki, kreativlikni o‘rganish murakkab masala hisoblanib, intellektual, shaxsiy, motivatsion sohalarni o‘z ichiga qamrab oluvchi integral voqelik (T.M.Ambayl, D.B.Bogoyavlenskaya, Ye.P.Torrens, K.Urban, N.V.Xazratova, Z.T.Nishonova), ijtimoiy (D.Vollas, X.Grubber, J.Nakamura, V.Karimova) va emotsional (F.Zenasni, T.Lyubart, K.Mushiru, S.Tordjman, D.Sobirova) jihatlarni o‘zida aks ettiradi.
Kreativlikni tavsiflashga doir metodologik yondashuvlar xilma-xil bo‘lib, biz tadqiqotimiz uchun quyidagi yondashuvlarni asos sifatida oldik:
• tizimli;
• shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan;
• kompetentsiyaviy;
• madaniyatshunoslikka doir.
Ma'lumki, bugungi kunda zamonaviy pedagogika fani metodologiyasi pedagogik jarayonga yaxlit hodisa sifatida qarash, uni bir tizimda joylashuvchi alohida tarkibiy qismlar birligi tarzida tushunishni talab etadi. Pedagogik mahorat ham yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri sifatida mazkur jarayonga tizimli yondashuvni talab etadi. Ana shu asosdan kelib chiqib, eng avvalo, “tizim”, “tizimlilik”, “tizimli yondashuv” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Chunki mazkur tushunchalarni tadqiqotchilar aksariyat hollarda o‘z tadqiqotlarining metodologik asosi sifatida qayd etadilar.
Tizim (yunoncha systema – yaxlit, qismlardan tarkib topgan, biriktirilgan) muayyan yaxlitlik, birlikni hosil qiluvchi, o‘zaro ta'sirlashuv va bog‘liqlikda bo‘lgan ko‘plab elementlarni anglatadi. Tizim – tartibli ravishda joylashgan va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan qismlar birligini ifodalovchi yaxlitlikdir.
“Tizim” bu muayyan tahlitda tartibga keltirilgan elementlar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holatda, muayyan yaxlit birlikni hosil qiladi.
“Tizimlilik” tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila olishi, tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining tizimli qurilishga egaligi kabi holatlarni aks ettira olishi to‘g‘risidagi xulosaga kelish mumkin.
Tizimli yondashuv – ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning asosida ob'ektlarni tizim sifatida qabul qilinishi yotadi. Tizimli yondashuv tadqiqotchini ob'ekt yaxlitligini ochib berishga, uning aloqalari turli tiplarini aniqlashga hamda ularni yagona nazariy ko‘rinishga keltirishga yo‘naltiradi. Tizimli yondashuvning metodologik o‘ziga xosligi uning tadqiqotlarni quyidagilarga yo‘naltirishi bilan izohlanadi: obyekt yaxlitligini va uni ta'minlovchi mexanizmlarni ochib berish; murakkab aloqalarining turli tiplarini aniqlash hamda ularni yagona nazariy ko‘rinishga keltirish; shuningdek, obyektning yaxlitlik xususiyatlarini, uning tuzilmasi hamda dinamikasini belgilash imkonini beruvchi murakkab obyekt o‘zaro bog‘langan modellarining iyerarxik tizimi to‘g‘risidagi tasavvurlarni amalga oshiradi. Demak, tizimli yondashuvdan kelib chiqadiki, murakkab obyekt (tizim)ning o‘ziga xosligi uning tarkibiy qismlarining alohida xususiyatlarini inkor etmaydi, aksincha, ma'lum bir tarkibiy qismlar orasidagi aloqa va munosabatlarga doir bog‘lanishlarni hosil qiladi.
Tahlil natijalari asosida malktabgacha yoshdagi o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishning muhim tamoyillari sifatida quyidagilar aniqlandi:
• o‘quv-tarbiya jarayoniga majmuaviy yondashuv tamoyili.
• o‘qitishda tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili.
Shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv yo‘nalishida izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvda shaxsning va faoliyatning komponentlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi, chunki bu yondashuv jarayonida shaxs sub'ekt sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
O‘z navbatida, turli xil omillar ta'sirida hamda shaxsning o‘z faoliyati natijalari ta'sirida uning sub'ekt sifatida rivojlanishi amalga oshadi.
Sh.Shodmonovaning ta'kidlashicha, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvda ta'lim oluvchilarning mustaqil faoliyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi ta'lim-tarbiya jarayonidagi mavjud omillarni aniqlash asosida mazkur jarayonda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni vaziyatlarga ko‘ra tahlil qilish zarur bo‘lib, bunda ularning mustaqil va erkin fikr bildirishlari, hech qanday hadiksirashlarsiz o‘z tushunchalarini ifodalashlari, erkin muloqotga kirishishlari, ya'ni o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun zaruriy va yetarli shart-sharoitlar yaratiladi.
Shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda quyidagi pedagogik shart-sharoitlar hisobga olindi: o‘quvchining muayyan faoliyatga kirishishining ixtiyoriy ekanligi; qo‘yilgan maqsadga erishish vositasini tanlashda o‘quvchilarga ishonch, har bir bolaning imkoniyatlariga ishonish va ularning qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqqiyatli bajarishiga hayrixohlik bildirish; ta'lim vazifalarini belgilashda samarali va oqilona strategiya tanlash; pedagogik ta'sir etish jarayonida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish; talabalarning qiziqishlari, ularning individual ishtiyoqi, xohish-istaklarini hisobga olish va ularni yangi qiziqishlarni paydo qilish.
Tadqiqot doirasida shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv amaliy pedagogik faoliyatda quyidagi qoidalarga asoslanib joriy etildi: o‘quvchining faol nuqtai nazari, uning mustaqilligi va tashabbuskorligiga tayanish; o‘quvchi bilan muloqotda unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; pedagog o‘quvchilarning muvafaqqiyatlaridan quvona bilishi lozim; pedagog muhim muammolarni hal etishda o‘quvchiga yordam berishi kerak; tarbiyaviy vazifalarni bosqichma-bosqich hal etishda pedagog ularni amalga oshirishning har bir o‘quvchiga yuqori darajada foyda keltiradigan variantlarini izlab topishi kerak; guruhda, o‘quvchilarning boshqa jamoalarida ham pedagog insonparvarlik munosabatini shakllantirishi kerak, u o‘quvchilarning kamsitilishiga, ruhi tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.


Download 183.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling