O’qish darslarida vatan posbonlari mavzusini o’rganish mundarija: I kirish
Download 183.82 Kb.
|
O’QISH DARSLARIDA VATAN POSBONLARI MAVZUSINI O’RGANISH
1-bob bo’yicha xulosalar
Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi. Psixologik nuqtai nazardan kreativlik ko‘proq ijodga umumiy qobiliyatlilik bilan aloqadorliklikda talqin qilinadi. Hozirda mazkur atama original yeichmlarni izlab topish, nostandart harakatlarni amalga oshirishga tayyorlik ma'nosini ifoda etadi. Insonparvarlik psixologiyasi uchun xos inson tabiatiga ishonch bildirish uning kreativligi tabiati va rolini tushunishga ham taalluqlidir. Xorij olimlaridan P.Torrens fikricha, kreativlik - muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikni ifodalaydi. Kreativlikka doir ilmiy izlanishlar tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab ishlarda kreativlik deganda noyob hodisa sifatida tushuniladi, zamonaviy ilmiy ishlarda kreativlikni individning intellektual va shaxsiy xususiyatlari majmui ham jarayon sifatida talqin qilish tendensiyasi kuzatiladi. Tahlil natijalari asosida malktabgacha yoshdagi o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishning muhim tamoyillari sifatida quyidagilar aniqlandi: • o‘quv-tarbiya jarayoniga majmuaviy yondashuv tamoyili. • o‘qitishda tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijodni rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari orqali, masalan, kommunikativ, amaliy o‘yinlar yordamida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalari amaliyotida tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilarning ijodiy rivojlanishiga bo'lgan e'tiborini kuchayganlik tendensiyasi kuzatilmoqda. Ta’lim va tadqiqot muassasalari tomonidan o‘tkazilgan oxirgi tadqiqotlar, hozirgi zamon bolalarining psixofiziologiyasida, ruhiyatida, shaxsiy fazilatlarida sifat o‘zgarishlari yuqori o‘ringa egaligi kuzatilishi aniqlandi. Xususan, bolalarda tasavvur, qiziqish, ijodkorlikning keskin pasayib ketganligi qayd qilingan. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagi shartlarga e’tibor qaratish zarur: ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab-quvvatlash; bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi: o‘zini tavakkaldan olib qochish; fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish; shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; boshqalarga tobe bo‘lish; har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash. Download 183.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling