O’qit. Y. Y. Eshniyazova Urganch davlat Universiteti Mintaqada soliq tizimi samaradorligini oshirish imkoniyatlari. Annotatsiya


yil uchun Xorazm viloyatini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi hamda 2024-2025 yillarga maqsadli mo’ljallari [4]


Download 122.23 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi122.23 Kb.
#1597965
1   2   3   4
Bog'liq
Y.Eshniyazova maqola

2023 yil uchun Xorazm viloyatini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi hamda 2024-2025 yillarga maqsadli mo’ljallari [4]




Ko‘rsatkichlar

2023 yil uchun prognoz

2024 yil uchun mo‘ljal

2025 yil uchun mo‘ljal



1.

Yalpi hududiy mahsulot, mlrd.so‘mda



37 810,6



42 359,8



47 239,6

2.


Yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur’ati, foizda

105,4


107,4


107,6


3.


Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati, foizda

110,4


111,0


111,3


4.


Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, foizda

103,4


103,3


103,4


5.


Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati, foizda

109,0


109,4


109,7


Mintaqada bunday o’sish sur’atlarini ta’minlashda mamlakatimizda olib borilayotgan samarali soliq siyosati muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz tomonidan joriy yil uchun ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan sohalardagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlardan turli xildagi imtiyozlarning berilishi, erkin iqtisodiy zonalarning yaratilishi, hududlarning toifalarga ajratilib soliq solishning tabaqalashtirilgan tizimining joriy etilishi bunga aniq misol bo’ladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida”gi Farmonning qabul qilinishi 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda ro’yxatdan o’tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari imtiyozli ravishda foyda solig’i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini mazkur soliqlar bo’yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi kamaytirilgan soliq stavkalari bo’yicha to’lashi belgilandi. Xorazm viloyatida Yangiariq tumani 5-toifaga kiritilgan.
Bundan tashqari 5-toifadagi tumanlarda ro’yxatdan o’tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining qat’iy belgilangan summalarini to’lashdan ozod qilinadigan bo’ldi. Natijada tadbirkor ixtiyorida respublika bo’yicha 7,1 mlrd so’m mablag’ qolishi kutilmoqda.
4-toifadagi tumanlarda ro’yxatdan o’tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi 3 foiz qilib belgilandi. Bunda, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mazkur soliq bo’yicha pasaytirilgan soliq stavkalari saqlanib qolinadi. Natijada tadbirkor ixtiyorida 13,1 mlrd so’m mablag’ qolishi kutilmoqda.
Mintaqa budjetning daromadlarini shakllantirishda umumdavlat budjetdan o’tkaziladigan transfertlar bilan birga hududdan undiriladigan soliqlar ham salmoqli ulushga ega. 2023 yil uchun Xorazm viloyatining budjet tushumlarida soliqlar va yig’imlarning ulushini quyida jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
2-jadval

Download 122.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling