O’qitish materiallari to’plami tarkibi
Download 352.23 Kb.
|
Algoritmlash 40soat tayori
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALGORITMLASH ASOSLARI FANIDAN TAQVIMIY MAVZULAR REJASI
- Kafedra mudiri: ___________________ _________________ (iмzo) (F.I.SH) Fan o’qituvchisi: ___________________ _________________
- Standart funksiyalar va algebraik ifodalar
- ALGORITMLASH ASOSLARI FANIDAN FAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA MARUZALAR MATNI
- Muammoli ta’lim texnologiyalari
- Muammoli vaziyat yaratish usullari
- Muammoli vaziyatni hal etish darajalari
- Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar
- Muammoli ta’lim bosqichlari
O’QITISH MATERIALLARI TO’PLAMI TARKIBI:
ALGORITMLASH ASOSLARI FANIDAN TAQVIMIY MAVZULAR REJASI Taqvimiy mavzular rejasi «____________________________________» kafedrasining 2020 yil «______» _________________dagi _____sonli yig`ilishida muhokaмa etilib, ma`qullandi. Kafedra mudiri: ___________________ _________________ (iмzo) (F.I.SH) Fan o’qituvchisi: ___________________ _________________ (iмzo) (F.I.SH)
ALGORITMLASH ASOSLARI FANIDAN FAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA MARUZALAR MATNI 2022-yil
Muommolarni konpyuterda hal etish bosqichlari REJA 1. Muammoli ta'lim tеxnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari 2. Matematika darslarida muammoli ta’lim. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim yo’nalishi sanaladi. Muammo-grekcha πρόβλημα. so’z bo’lib, keng ma'noda o'rganish, hal qilishni talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda - har qanday hodisalarni, ob'ektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar ko'rinishida ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda shakllantirilgan: "Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga erishish kerakligi ma'lum, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum . Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin. Muammoli ta’lim texnologiyalari – o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli vaziyat yaratish usullari: - O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntirish va uni yechish yo’lini topishni taklif qilish; - Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish; - Hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni taklif etish. Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: - O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; - O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi; - O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: - Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish; - Solishtirish, umumlashtirish; - Dalillarni aniqlash va qo’llash; - Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish; - O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar. Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali). Muammoni hal etish bosqichlari: 1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi. 2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi. 3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan. Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega. 1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 2. Muammoning qo’yilishi. 3. Muammoning yechimini topish. Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi. Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi. Bunda: • nostandart masalalarni tuzish bo’yicha; • shakllantirilmagan savol bilan; • ortiqcha ma’lumotlar bilan; • o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; • yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; • olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; • hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash; • «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir. Download 352.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling