O’qitish materiallari to’plami tarkibi


misol. Ekranga 1 dan 20 gacha bo'lgan butun sonlarni o'sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing. Yechish


Download 352.23 Kb.
bet16/21
Sana20.01.2023
Hajmi352.23 Kb.
#1104171
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Algoritmlash 40soat tayori

misol. Ekranga 1 dan 20 gacha bo'lgan butun sonlarni o'sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing.

Yechish. Ekranga chiqariladigan sonlar S bilan belgilanadi. Awal S:=0 deb olinadi. S ning qiymatini S'.^S+l yordamida bittaga orttirib WriteLn(S) yordamida ekranga chiqariladi. Bu amallarni 20 marta takrorlash lozim, shuning uchun For operatoridan foydalaniladi. Program Ketma_ketlik; Var I, S : Integer; Begin
S:=0;
For I:=l To 20 Do begin S:=S+1; WriteLn(S); end;
End.
Umuman, takrorlash parametrini takrorlash tanasida ishlatish ham puimkin. Lekin uning qiymatini o'zgartirib boimaydi. 2-misol dasturini tahlil qilib, takrorlanish davomida S o'zgaruvchi / bilan bir xil qiymatlar qabul qilayotganligini ko'rish mumkin. Shunday ekan, ekranga S ning o'rniga I ni chiqarish ham mumkin. U holda dasturda S o'zgaruvchini qo'Hashga hojat qolmaydi. Bularni inobatga olib, dastur quyidagicha o'zgartiriladi:

19-mavzu: Ichki Siklik аlgoritmlаr


Yuqorida kеltirilgan takrorlanish opеratorlarini, odatda, takrorlanish soni noma'lum bo’lgan hollarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Takrorlanish jarayonining takrorlanish soni uni bajarilishidan oldin ma'lum bo’lsa hamda takrorlanish o’zgaruvchisining qiymatlari orasidagi farq (o’zgarish qadami) 1 ga yoki -1 ga tеng bo’lsa, paramеtrli takrorlanish opеratoridan foydalanish qulay.
Bu buyruq quyidagi ko’rinishga egadir:
FOR V:=L1 TO (DOWNTO) L2 DO M
Bu еrda: FOR opеratorning nomi; V- takrorlanish o’zgaruvchisining nomi; L1, L2 - mos ravishda V ning boshlang’ich va oxirgi qiymati; TO - "gacha" ma'nosini anglatuvchi xizmatchi so’z; DOWNTO - V ning qiymati -1 ga o’zgarganda TO ning o’rnida ishlatiladi; DO - bajarilsin dеgan ma'noni anglatadi; M - takrorlanish tanasi.
Tanada bir nеcha opеrator bo’lsa, ular Begin va End xizmatchi so’zlari orasida yoziladi.
Takrorlanish o’zgaruvchisining toifasi REAL va chеklanmagan INTEGER toifasidan tashqari, barcha oddiy toifalarda bеrilishi mumkin va uning qiymatlari orasidagi farq bitta kattalikka tеng. L1 va L2 V ning toifasidagi kattaliklar bo’lib, uning o’rnida o’zgaruvchi nomlarini, ifodalarni va o’zgarmaslarni ishlatish mumkin.
Misol. 1 dan 100 gacha bo’lgan musbat sonlar yig’indisini hisoblash dasturini tuzish.
Program sum;
Var s:real; I: integer;
Begin
S:=0;
For I:=1 to 100 do
Begin
S:=S+I;
End;
Write('s=',s)
End.
20-mavzu: Standart funksiyalar va algebraik ifodalar

Funksiya tushunchasi matematika fanidan ma'lum. Funksiyalarning xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratilgan. Masalan, chiziqli» kvadrat, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba'zilaridan Paskal dasturlash tilida ham foydalaniladi. Paskalda funksiyalardan


foydalanish qulay bo'lishi uchun ba'zi funksiyalar dastur translyatori ta'minotiga kiritilgan. Dastur translyatori ta'minotiga kiritilgan funksiyalar standart funksiyalar deyiladi. Bu funksiyalarning ko'pchiligi sizga MS Excel dasturi orqali tanish. Shu bilan birga Paskalda aniq bir amallarni bajarishga mo'ljallangan standart protseduralar ham ishlatiladi. Quyidagi jadvalda Paskalning ba'zi standart funksiyalarini izohi bilan keltirilgan:


Download 352.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling