O'qitishning interfaol modeli
Download 8.34 Kb.
|
O\'qitishning interfaol modeli
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Aqliy hujum” metodi
1. “Aqliy hujum”. Mavzu bo‘yicha keng va har tomonlama fikr yuritish, muammoni mustaqil tushunish va muammoni yechishda talabalar motivatsiyasini uygo‘tishga o‘rgatadi. Ilm oluvchilarni o‘z bilimi va ijodiy tafakkuriga tayanib ish yuritishga undaydi.
Aqliy hujum – bu: – muammoni yechishning novatorlik metodi; – qisqa vaqt ichida juda ko‘p fikrlar; – fikrlashda erkinlik, o‘z xatti-harakatidan mamnun bo‘lish (qanchalik kutilmagan fikr bo‘lsa shuncha yaxshi); – bu o‘zining va boshqalarning fikrini rivojlantirish, uyg‘un-lashtirish va o‘zgartirish. Ushbu metod quyidagi ketma-ketlikni qamrab oladi: 1) mavzu tanlanadi; 2) mavzuning asosiy tavsifi yoki qismlarining ro‘yxati tuziladi; 3) har bir tavsif yoki uning qismini bajarishning barcha imkoniyatlari sanab o‘tiladi; 4) ob’ektning barcha qismlarini bajarish bo‘yicha eng qiziqarli variantlar tanlab olinadi. 1. Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish: O‘quv guruhi tinglovchilari ichidan takliflarni ishlab chiquvchi kichik guruh shakllantiriladi (qoidaga ko‘ra 5-10 kishi) va ular tomonidan ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilish va eng yaxshi-larini tanlab olish uchun o‘quv guruhining qolgan tinglovchilaridan ekspertlar guruhi tashkil etiladi (taklif ishlab chiquvchilarning o‘zi takliflarni ishlab chiqqanidan so‘ng ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin). Mashg‘ulotdan bir -ikki kun oldin ishtirokchilarni mavzu va vazifa mazmuni bilan qisqacha tanishtiradi (bu kimdir mashg‘ulotga tayyor fikrlar bilan kelishiga sharoit yaratadi). Fikrlarni yozish va ro‘yxatini namoyish qilish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlab qo‘yish talab etiladi. Masalan, – doska va mel; – varaq va ruchkalar; – turli rangdagi stikerlar; – proektorga ulangan noutbuk. “Aqliy hujum” metodiBerilgan rasmdan 15 ta farq toping! Bu mashq uchun 5minut vaqt ajratamiz. Bu mashqni asosan 5-7-sinflarga qo`llash maqulroq. Bu mashq bilan o`quvchining zehnini baholash mumkin. Bu metodda fanga mos sur’atlarni tanlash kerak. Bu sur’at zoologiya fanida qo`llash uchun. Download 8.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling