O’qituchilarda axborot telekomunikatsiyalardan foydalanish. Reja
Axborot texnologiyalarini umumiy o’rta ta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish
Download 46.98 Kb.
|
O’qituchilarda axborot telekomunikatsiyalardan foydalanish.
Axborot texnologiyalarini umumiy o’rta ta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan: · axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar; · bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi; · mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi; · bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak. Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar: 1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik; 2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish; 3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi; 4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi; 5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi; 6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish. Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi: · informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish; · kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish; · zamonaviy operatsion tizimlarni bilish; · umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish; · hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik; · dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarining bo‘lishi; · utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi. Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologikpedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir — birini o‘qitadi. Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini birlashtiradi. Kompyuter o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz jo‘rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o‘qituvchining izohlari bilan beriladi. Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni mujassam etadi: 1. Pedagogik texnologiya pedagogik muassasani takomillashtirish, optimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’lim – tarbiya muassasaini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi. 3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya muassasaining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit muassasadir. 4. Pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5. Pedagogik texnologiya-shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan texnologiyalarni ta’limtarbiya muassasaida qo‘llashga nrisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qo‘yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarni inobatga olgan xolda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkuoniyatiga ega. 6. Pedagogik texnologya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgach, u jahon hamjamiyatida va rivojlanish taraqqiyotida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi, shuningdek, XXI asr – axborot texnologiyalari asri va axborotlashgan jamiyat sari ildam qadamlar bilan kirib keldi. Shu bois ham bugungi ilg‘or ta’lim berish jarayo-da informatika va axborot texnologiyalarining o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Bugungi kunda har bir pedagog uchun ushbu axborot texologiyalari uning o‘quv ishlanmasida eng yetakchi vazifani bajarmog‘I lozim. Chunki, o‘quvchi yoshlar ongida dars ishlanmasi yaqqol puxta ochib berilishi lozimdir. Ana shundagina ta’lim yanada sifatli hamda maroqli tarzda o‘quvchilar ongida shakllanadi. Yetakchi ta’lim bilan bir qatorda o‘quvchilarga axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish masalasi ham turadi. Chunki, hozirgi kunda insoniyat, shuning-dek, informatika fani muqarrar haqiqat bilan yuzma-yuz kelmoqda. Uning asosiy masalasi, muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo‘lmaganuchramagan axborot inqirozini (behisob ko‘payib ketishini) yengib o‘tishdir. Ammo qo‘yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmuyi bo‘lgan komputer texnikasi va global tarmoqlar, Internet umumjahon tarmog‘idan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin. O‘z navbatida, yangi ming yillikda istalgan sohaning zamonaviy mutaxassislari, jumladan, muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi xodimlari, marketologlar, ilmiy tadqiqotchilar, pedagog o‘qituvchilar va boshqalar tegishli sohaning axborot resurslaridan erkin va samarali foydalanishi (axborot olish, to‘plash, yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va hokazolar) uchun kompyuter – axborot-telekommunikatsiya vositalari bo‘yicha tegishli bilimlarga, axborotdan foydalanish madaniyatiga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Axborot madaniyatining zaminini yaratish esa informatika fani predmetini tashkil etadi va uni o‘rganish davomida texnik, dasturiy va algoritmlash vositalarining imkoniyatlarini o‘rganish mobaynida nazariy bilimlar hamda tegishli soha masalalarini mukammal shakllanririshdan iborat. Bugungi zamonaviy kompyuterlar bilan ishlash usullarini o‘rganish jarayonida talabaning dastlabki tasavvuriga kelmagan imkoniyatlar ochiladi. Zamonaviy kompyuterlar amalda hamma narsani bajarishi mumkin, lekin buning uchun foydalanuvchining o‘zi nimani istayotganligini aniq bilishi va eng muhimi kompyuterga buni qanday bajarish kerakligini tushuntirib bera olishi shart. O‘z navbatida, kompyuterga nimanidir tushuntirish uchun esa unga axborotni kiritish lozim. Chunki, axborot – informatika va axborot texnologiyasi sohasining asosiy resursidir. Axborot – bu o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy ajra-tuvchi, farqlovchi, tabaqalashtiruvchi belgidir. Yoki boshqacha qilib umumlash-tirib aytganda, axborot – bu biror faoliyat to‘g‘risidagi xabarlar majmuidir. Shuningdek, o‘z navbatida , informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumot tushunchalari ham keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki, faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin.Agar bu ma’lumotlarda biror nasra to‘g‘risidagi mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish uchun fodlanish imkoniyati tug‘ilsa, u holda ma’lumotlar axborotga aylanadi, deyish mumkin. Hozirda insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangiyangi kashfiyotlarning yaratilishiga asos bo‘ladi. Bu kashfiyotlarning biri – kompyuter texnikasidir. Azaldan insoniyat o‘z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan shug‘ullangan. So‘zsiz aytish mumkinki, kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib kopmyuter texnikasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni yig‘ish, boshqarish , qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamalakarlarning hozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyo XXI asr – axborot asri deb tan olgandir. Axborot asrida katta hajmda-gi ma’lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelinmoqda. Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishiga, kunlik ehtiyojga kerakli vositalr yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar ularning bir qismi bo‘lgan informatika hamda axborot texnolo-giyalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi das-turiy va texnik ta’minotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda . Bu ta’sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, dasturiy ta’minoti yangi variantlarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish usulini tubdan o‘zgartirishni talab etadi. Shuningdek, axborot texnologiyasi haqida bilish talabalarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Uning asosini tashkil etuvchi axborot ham neft, gaz, foydali qazilmalar kabi an’anviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya sifatida qabul qilish mumkin. Shunda quyidagi tushunchani keltirish ayni muddao bo‘lar edi: Moddiy ishlab chiqarishning maqsadi – inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘lsa, axborot texnologiyalarining maqsadi – inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar(boshlang‘ich axboroti)ni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanma-sidan foydalanuvchi jarayondir. Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog‘langan bo‘lib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal, harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi – birlamchi axborotni maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo‘li bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir. Axborot tizimi kompyuterlar , kompyuterlar tarmog‘i, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishdan iborat. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson-kompyuter tizimidir. Qisqacha qilib aytganda, bugungi kundagi har bir soha o‘zining keng ishlatilish sohasiga ega ekan, biz pedagoglardan ularni shakllantirish talab etiladi. Shuningdek, informatika sohasi fanga kirib kelgan eng so‘nggi va eng rivojlanib borayotgan sohadir. Undan keng foydalanish kelajagimizni yanada yaxshilash bilan uzviy bog‘liq ekan , bizlar uni yanada chuqurroq ravishda o‘rganishimiz bugungi kunda talab etiladi. Zero, bu sohadan barcha ishlarda, shuningdek, ta’limda ham keng qo‘llanilib kelinayotgani barchamizga qulaylik yaratib kelmoqdadir.Shuning uchun uni jamiyat orasida, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish barchamizning burchimizdir.Aholi malakaviy darajasi tabiiy holda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida, shuning bilan birga dеmokratik jamiyatning shakllanishida, millatning ijtimoiyma`naviy kamol topishida muhim rol o`ynaydi. Talabaning bilim saviyasi, fanni nеchog`li o`zlashtirganligi esa, uning bajargan mustaqil topshiriqlarida o`z ifodasini topadi Download 46.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling