O`qituvchi: G’aybullayev A. A mavzu: Shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga o’tishdagi inqiroz Reja: Shaxsning rivojlanishi
Download 0.51 Mb.
|
Дурдона Ахатовв
- Bu sahifa navigatsiya:
- . L.S.Vigotskiy
- Men konsepsiyasi
L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko‘rsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bog‘liq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon boiadi: ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo‘polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va boshalar. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 0 ‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo boiadi. 0 ‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bog‘liq. Sog‘lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0 ‘smirlarda ko‘p uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq. 0 ‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq ravishda o‘smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratishadi1. 0 ‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarishlarga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi.
Men konsepsiyasi — o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi. 0 ‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini, o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0 ‘smirlarning o‘zi bilan bog‘liq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bog‘liq. Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchiliklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bog‘liq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsatiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi. 0 ‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholashga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. 0 ‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling