O`qituvchi: G’aybullayev A. A mavzu: Shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga o’tishdagi inqiroz Reja: Shaxsning rivojlanishi


Download 0.51 Mb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1053494
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Дурдона Ахатовв

F.I.Haydarov rahbarligida N.I.Xalilova tomonidan « 0 ‘smirlik davrida o‘zini o‘zi nazorat qilish shakllanishining psixologik xususiyatlari» mavzuidagi ilmiy tadqiqoti ham e’tiborga molik1. Tadqiotlarda aniqlanishicha, o‘smirlik davrida mustaiql fikr, mustahkam e’tiqod va dunyoqarash shakllanganligi ularda axloq sohasida o‘zini o‘zi nazorat qilishning rivojlanishiga olib keladi va bu ko‘proq ijtimoiy xulq-atvorlar, munosabatlarda, o‘zini tuta bilish hamda javobgarlikni his qilish, mustaqillikka intilish, axloqiy qarashlarning kengayishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Z.Nishanovaning shogirdi Sh.T.Alimbayeva tadqiqotlarida o‘smirlik davrida xavotirlanishning ijodiy tafakkurga ta’siri o‘rganilgan2. Xavotirlanish namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlaridan biri ushbu hissiy holatning ijodiy tafakkur nam oyon bo‘lishi va uning taqdimotiga ta’sirida ifodalanadi. Ammo xavotirlanishning ijodiy tafakkur namoyon bolishiga ta ’siri bilvosita amalga oshsa, ijodiy tafakkur mahsullarini taqdim etish jarayoniga ta’siri bevositalik xarakterini kasb etadi. Xavotirlanishning ijodiy tafakkurga ta’sirida o‘quv motivatsiyasining bilvositalovchi roli mavjud. Ichki o‘quv motivatsiyasi ustun bo‘lganda xavotirlanish ijodiy tafakkurning nam oyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmasligi, tashqi motivatsiya ustun o‘quvchilarda esa ushbu ta’sir ma’lum darajagacha stimul va zifasini bajarib, xavotirlanishning yuqori darajasida esa ijodiy tafakkurning susayishiga sabab bolishi aniqlandi. Shuningdek, o‘quvchilardagi ichki o‘quv motivatsiyasining yuqori b o iishi shaxs bilan bog‘liq xavotirlanishning pasayishiga olib kelsa, tashqi o‘quv motivatsiyasining ustunligi shaxs bilan bogMiq xavotirlanishning ortishiga sabab bo‘ladi. Ichki motivatsiya ustun bo‘lganda taqdimot natijalarining past bo‘lishini, tashqi motivatsiya ustun boiganda esa aksincha, ijodiy tafakkur mahsullarini taqdim etish darajasining yuqori bo‘lishini ko‘rish mumkin.
0‘zbekistonda olib borilgan o‘smirlik davridagi bolalarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlardan biri G.Q.To‘laganova rahbarligida N.M.Dalimova tomonidan olib borilgan «Kompyuter o‘yinlariga tobe o‘smirlarning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi xususiyatlari» mavzuidagi tadqiqot ham qiziqish uyg‘otadi. N.M.Dalimovaning ta’kidlashicha, kompyuter o‘yinlariga tobe 0‘smirlar oilada, shaxslararo munosabatlarda, ijtimoiy muhitga moslashishda, maktabda birmuncha qiyinchiliklarga duch keladi. Shuningdek, muallif bolalar kompyuterdan oddiy kunlari 2 soatdan ortiq, dam olish kunlari 3 soatdan ortiq foydalanmasligi zarurligini ta’kidlagan. 0 ‘smir o‘ynayotgan o‘yinlarda aqliy rivojlantiruvchi va mantiqiy o‘yinlarning ko‘proq bo‘lishi maqsadga muvofiq.
O‘smir o‘quvchilarning aqliy rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etgan T.S.Jo‘rayev aqliy taraqqiyotni ro‘yobga chiqaruvchi asosiy omil sifatida o‘quv faoliyatining umumlashgan usullarini ko‘rsatadi.Muallifning fikricha, o‘quvchilarning yoshi va saviyasi orta borishi bilan murakkab usullarni yangi sharoitga ko‘chirish uquvi ularda takomillashadi, usullarning ko‘chish ko‘lami kengayadi va fanlararo xususiyat kasb etadi, bu aqliy faoliyatning muhim omili sanaladi. T.S.Jo‘rayev o‘quvchilar aqliy faoliyatining ko‘rsatkichi bir xil emasligini ta’kidlab, bu xususiyat ularning saviyasiga, topshiriqni yechish motivatsiyasiga bog‘liqligini aytib o‘tadi. Muallif ta’lim jarayonida o‘smir o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish shaxs aqliy kamolotini ta’minlashning muhim mezoni deb hisoblaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling