Nutqning ta’sirchanligi, Nutqning ifodaliligi. Nutqning bu sifati ba’zian tahsirchanlik tarzida ham talkin etiladi. Ammo tahsirchanlik keng kamrovli tushuncha bo’lib, u yaxlit yaxshi nutqka xosdir. Tabiiyki, har qanday nutqning asosiy maqsadlaridan biri tinglovchi yoki o’quvchi ongiga tahsir etishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirishda esa nutqning muayyan bir sifati emas, balki barcha kommunikativ sifatlari u yoki bu darajada ishtirok etadi. Zotan, to’g’ri yoki aniq bo’lmagan, boy yoki mantiqiy bo’lmagan, sof yoki jo’yali bo’lmagan nutqning tahsirchanligi haqida gapirib bo’lmaidi. Lekin ayni paytda nutqning tahsirchanligini tahminlashda ifodalilik sifatining alohida, hatto hal qiluvchi o’rin tutishini tahkidlamok joiz.Nutq tinglovchi yoki o’quvchining ko’ruk qo’logini emas, balki kalb ko’rgonini, aql kalhasini zabt etmogi uchun, eng avvalo, uning tarkibi va ko’rilishi dikkatni tortadigan, kizgin kizikish uygotadigan bo’lishi lozim. Bu esa ayni ifodalilik sifatining moxiyatini tayin etadigan xususiyatdir. Boshqacha qilib aytganda, ifodalilik nutqning tarkibiy tuzilishi va boshqa lisoniy xususiyatlariga ko’ra tinglovchi yoki o’quvchi dikkatini o’ziga jalb qila olishdan iborat kommunikativ sifatidir
Do'stlaringiz bilan baham: |