O`qituvchi nutqi madaniyati fanining predmeti va uning vazifalari. Reja


Download 86.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi86.26 Kb.
#1102492
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu nutq madaniyati



O`qituvchi nutqi madaniyati fanining predmeti va uning vazifalari. 
Reja: 
1. 
Kirish. Nutq madaniyati haqida tushuncha. 
2. 
Nutq madaniyati fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
3. 
Nutq faoliyati haqida tushuncha. 
Tilshunoslik sohalari grammatika, leksikologiya, sintaksis, stilistika fanlari 
bilan nutq madaniyati fanining o`zaro munosabati, nutq madaniyatining asosiy 
muammolari, tadqiqot obyekti, kategoriyalari, o`qituvchi va o’quvchilarning nutq 
madaniyati singarilar munozarali muammolardan sanaladi. 
Bu kursning asosiy maqsadlaridan biri maktab o’quvchilari va talabalarga 
nutq madaniyati tarixidan, ya’ni qadimgi Gresiya, Rim, Afina mamlakatlarida 
yuzaga kelgan notiqlik san’ati, O’rta Osiyoda notiqlik san’ati, M.Qoshg’ariy, 
Kaykovus, Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy va boshqalarning til va nutq haqidagi 
mulohazalaridan ma’lumot, ta’lim berishdan iborat. 
Nutq 
madaniyati sohasining fonetika
morfologiya, leksikologiya, 
sintaksisga asoslangan holda ish ko’rishi. Nutqda adabiy til normalari buzilishining 
obyektiv va subyektiv sabablarini o’rganishdir. 
Adabiy til normalarini mustahkamlashda va puxta egallashda lug’atlarning 
ahamiyatini o’rganish. 
Nutqning mantiqiyligi, sofligi, til normalariga salbiy ta’sir etuvchi jargon 
so`zlar va dag’al so`zlar, dialektizmlar, o`rinsiz qo’llangan chet til so`zlari, so`z 
takrorlari va ularning nutqni boyitish, ta’sirchan va ifodaviy qilishni emas
aksincha, nutqiy normani buzishda rol o’ynashini o’rganishdan iborat. 
O`qituvchi va o‘quvchilarning nutq madaniyati, bu o’quvchilar nutq 
madaniyatini shaqllantirish yo’llari haqida baxs yuritish nutq madaniyati 
sohasining asosiy vazifalaridan biridir. 



Download 86.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling