O`qituvchi nutqi madaniyati fanining predmeti va uning vazifalari. Reja
Download 86.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu nutq madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Nutq madaniyati faning boshqa fanlar bilan aloqasi.
1. Nutq madaniyati nima?
Umumiy ma’noda nutqda hissiy ma’noli (emosional-ekspressiv) so`zlardan qo’llay bilish, ularni o`z o’rnida to`g`ri ishlatish va to`g`ri talaffuz qilish, ortiqchalikdan qochish; nutqdagi ta’sirchanlik jozibadorlik, musiqiylik, obrazlilik, salmoqdorlik; Nutqda sinonim, omonim, va paronim so`zlardan o`rinli foydalana olish; So`zlarni ko’chma ma’noda (metonimiya, metofara va boshqalar) muvoffaqiyatli qo’llay bilish va kishilar bilan jonli, ishonchli muloqatda bo’lish, ularni so`z sehridan to’lqinlantira bilishdir. Nutq madaniyati, ya’ni madaniy nutqning fazilatlari deyilganda uning to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi kabilar tushuniladi. Nutq madaniyati fani madaniy nutqning ana shu fazilatlarini hamda madaniy so`zlash usullarini o’rganadi. Nutq madaniyati ham fan sifatida o`z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til normalari va nutqning kommunikativ (aloqa uchun keraqli) fazilatlaridir. 2. Nutq madaniyati faning boshqa fanlar bilan aloqasi. Tilning biror sohasi qatnashmay qolgan nutqning bo’lishi mumkin emas. Har qanday nutqda tilning fonetikasi ham, lekiskasi ham, so`z yasalishi, morfologyasi ham, sintaksisi, stilistikasi ham ishtirok etgan bo’ladi. Shunday ekan obyekti nutq bo’lgan nutq madaniyati fani ham tilshunoslikning hamma tarmoq fanlari bilan bevosita bog’langandir. Nutq madaniyati fani bu fanlarga xos xususiyatlarni to`g`ridan – to`g`ri o’rganmaydi. Ularni nutqning aloqaviy sifatlariga ijobiy va salbiy ta’siriga ko`ra tekshiradi. 1. Nutq madaniyati fani o`z xususiyatiga ko`ra uslubshunoslik (leksikologiya)ga qattiq bog’langandir. Uslubshunoslik til uslublarini o’rganadi. Nutq madaniyati fani bo’lsa tilshunoslikning til normalariga aloqador hamma sohalari bilan bog’langandir. 2. Nutq madaniyati fani leksikologiyaga ham qattiq bog’langandir. Chunki, nutqning aloqaviy fazilati hisoblangan aniqlik, to`g`rilikni so`zning lug’aviy ma’nolarining aniq tavsifsiz tushunib bo’lmaydi. Nutqning mantiqiyligi so`z ma’nolarining ma’no va mazmuniy bog’lanishlariga asoslanadi. Nutqning soflik, ifodaviylik, o`rinlilik kabi aloqaviy fazilatlari ham nutq madaniyati fanini leksikologiya bilan bog’laydi. 3. Nutq madaniyati fani hamma vaqt mantiq va ruhshunoslikka suyanadi. Logikaga murojat qilmasdan turib aniqlik va mantiqiylikni ta’minlash ham, baholash ham mumkin emas. Mantiq so`zlar va butun bir gapdan chiqadigan tushunchalarni belgilaydi. So`zlarning ma’nosi va ifodalanayotgan tushuncha o’rtasidagi munosabatni mantiq tekshiradi. Mantiq so`zlar, birikmalar va gaplar orasidagi ma’no aloqalarini taminlaydi. 4. Nutq madaniyati bundan tashqari nafosat haqdagi fan estetika bilan, badiiy adabiyot nazariyasi, adabiyotshunoslik aloqadordir. Download 86.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling