O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan


Download 0.71 Mb.
bet12/32
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1511447
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
O\'NM ma\'ruza matn

Nutqning aniqligi – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma`lum. G‘arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblaganlar. Arastu: “Agar nutq noaniq bo‘lsa, u maqsadga erishmaydi”,-degan bo‘lsa, Kaykovus: “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang qo‘shga o‘xshaysan...” deydi.
Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so‘z ma`nolarini bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel o`zining “Ritorika” kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq bo`lmasa, u o`z maqsadiga erishi olmaydi” deb ta`kidlaydi.
Agar notiq o‘zi fikr yuritmoqchi bo‘lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so‘zlar tanlasa va o‘zi tanlagan so‘zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo‘lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo‘ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi.
Aniqlik ikki xil bo‘ladi. Narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. Narsaning aniqligi nutqda aks etgan mavjudlikni narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq mazmunining munosabatida ko‘rinadi. Rus adibi L.N Tolstoyning “So`zdagi noaniqlik, shubhasiz, fikr noaniqligining alomatidir” deb yozadi. Demak, mavjudlik narsalar, hodisalar orqali nutqda aniq aks etgan. Filologiya fanlari doktori N.Mahmudov aniqlik haqida shunday yozadi: “Demak, nutqning aniqligi so`zning tildagi ma`nosiga tamomila muvofiq tarzda qo`llanishi, so`zning voqelikdagi o`zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat`iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir” (ko`rsatilgan adabiyot, 90-b.)
Aniq nutq yaratish so‘zlovchidan quyidagilarni o‘rganish va ularga amal qilishni talab qiladi:
A) tilning sinonimlik imkoniyatlarini bilish va sinonimlik qatoridan kerakli variantni ajratib nutqda qo‘llash;
B) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma`nolarini har tomonlama bilish, noijodiy taxminiy qo‘llashlardan qochish, chunki betayin so‘z qo‘llash nutqni beburd qiladi;
V) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
D) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e`tibor berish.
Quyidagi misollarda aniqlikning buzilishini kuzatish mumkin. Ro`yxatga olish kitobi (ro`yxat daftarga olinadi), Tarbiyachi bolalarga tushunarli bo`lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qo`yadi (xontaxtada tortma bo`lmaydi.), Avlodlar merosini o`rganamiz (ajdodlar merosini bo`lishi kerak), Ishtirokchilarning ismi sharifini yozib oling (ismi sharif – sharafli ismingiz degani, sharif familiya ma`nosini bermaydi), kasallik chaqiruvchi mikrob (mikrob kasallik chaqirmaydi, kasallik qo`zg`aydi), Beliga beshta bomba bog`lab oldinga tashlandi (belga bombani bog`lab bo`lmaydi), ikki tilli Dilshodi Barno ijodi o`ziga xosligi bilan ajralib turadi (inson ikki tilli bo`lmaydi, ikki tilda ijod qiladi). Mana bu jumlaga e`tibor beraylik: Gippokrat kasal ko`rganda, undan: “Siz kim tomondasiz? Men tomondami yoki kasal tomondami?” deb so`rarkan. Shunda kasal: “Albatta, siz tomondaman-da”-desa, Gippokrat unga qarab: “Men tomon bo`lsangiz biz ikkovlon kasalni yengamiz. Agar kasal tomonda bo`lsangiz, men yolg`izlanib qolaman-da”,-der ekan (“Hurriyat”, 2006,5-iyul). Albatta, kasal polisemantik so`z. Izohli lug`atda uning 7ta ma`nosi qayd etilgan. 1) organizm normal faoliyatining buzilganlik belgisi (sifat); 2) organizimning normal faoliyati buzilgan kishi (ot); 3) organizm normal faoliyatining buzilganlik holati; 4) qutulib bo`lmaydigan odat; 5) kamchilik, illat va h. Parchada bu so`z 2-3-ma`nolari bilan ishlatilgan. Ko`rinadiki, fikr aniqligi yetishmayapti. Korxonaga yangi texnologiya o`rnatildi. (Korxonaga yangi texnologiya joriy etildi bo`lishi kerak, texnika o`rnatiladi) ...30 ming tonna benzin yoki boshqa yoqilg`i kerak bo`ladi (yoqilg`i umuman yonadigan ashyo (toplivo), yonilg`i suyuq modda, ya`ni goryuchee)

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling