O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan


Nutqning o‘rinliligi (jo‘yaliligi) –


Download 0.71 Mb.
bet17/32
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1511447
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
O\'NM ma\'ruza matn

Nutqning o‘rinliligi (jo‘yaliligi) – bu nutqning fazilatlari ichida eng muhimlaridan biridir. Chunki nutqning boshqa fazilatlari barcha uchun, nutq so‘zlanib turgan sharoit uchun o‘rinli bo‘lsagina o‘zini ko‘rsata oladi.
Kaykovusning shunday bir o`giti bor: “Tilingni yaxshi hunar bilan o`rgatg`il va muloyim so`zdin o`zgani odat qilmag`il. Nedinkim, tilga har nechik so`zni o`rgatsang, shuni aytur, so`zni o`z joyida ishlatg`il,so`z agar yaxshi bo`lsa, ammo noo`rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshm so`z bo`lsa ham, yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun behuda so`zlamag`ilki, foydasizdur. Bunday befoyda so`z ziyon keltirur va har so`zki undin hunar isi kelmasa, bunday so`zni gapirmaslik lozim. Hakimlar debdurlar: “So`z bir nash`adur, undan xumor paydo bo`lur”.
Xalqimiz donoligida “So`zga tushmagan so`zni aytma, sozga tushmagan g`azalni”, “Jo`yali so`z jo`yasin topar – jo`yasiz so`z iyasin topar”, “Jo`yaga tuya ham cho`kadi”, “O`rinli so`zga tuya cho`kadi, o`rinsiz so`zga hamma so`kadi”. Notiq nutq tuzar ekan, uning jo`yasini, o`rnini aniq tasavvur qilishi shart. Masalan, kimningdir og`ir kasalligi yoki vafoti haqida jimjimador, tantanavor gapirib bo`lmaydi. O`lmoq fe`lining vafot etmoq, olamdan o`tmoq, yo`qotmoq, ko`z yummoq va h. Ko`plab ma`nodoshlari bor.
Nutq uslublari haqida gap ketganda, ularning har biri uchun xoslangan til vositalari borligi ta`kidlanadi. Masalan yozma va og`zaki nutqning voqe bo`lish sharoitlari bir xil emas. Ularning grammatik shakllari, qoliplari bor.
Jo`yali nutq tuzish uchun tinglovchi yoki o`quvchining yoshi, jinsi, ijtimoiy maqomi, madaniy-ma`rifiy saviyasi kabi jihatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Takrorlash uchun savollar
1.Aniqliq nima Uning kommunikativ sifatlari haqida aytib bering.
2.Sinonimiya, omonimiya va paronimiya nima?
3.Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz?
4.Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar nima?
5. Nutqning boyligi, ifodaliligi, jo`yaliligi deganda nimalarnini tushunasiz?


Adabiyotlar
1.Rasulov R., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati. -T., 2004-yil.
2.Nutq madaniyati va uslubiyat asoslar. R.Qo’ng‘urov, E.Begmatov, Y.Tojiyev.
-T., 2002-yil
3.Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. -T., O‘qituvchi, 1991-yil
4. E.Qilichev, B.Qilichev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -Buxoro, 2002-y.
5. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. -T., 2007-yil.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling