O'qituvchi psixologiyasi
Download 33.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqO\'qituvchi psixologiyasi
katta oilaviy hayot muddati – 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi.
Ko‘plab olimlarning ta’kidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni o‘zi mustaqil xal qilishi uchun zarur bo‘lgan muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabatiga, oila va uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uyg‘un qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida ko‘rgan-kechirganlarini uchun o‘z oilasida qo‘llay bilish mahoratiga bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda kundan-kunga hayot va yashash sharoitimiz yaxshilanib, oila farovonligi uchun yetarli shart-sharoitlarning bo‘lishiga qaramay, tashqaridan barcha maishiy muammolari xal bo‘lgan yosh oilada ham nimalardir yetishmayotganday tuyulaveradi. Bu – o‘sha orzu-havaslar, ijtimoiy ehtiyojlarning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bois ham yurtimizda yosh oila manfaatlarini ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri – yoshlarning o‘zaro munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko‘nikishi masalasidir. Chunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o‘tgan yoshlarning endi yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga muayyan qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy. Yigit-ku o‘z uyida, ota-onasi yaratib bergan sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng og‘iri kelinchakning bo‘yniga tushadi. Download 33.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling