O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari. O‘qituvchi shaxsining yo‘nalganligi
Download 28.74 Kb.
|
8-mavzu
Ideal pedagog
Shuningdek, pedagogning mehnati aqliyligi, yuksak his-tuyg‘u (emotsional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham farqlanadi. Pedagogning insonparvarlik xislatlari o‘zining shogirdlari, atrofidagilarga yordam ko‘rsatishga doim tayyorligida, ularga nisbatan diqqat-e’tibor berishida, hurmatida namoyon bo‘ladi. Pedagog (murabbiy)lar o‘z shogirdlari bilan o‘zaro munosabatni ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, xususan individual yosh xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tafakkurlash xususiyatlariga ko‘ra tashkil etadi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim jihati ijodkorlik hisoblanadi. Pedagoglarga nisbatan ijodkorlik muntazam o‘zgaruvchan sharoitda kasbiy masalalarning yechimini topishni talab etadi. Pedagogning faoliyati jamoaviy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik faoliyat natijalariga boshqa o‘qituvchilarning ishlari, oila, shuningdek, boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, pedagogning mehnatidagi muvaffaqiyat to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita jamoadagi psixologik iqlimga, o‘qituvchilarning hamkorlik darajasiga, ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida ham kasb ichida tabaqalanish, ya’ni ixtisoslikka ajralish jarayoni kechmoqda. Shu bois ham kasb-hunar pedagogikasi mutaxassislar tayyorlashning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqqan. Amaldagi oliy ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda “ta’lim” nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan. Proffessional ta’lim o‘qituvchisi ko‘p ixtisoslik va mutaxassisliklarga ega. Ta’lim sohasida “mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kategoriya sifatida qaraladi. Mehnat sohasida esa u kasb-hunar doirasida mehnatning yo‘nalishi va o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi. Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling