O’quvchilarning mustaqil ishlari
O’quvchilar d=30mm, L=80mm li metrik rezbali bolt chizmasini chizadilar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob usuli qo’llaniladi
Savollar.
1.Rezbalar chizmada qanday belgilanadi?
2.Sterjenga o’yilgan rezbaning katta diametri qanday chiziqda tasvirlanadi ? Kichik diametri-chi?
3.Gayka rezbasining katta diametri qanday chiziqda tasvirlanadi? Kichik diametri-chi?
O’quvchilar bajargan chizmalari tahlil qilinadi.
Baholash: Dars yakunida qatorlarga berilgan rag’bat kartochkalar sanaladi va g’olib qator aniqlanadi. O’quvchilar faoliyatiga ballar qo’yiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob yozish.
d=30 mm li gaykaning chizmasini chizish.
Ko'rdim:______________O'TIBDO’__________________2015
Chizmachilik. 9-sinf. 26-dars________________________________________________2015
Mavzu: Ajraladigan rezbali birikmalarning chizmalari.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga rezbali detallarni va ularning birikmalarini chizishni o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Mashinasozlik chizmalarning ahamiyatini o’quvchilar ongiga singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Birikmalarni farqlay olishga erishish.
Dars turi: Yangi bilimlarni o’zlashtirish, eskisini mustahkamlash.
Asosiy tushuncha va atamalar: Ajraladigan birikma, boltli birikma, shpilka, shayba, gayka, bolt.
Dars metodi: Guruhlar bilan ishlash, tushuntirish, suhbat, darslik bilan ishlash
Dars jihozi: Standart va qo’lda bajarilgan o’quv plakatlar, buyumlar, detallar, videoproyektor, slaydlar.
Darsning blok chizmasi
|
1
|
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni aniqlash
O’quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilish
|
3
|
2
|
Uy vazifasini tekshirish, o’tilgan mavzularni qaytarish.
|
7
|
3
|
Yangi mavzuni o’rganish, amaliy mashg’ulot
|
30
|
4
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
3
|
5
|
Uyga vazifa berish.
|
2
| Dars borishi
Do'stlaringiz bilan baham: |