O‘qituvchi: T. Yandasheva

Download 125.56 Kb.
bet2/8
Sana25.06.2023
Hajmi125.56 Kb.
#1654628
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bibizaynab. O\'zbek tili tarixi

Qadimgi turkiy tilning morfologik strukturasi: so‘zlarning yasalishi, otlarning ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olishi, fe’lning harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh funksional shakllari, shuningdek, bu so‘z turkumining orttirma, majhul darajalari, zamon kategoriyasi, sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlari hozirgi turkiy tillardan deyarli farq qilmaydi. Faqat sonlar struktura jihatidan, turli affikslarning har xil fonetik ko‘rinishlarda bo‘lishi bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tildagi faol so‘zlar, so‘z va shakl yasovchi affikslar davrlar o‘tishi bilan arxaiklashgan, ayrimlari esa hozirgi ba’zi turkiy tillarda faol ishlatilmoqda. Jumladan, qadimgi turkiy tilda keng qo‘llangan tushum kelishigi affiksi –i hozirgi turk tilida ham mavjud. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar, affikslar adabiy shaklga tomon siljib boradi. Bu jihat tilning o‘ziga xos qonuniyatlardandir.

Har bir tildagi so‘zlar grammatik belgilari va semantik xususiyatlariga qarab turli guruhlarga bo‘linadi. Shu tarzda ajratilgan guruhlar so‘z turkumlari sanaladi. Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida ham so‘zlarni turkumlarga ajratishda morfologik belgi, ayniqsa, so‘zning ma’nosi va sintaktik xususiyatlari asos qilib olinadi. Ilm ahli, ayniqsa, til tarixi mutaxassislariga yaxshi ayonki, o‘zbek tilidagi so‘z turkumlari asrlar mobaynida shakllanib, takomillashib keldi.

Qadimiy turkiy tildagi so‘zlar morfologik jihatdan ikki guruh: a) mustaqil so‘z turkumlari; b) yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linadi.

Download 125.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling