O‘qituvchi: T. Yandasheva


Download 125.56 Kb.
bet1/8
Sana25.06.2023
Hajmi125.56 Kb.
#1654628
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bibizaynab. O\'zbek tili tarixi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti sirtqi 3-kurs talabasi Saydullayeva Bibizaynabning o‘zbek tili tarixi fanidan “Qadimgi turkiy til morfologiyasi.Ot” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi

O‘qituvchi: T. Yandasheva.

Mavzu: qadimgi turkiy til morfologiyasi.ot

Reja:

  • Qadimgi turkiy tilning morfologik strukturasi.
  • Ot .Otlarning egalik kategoriyasi.
  • Otlarning yasalishi.
  • Otlarda jins.

Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So‘z shakllari so‘zning negiziga maxsus qo‘shimchalarni muayyan tartibda qo‘shish yo‘li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o‘zbek adabiy tili va singarmonizmni yo‘qotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo‘lmay, fonetik farqdir.

Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So‘z shakllari so‘zning negiziga maxsus qo‘shimchalarni muayyan tartibda qo‘shish yo‘li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o‘zbek adabiy tili va singarmonizmni yo‘qotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo‘lmay, fonetik farqdir.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili morfologiyasidan qadimgi turkiy til morfologiyasining umumiy farqi quyidagilardan iborat:

1. Hozirgi o‘zbek tilida morfemalari miqdoran qadimgi turkiy tildagiga nisbatan ko‘p va mazmunan boy.

2. O‘rganilayotgan davr tilida hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan morfemalar ham ko‘zga tashlanadi.

3. Qadimgi turkiy tilda so‘z va shakl yasovchi o‘zlashma morfemalar uchramaydi.

4. Qadimgi turkiy tilda murakkab morfemalar juda ozchilikni tashkil etadi.

Qadimgi turkiy tilning morfologik strukturasi: so‘zlarning yasalishi, otlarning ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olishi, fe’lning harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh funksional shakllari, shuningdek, bu so‘z turkumining orttirma, majhul darajalari, zamon kategoriyasi, sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlari hozirgi turkiy tillardan deyarli farq qilmaydi. Faqat sonlar struktura jihatidan, turli affikslarning har xil fonetik ko‘rinishlarda bo‘lishi bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tildagi faol so‘zlar, so‘z va shakl yasovchi affikslar davrlar o‘tishi bilan arxaiklashgan, ayrimlari esa hozirgi ba’zi turkiy tillarda faol ishlatilmoqda. Jumladan, qadimgi turkiy tilda keng qo‘llangan tushum kelishigi affiksi –i hozirgi turk tilida ham mavjud. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar, affikslar adabiy shaklga tomon siljib boradi. Bu jihat tilning o‘ziga xos qonuniyatlardandir.


Download 125.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling