O’qituvchi: Tairova d takrorlash darslarida interfaol metodlar va didaktik o’yinlardan foydalanishning samarali tomonlari
Download 189.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqTakrorlash darslarida interfaol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona tili №
- Topshiriqlar Javoblar 36
- Namuna: 1- guruh «Kim tez topa oladi» o‘yini
- 1-guruh 2-guruh 3-guruh zor kor dosh
- Namuna: 1-guruh 2-guruh 3-guruh 64 72 48 «Bu qaysi shakl» o‘yini
«Kim to‘g‘ri topa oladi?»
Bu o‘yinda guruh ishtirokchilari berilgan topshiriqni, ma’lum vaqt ichida bajarib berishlari kerak. Qaysi guruh shartni berilgan vaqt ichida to‘g‘ri va aniq bajarib bera olsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi. O‘yin sxemali jadval asosida tashkil etiladi. Bu o‘yin mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlash darslarida qo‘l keladi. O‘yinni ona tili darslarida bosh bo‘laklarni, so‘z turkumlarini va boshqa mavzularni mustahkamlashda ham o‘tkazish mumkin. Ona tili
Matematika
«Aql charxi» Bu o‘yinda matematika darslarida o‘tilgan mavzular bo‘yicha topshiriqlar beriladi. Topshiriqda bir ma’lum son beriladi, o‘quvchilar (?) belgisi bilan so‘ralgan savollarga yuqorida ko‘rsatilgan ma’lum son asosida javob beradilar. Aytaylik, 1 tonna ma’lum, 1 tonna necha kilogramm?, 1 tonna necha gramm?, 1 tonna necha sentner? kabi so‘roqlarga javob yozib berishlari kerak. Guruhlarga quyidagicha topshiriqlar berish mumkan. Namuna: 1- guruh «Kim tez topa oladi?» o‘yini O‘yinda guruhlardan 1 tadan o‘quvchi xattaxta yoniga chaqiriladi. Berilgan topshiriq guruh a’zolari tomonidan ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi. Qaysi guruh a’zosi berilgan vaqtda topshiriqni aniq va to‘g‘ri bajarsa, shu guruh o‘yinning g‘olibi bo‘ladi. Masalan, ona tili. 1. Ot yasovchi qo‘shimchalar: -chi, -kor, -dosh, -zor, -loq qo‘shimchalarini mustahkamlashga doir. 1-guruh 2-guruh 3-guruh zor kor dosh gulzor binokor sinfdosh paxtazor shifokor yurtdosh olmazor bastakor tengdosh Berilgan vaqt ichida 2-guruh topshiriqni boshqa guruhlardan ko‘p yozganligi uchun o‘yin g‘olibi bo‘ladi. 2-guruhga 5 ball, 1- va 3-guruhlarga 4 balldan beriladi. Matematika «Kim ko‘p topa oladi?» o‘yinini matematika darslarida ham qo‘llash mumkin. Aytaylik, ko‘paytirish jadvalini mustahkamlash uchun guruhlarga har xil ma’lum ko‘paytmalar beriladi, ular ko‘paytmalarni berilgan vaqtda to‘g‘ri bajarib berishlari kerak. Qaysi guruh berilgan topshiriqni to‘g‘ri bajarib bersa, o‘sha guruh o‘yin g‘olibi bo‘ladi. Namuna: 1-guruh 2-guruh 3-guruh 64 72 48 «Bu qaysi shakl?» o‘yini Bu o‘yini olib borishda o‘qituvchi guruhlarga ma’lum bir shaklni ko‘rsatmasdan turib, uni xossalarini aytadi. Qaysi guruh o‘quvchilari shaklni ko‘rmasdan xossalariga qarab ayta olsa o‘yinning g‘olibi bo‘ladi. Shakllar xossalari oddiydan murakkabga qarab aytib boriladi. Masalan: 1) 1. U hamma joyda uchraydi. 2. U stolga o‘xshaydi. 3. Uning to‘rtta burchagi bor. 4. Uning to‘rta tomoni ham bor. 5. Uning tomonlari bir-birga to‘g‘ri. Javob: kvarat 1. U qirrali. 2. U tomlarda uchraydi. 3. Uning uchta burchagi bor. 4. Uning uchta tomoni ham bor. Javob: uchburchak Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, шnterfaol metodlar faqatgina vaqtning o‘tishi yoki bolalar uchun shunchaki odatiy hol emas. O‘yin davomida bolalarning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlarimiz o‘yin orqali yondashuv ta’lim jarayonini osonlashtiradi deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga, mavzuga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O‘yin maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo‘lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shaklanib borishini belgilaydi.O‘yin qadimgi zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan. O‘yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bo‘lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Interfaol metodlar o‘qituvchi bilan o‘quvchining faol munosabati, bir birini to‘liq tushunishlariga asoslanadi. Didaktik o‘yinlarni o‘quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qayerda o‘tkazilmasin darsda o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikda ishlashni tashkil etish shu bilan birga sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni darsga qiziqtirishdir. Download 189.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling