Darsning turi: Mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing va davom ettiring
Sayyoh: Аssalomu аlaykum, bu sayyohlik agentligimi?
Xodim: Vааlaykum аssalom, ha, sayyohlik agentligi. Sizni eshitaman.
Sayyoh: Men O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga sayohat qilmoqchiman. Qaysi shaharlarni tavsiya qilasiz?
Xodim: Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent qadimiy shaharlar hisoblanadi.
Sayyoh: Bu shaharlarga qanday transportlarda borish mumkin?
Xodim: Bu shaharlarga hamma transportda borsa bo‘ladi. Men sizga «Afrosiyob» tezyurar poezdida borishni tavsiya qilaman.
Sayyoh: Rahmat, yana bir necha savol. Bu shaharlarda mehmonxonalarda tirbandlik bo‘lmaydimi? Qadimiy obidalar mehmonxonaga yaqinmi? Bozorlarga qanday chiqsa bo‘ladi?
Xodim: Bizda servis xizmati yuqori darajada tashkil etilgan. Hamma sharoitlar bor. Siz ham dam olasiz, ham sayohat qilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |