Adabiy o‘qish
O‘tkir Hoshimov
(1941-2016)
Iste’dodli yozuvchi O‘tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentda ishchi oilasida tug‘ildi. U o‘rta maktabni bitirgach Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida ta’lim oldi. Uning birinchi ocherklar to‘plami «Po‘lat chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So‘ngra «Cho‘l havosi», «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi»,
«Qalbimga quloq sol», «Uzun kechalar», «Nimadir bo‘ldi», «Quyosh tarozisi», «Dunyoning ishlari» hikoya va qissalari to‘plamlari hamda «Nur borki soya bor», «Ikki eshik orasi» romanlari bosib chiqildi. Uning «Tushda kechgan umrlar» romani chop etilgan. Unda shaxsga sig‘inish va qatag‘onlik davri illatlari haqida hikoya qilinadi. «Birovning tashvishi» nomli psixologik dramasi sahnalashtirildi. Bundan tashqari O‘tkir Hoshimov Markaziy Osiyo respublikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan «To‘ylar muborak», «Sizdan u gina, bizdan bu gina» kabi pyesalar muallifidir. O‘tkir Hoshimov «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybek nomidagi hamda «Ikki eshik orasi» romani uchun Xamza nomidagi Respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. El va yurt e’tirofiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov 2016-yilda vafot etgan.
D) Mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |