4-mashq. Matndan insonlarga xos salbiy va ijobiy xususiyatlarni 2 guruhga ajratib ko‘chiring va ularga zid ma’no beruvchi so‘zlarni toping.
Bilib oling!
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biriga zid bo‘lganda, o‘xshatish, payt va shart ma’nolarini bildirganda ular orasiga tire qo‘yiladi.
Masalan: Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir (zidlik ma’nosi). Vaqting ketdi – baxting ketdi (o‘xshatish ma’nosi). Qo‘shning tinch – sen tinch (shart ma’nosi).
5-mashq. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni aniqlang. Ularda tirening ishlatilish sabablarini tushuntiring.
1. Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz. 2. Odob – kishining zeb-ziynati. 3. Egri ozadi – to‘g‘ri o‘zadi. 4. Kitob – insonning eng yaqin do‘sti. 5. Birlashgan o‘zar – birlashmagan to‘zar. 6. Doston aytdim – kitob bo‘ldi. 7. Yurt tinchligi – el boyligi.
D) Mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |