O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Qadimgi Eron donishmandi Buzurgmehr bir hind donishmandi bilan axloq-odob borasida suhbatlashardi: Qaysi xislat odamni past martabadan a’lo darajaga ko‘taradi? Aql va farosat. Odam qaysi xususiyati bilan boshqa jonzotlardan farq qiladi? Odamgarchilik bilan. Agar odamda shu xislat bo‘lmasa, uning hayvondan farqi yo‘qdir. Adab, tarbiya odamga qanday foydalar yetkazadi? Adabli, tarbiyali boshqalarga muhtoj bo‘lmaydi, balki ular bunga muhtoj bo‘ladilar. Adabli, tarbiyali odam hech kimdan koyish eshitmaydi, hamma uni do‘st tutadi. Hammadan ham achchiq narsa nima? Pastkash, noahil odamlarga muhtojlik, ulardan bema’ni so‘zlar eshitish. Qaysi narsalar odamlarga alam va pushaymonlik keltiradi? G‘azab, takabburlik va nojo‘ya harakat. Qanday odamlarni aqlli va qanday odamlarni ziyrak, deb ataymiz? Bir ishga kirishmasdan avval uning oqibatini yaxshilab o‘ylab, so‘ng u ishga kirishgan odamni aqlli, keyin keladigan voqeani ilgariroq sezib, uning chora va tadbiriga kirishgan odamni ziyrak, deb ataymiz. Qaysi narsalar inson uchun ayb sanaladi? Baxillik, yolg‘onchilik, chaqimchilik, do‘stlarning ozgina kamchiliklarini ko‘rish bilan ulardan yuz o‘girish, o‘z aybini ko‘rmay, boshqalarning ayblarini oshkor qilish. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling