O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet128/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

7-topshiriq. Matnni o‘qing. So‘zlab bering va savollar tuzing.


Mehrobdan chayon

(romandan parcha)

Anvar supada o‘rda yumushlaridan ba’zisini tahrir qilish bilan mashg‘ul ekan, ichkaridan Ra’no chiqib keldi. Go‘yo Anvar Ra’noning kelishidan xabarsizcha o‘z ishiga qattiq berilgan edi. Ra’no ohistagina Anvarning yoniga kelib, supaga suyandi, ikki qo‘li bilan iyagini ko‘tarib, oraliqdan Anvarning tahririga qaradi. Anvar ham muloyimgina kulimsib Ra’noga ko‘z qirini tashlab olgach, go‘yo iltifotsiz, yana qalamini qoralab, qog‘oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. Ammo uchinchi kalimaga o‘tganda qalami qo‘lida o‘ylanib qoldi va boyagidek yonidagiga kulimsib qaradi. Ra’noning ham ko‘zi unga to‘qnashib bir oz bir-birlariga kulimsiragan holda tikilishdilar...

– Nega to‘xtadingiz, yoza bering!

– Sening qilgan ishing doim shunday, Ra’no!

– Masalan? –

-Masalan... Hamisha ish chog‘ida kelib, fikrni bo‘lasan. beraman.

Anvar Ra’noga o‘nglanib o‘tirdi.

– Foydasi yo‘q, endi fikrni o‘g‘irlading!

– Men fikr o‘g‘risi emasman... Qani yozing!

Anvar qo‘lidagi yozilgan qog‘ozni qo‘yib, ikkinchi oq qog‘ozni oldi.

– Endi boshqa narsa yozaman!

– Mayli, yozing!

– Sen ham javob yozsang, xo‘pmi?

– Xo‘p.


– Tunov kundagidek javob topolmasang nima qilay?

Ra’no supaga oyoq solintirib o‘tirib oldi.

Yuzimga bir shapaloq uring, lekin saj’ va qofiyasi oson bo‘lish sharti bilan!

– Ma’qul! –deb kuldi Anvar va Ra’noga qaragan holda o‘ylandi. Buo‘ylanishdan Ra’no qoshlarini chimirib e’tiroz etdi: – Ko‘p o‘ylamang!

Anvar javob berish o‘rniga qalamini qoralab yozdi:

Agar Farhodning Shirin, bo‘lsa Majnunlarning Laylisi, Nasib etmish menga gulshan aro gullarning «Ra’no»si. Anvarning qalamidan qog‘ozga tushib borgan so‘zlarni ta’qib etgan Ra’no,

– Men oraga so‘z aralashtirdimmi?.. Yoza bering, men shunday qarab tura qog‘ozdan ko‘zini olib, qizarindi va bosh chayqab teskari qaradi.

– Qani javob, Ra’no!

Ra’no shu ko‘yi bir oz Anvarga qaramay turdi va qayrilib uning qo‘lidan qalamqog‘ozni oldi va:

– Uyat qilmaysizmi? – deb so‘radi.

– Mening yozganimni sen uyat qilmasang, men ham sening yozganingni uyat qilmayman. Lekin shart shuki, mening ikki yo‘limga ayni javob bo‘lsin!

Ra’no biroz o‘ylanib, Anvardan yashirincha yozdi: Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin, Ne baxt, Ra’no, xaridoring talab ahlining mirzosi. Ra’no yozuvini Anvarning oldiga tashlab, qizargan va kulimsiragan holatda chopib gullar yoniga ketdi. Anvar javobni o‘qib zavqlandi:

– Ofarin, Ra’no, lekin birovning ustidan ortiqcharoq mubolag‘a qilibsan!

Ra’no gullar yonidan Anvarga jiddiy qaradi:

– Siz ham mubolag‘a qilgan edingiz!..

– Meniki mubolag‘a emas! – dedi Anvar,–masalan, sen hozir gullar yonidasan ham chindan-da gullarnnng ra’nosisan... Mana, men yana yoza boshladim. Javobga hozirlan, Ra’no!

Ra’no yugurib Anvarning yoniga keldi va uning qalamidan tomgan so‘zlarni o‘qib bordi:

Hamisha xavfda ko‘nglim bu muhabbat intihosiga, Meni ham etmasa majnun debon Ra’noning savdosi.

Ra’no keyingi misrani o‘qib o‘ylanib qoldi. Anvar hozirgi Ra’noning o‘ychan ko‘ziga anchagina tikilib turgach, kulimsidi:

– Javobi qiyin keldimi, Ra’no?

– Qalamni bering! – dedi Ra’no o‘pkalagan qiyofada qo‘l uzatib,–o‘ylagani ham fursat bermaysiz! ... Yozdi:

Muhabbat jomidin no‘sh aylagan ahli zako bo‘lmush, Fununi tibda majnundir kuysa kishining safrosi.

– Engding, Ra’no! – dedi Anvar,– lekin keyingi misrada bir xato qilding...

– Masalan?

Tibning aytishicha, safro emas, qon kuysa, kishi jinni bo‘ladi...

– Qonning buzilishiga avval safroning kuyishi kerak, safro kuymay turib qon buzilmaydi... Xo‘sh, yana yozasizmi, yoki yengildingizmi?

– Yengildim...

F) Baholash




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling