O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet125/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.


5-topshiriq. Matnni o‘qing. Bog‘da qilinadigan ishlarni tartib bilan sanab ko‘rsating.

Bog‘dagi ishlar

Bog‘imiz tekislik yerda emas, terak bo‘yi chuqurlikdan oquvchi Chaqar arig‘i va Bo‘z suvlarning qo‘shilish yerida, jar bo‘yida joylashgan. Shuning uchun manzarasi go‘zal, tomosha qilsa, bahri-dili ochiladigan joydir. O‘t-o‘lan va meva gullariga belangan bog‘, bulbullar navosi, chumchuq va yana allaqanday qushlar sadosi, ariq suvining mayin shildirashi bilan to‘lib toshganday tuyulardi. Hammadan hovuz bo‘yida ochilib yotgan atirgul, qirqog‘ayni, gulsapsarlarni, ishkom ichidagi chuchmo‘ma, lolaqizg‘aldoqlarni, ariq labidagi xushbo‘y yalpiz, gunafshalarni aytmaysizmi…

Bahorda bog‘da ish qaynardi. Hovuz labidagi tol novdalarini kesish, butash, toklarni ochish, ariq tozalash, yerlarni chopib, ekinga joy hozirlash va hokazo. Bog‘imizda uzumning juda ko‘p navlari, shuningdek, olma, nok, shaftoli, gilos, olcha, tog‘olcha, olxo‘ri, do‘lana, tut, yong‘oq daraxtlari o‘sar, qulupnay va rezavor o‘simliklar ekilar edi. Bular yozi bilan galma-gal pishib yetilar va dasturxonimizni bezar edi. Bog‘imiz shunday farovon bo‘lishidanmi, yozda dadam vaqtini uyda dam olish, ekin-tekinlarga qarash, qarindosh-urug‘larnikiga qovun va bog‘ sayliga borish bilan o‘tkazar edilar
D)Mustahkamlash

6-mashq. Matndan olingan ushbu gaplar tuzilishiga ko‘ra qanday gapligini ayting. Ularda qo‘llangan bog‘lovchi vositalarni ko‘rsating.


  1. Bog‘imizda uzumning juda ko‘p navlari, shuningdek, olma, nok, shaftoli, gilos, olcha, tog‘olcha, olxo‘ri, do‘lana, tut, yong‘oq daraxtlari o‘sar, qulupnay va rezavor o‘simliklar ekilar edi.

  2. Bular yozi bilan galma-gal pishib yetilar va dasturxonimizni bezar edi.

  3. Bog‘imiz shunday farovon bo‘lishidanmi, yozda dadam vaqtini uyda dam olish, ekin-tekinlarga qarash, qarindosh-urug‘larnikiga qovun va bog‘ sayliga borish bilan o‘tkazar edilar.

6-topshiriq. O‘qing. Suhbatda berilgan gaplarning ma’nolarini tushuntiring.

Abdulla Qodiriy bog‘da ishlayotganida bir odam o‘tib ketayotib:



  • Ha, ishlayapsizmi? – deb so‘rabdi.

  • Yo‘q, dam olyapman, – deb javob beribdi yozuvchi.

Ma’lum vaqtdan keyin boyagi odam qaytib o‘tsa, Qodiriy bog‘da o‘ylanganicha aylanib yurgan ekan.

  • Ha, dam olyapsizmi?

  • Yo‘q, ishlayapman, – deb javob qilibdi ijod olamiga sho‘ng‘igan yozuvchi.

F) Baholash


Uyga vazifa. Berilgan jadvalni to‘ldiring va qo‘shma gaplar haqida nimalarni bilib olganingiz, yana nimalarni bilmoqchiligingizni yozing.


Bilar edim

Bilib oldim

Bilmoqchiman

...

...

...



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling