O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Oshxona xodimi: Assalomu alaykum, xush kelibsiz, xizmat. Xo‘randa: Vaalaykum assalom. Oshxonangiz nechagacha ishlaydi? Bugun kechgi soat oltida chet eldan kelagn hamkorlarimni mehmon qilmoqchi edim. Bo‘sh stollar bormi? Menga menyuni bersangiz. Oshxona xodimi: Bo‘sh joy bor. Oshxonamiz kech soat 10 gacha ochiq bo‘ladi. Siz biz bilan hamkorlaringizni ko‘ngildagidan ham ziyoda mehmon qila olasiz. Bizning oshxonani tanlab to‘g‘ri qildingiz. Xo‘randa: Unda bizga soat oltiga olti kishilik dasturxonni tayyorlab qo‘ysangiz. Mehmonlarim oshni yaxshi ko‘radilar. Shu bilan birgalikda qo‘y go‘shtidan qilingan qovurdoq, qovurma sho‘rva, olti six kabob tayyorlab qo‘ysangiz. Oshxona xodimi: Didingiz juda nozik ekan. Milliy taomlar bilan birgalikda, ularning ham taomlaridan tayyorlasak, nima deysiz? Xo‘randa: Mehmonlarim rus, ingliz millatiga mansub. Ular nimalarni yaxshi ko‘rib tanovvul qiladilar? Shularni o‘rganib tayyorlab qo‘ying. Oshxona xodimi: Ishonchingiz uchun rahmat, aytganingizdek qilaman. Mevalar yeyishni xohlaysizmi, ichimliklardan-chi? Xo‘randa: Mevalardan olma, uzum, shaftoli, qovun, tarvuzdan assorti tayyorlang. Albatta ko‘k choy, mevali sharbatlar bo‘lsin. Nonlardan obi non, patirdan qo‘yasiz. Oshxona xodimi: Xo‘p, bo‘ladi. Aytgan vaqtingizga buyurganlaringizni tayyorlab qo‘yaman. Uchrashguncha xayr, sog‘ bo‘ling. Xo‘randa: Kechqurun ushrashguncha, sog‘ bo‘ling. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling