O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet155/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Tilla baliqcha


Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni

Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.

Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,

Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha

Va gavjum tollarning achchiq xazoni.

Menga alam qilar, tilla baliqcha

Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!


***


Inson qalbi bilan hazillashmang siz,

Unda millat yashar, unda til yashar.

Unda ajdod faxri yashaydi so‘zsiz,

Unda istiqomat qiladi bashar.

Inson qalbi bilan hazillashmang siz.

Unda ona yashar, yashaydi Vatan.

Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,

Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu qalb daf’atan! ...


D) Mustahkamlash



Savol va topshiriqlar.

  1. Abdulla Oripovning hayoti va ijodini qisqacha gapirib bering.

  2. Tilla baliqcha nima uchun bir ko‘lmak hovuzni dunyo deb biladi.

  3. Siz dunyoni qanday tushunasiz.

  4. «Inson qalbi bilan hazillashmang siz» she’rini ifodali o‘qing.

F) Baholash


Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.

  1. «Tilla baliqcha» she’rini yod oling.

  2. Ko‘chirma gapga misol keltiring va qanday yozilishini tushuntiring.

  3. O‘zlashtirma gapga misol keltiring va yozilishini tushuntiring.


O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling