Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!
***
Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda millat yashar, unda til yashar.
Unda ajdod faxri yashaydi so‘zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar.
Inson qalbi bilan hazillashmang siz.
Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,
Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu qalb daf’atan! ...
D) Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar.
Abdulla Oripovning hayoti va ijodini qisqacha gapirib bering.
Tilla baliqcha nima uchun bir ko‘lmak hovuzni dunyo deb biladi.
Siz dunyoni qanday tushunasiz.
«Inson qalbi bilan hazillashmang siz» she’rini ifodali o‘qing.
|
F) Baholash
Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
«Tilla baliqcha» she’rini yod oling.
Ko‘chirma gapga misol keltiring va qanday yozilishini tushuntiring.
O‘zlashtirma gapga misol keltiring va yozilishini tushuntiring.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |