O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 4-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing, tinish belgilariga e’tibor bering. Matn asosida suhbatlashing. Birinchi yo‘lovchi: Assalomu alaykum, kechirasiz sizning joyingiz qayerda? Ikkinchi yo‘lovchi: Vaalaykum assalom. Mening joyim chap qatorda oynaning yonida, sizniki-chi? Sizning joyingiz qayerda? Birinchi yo‘lovchi: Marhamat joyingizga o‘tiring, joyim sizning yoningizda ekan. Qanday yaxshi siz bilan yonma-yon o‘tirar ekanman. Bundan men xursandman. Ikkinchi yo‘lovchi: Rahmat, men ham siz bilan ketayotganimdan xursandman. Donishmandlar: «Odam bolasining orzu va murodga erishmog‘i faqat, xushmuomalalik soyasida hosil bo‘ladi», deyishgan. Siz juda xushmuomala inson ekansiz. Birinchi yo‘lovchi: Luqmoni Hakim qo‘shnilarini izzat va hurmat qilmaydigan, ularning dillarini og‘ritadigan odamdan hamma nafratlanishini u odam o‘z obro‘sini yo‘qotishini aytadi. Ikkinchi yo‘lovchi: Ha, Luqmoni Hakim to‘g‘ri aytganlar. Aeroport yanada qulay, xodimlari ham xushmuomala ekan. Birinchi yo‘lovchi: E, nimasini aytasiz, yo‘lovchilar uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston havo yo‘llari kemalari to‘rtta qit’aning 50 dan ziyod aeroportiga parvoz qilmoqda. Ikkinchi yo‘lovchi: To‘g‘ri aytasiz, salomat bo‘ling, safaringiz bexatar bo‘lsin. Oq yo‘l, yaxshi yetib olaylik. Birinchi yo‘lovchi: Sizga ham muvafaqqiyat tilayman, salomat bo‘ling.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling