Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
Abdulla Oripov
(1941-2016)
Abdulla Oripov 1941-yilning 21martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko‘z qishog‘ida tug‘ilgan.
Abdulla Oripov o‘rta maktabni oltin medalga bitirib O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirdi. O‘qishni tamomlagach respublikamizdagi bir qator gazeta va jurnallarda mux-
bir bo‘lib ishladi. Shoir «Onajon», «O‘zbekiston», «Yillar armoni» kabi bir qancha she’riy to‘plamlarni yaratdi.
Bu asarlar o‘zbek milliy she’riyatining mumtoz namunalari bo‘lib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, jo‘shqinligi, yoqimliligi va lirik tuyg‘ularga boyligi bilan ajralib turadi.
Ko‘p yillik mehnatlari evaziga A.Oripov Xamza nomidagi Davlat mukofotiga sazavor bo‘ldi. Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni va Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Abdulla Oripov «O‘zbekiston qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
6-topshiriq. She’rlarni ifodali o‘qing. Savol va topshiriqlarni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |