O‘qituvchi
Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti»
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti»
Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti» davlat unitar korxonasi: mamlakatning havo darvozasi. Aerovokzalning yo‘lovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishidan oshadi. «Toshkent» xalqaro aeroporti dunyoning deyarli barcha katta shaharlari bilan havo aloqalariga ega. U barcha turdagi havo kemalarni qabul qiladi. «Toshkent» xalqaro aeroporti. Bu aeroportning tarixi O‘zbekistonning fuqaro aviatsiyasi tarixiga teng, bir necha o‘n yillikni qamrab olgan. 1924-yil 12-may – O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining tug‘ilgan kuni: Toshkent-Bishkek-Olma-Ota yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchilar reysi amalga oshirilgan. Bugun «Toshkent» xalqaro aeroporti – bu Markaziy Osiyodagi eng yirik aviatsiya korxonasi bo‘lib, uning tarkibiga yo‘lovchilarga va yuklarga yerda, hamda xalqaro miqyosdagi havo kemalariga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlovchi ko‘plab xizmatlar kiradi. O‘zbekiston poytaxtining aeroporti qulay geografik o‘ringa ega, chunki MDH davlatlaridan Janubi-Sharqiy Osiyoga, Yaqin Sharqqa, Yevropaga va Amerikaga eltuvchi havo yo‘llarining kesishgan nuqtasida joylashgan. Aeroport qulay obhavo sharoitidagi hududda joylashgan. Har qanday aerodromning asosiy yutug‘i – uning har xil turdagi havo kemalarini qabul qilish va ularga yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik imkoniyatlaridir. «Toshkent» aeroportida uchish-qo‘nish maydonlarining, chiroq-signal uskunalarining, aerovokzal majmuasining qayta ta’mirlanishi, zamonaviy maxsus avtotexnika bilan ta’minlanishi yo‘lovchilarga va havo kemalariga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatilishi imkonini berdi. Aerodrom ikkita – Janubiy va Shimoliy (ICAO II-toifasi) uchish-qo‘nish maydoniga, magistral rullash yo‘llariga, uzoq va o‘rtacha magistral samolyotlari uchun 110 ta turish joylari bo‘lgan umumiy maydoni 100 gektarli perronga ega. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling