O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet149/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Bilib oling!

Ma’lum bir maqsad, fikr og‘zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi. Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko‘rsatishda qo‘shimcha, ammo zaruriy vositadir.

Tinish belgilari


  1. Nuqtali vergul – ( ; )

  2. Ikki nuqta – ( : )

  3. Ko‘p nuqta – ( ... )

Nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

  1. O‘z ichida vergul bo‘lgan yoyiq uyushiq bo‘laklar orasida:

Mehnat, ijod, odam sharafi;

Dil yorug‘i, hayot quvonchi.

Hammasining asli quvonchi,

Sen, vatanim – tinchlik tayanchi. (S. Nazar)



  1. O‘z ichida vergul bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o‘z ichiga olgan qo‘shma gaplarda: daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuziga urildi.

bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish harakatning sababini ko‘rsatsa: u ichkariga shoshib kirib ketdi: telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan.

    1. bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish harakatning natijasini ko‘rsatsa: shamol juda zo‘raydi: daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi.

    2. agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa: vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.

  1. Ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng: u baland ovozda so‘radi: – kim bor?

Ko‘p nuqta.

  1. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: fikrning tugamaganligi, so‘zlovchining hayajonlanib yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko‘rsatish uchun: agar hozir gapingizni to‘xtatmasangiz ...

  2. Ba’zan ko‘p nuqta so‘zlovchining o‘ylashi, mulohaza qilishini ko‘rsatadi: bugun… bugun oldingizga o‘tsam bo‘ladimi?

  3. Ba’zan kimningdir savoliga javob bermay indamay turganini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:

Mendan rozimassiz, bilaman kechirmaysiz…

4. Biron so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun: vagonlarda keltirilgan yuklar …… 120 tonna edi.



1-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor bering.

Yig‘ilishda tajribali ishchilar: Rahim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so‘zga chiqishdi. 4. U ichkariga shoshilib kirib ketdi: telefon anchadan beri jaringlayotgan ekan. 5. Shamol juda zo‘raydi: daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi. 6. Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuzga urildi.

D)Mustahkamlash

3-topshiriq. Berilgan hikmatni o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.

Luqmoni Hakim o‘g‘liga nasihat qilib aytadi:

– O‘g‘lim yalqov bo‘lma, yoshligingni g‘animat bil, ishlab qarilik payting uchun zahira to‘pla. Chumoli yoz bo‘yi ishlab qish uchun zahira to‘playdi. Undan ibrat ol.

2-mashq. Gaplarni o‘qing. Har bir gapga berilgan tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yib yozing.


  1. Ona Sardor tezroq bo‘l maktabga boramiz dedi.

Ikki nuqta, qo‘shtirnoq, vergul, vergul, vergul,qo‘shtirnoq, chiziqcha, nuqta.

  1. Men Doniyor Mahmudov 2004-yil 11-fevralda Qo‘qon shahrida tug‘ilganman.

Tire, vergul, chiziqcha, chiziqcha, nuqta.

  1. Akbar otaning so‘zini ikki qilolmadi.Ko‘p nuqta.

  2. Ona jon o‘g‘lim qahr-g‘azabli bo‘lma dedi.

F)Baholash

Uyga vazifa. O‘zbekiston havo yo‘llari mavzusida ma’lumot yozib keling.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling