O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq.
Bilib oling!
Tinish belgilari 1. Tire ( – ) 2. Qo‘shtirnoq – (« ») 3. Qavs – ( ) Tire quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega va kesim orasiga: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. O‘qish – hayotni uqish. Uyushiq bo‘laklardan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin: Akam, opam va singlim – barchasi meni kutib o‘tirishgan ekan. Ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak orasiga: Men – Rustam Omonov, 1965-yil Andijonda tug‘ilganman. Kirish gap bilan gap bo‘laklari orasiga: Tunov kuni ovchi – men uni o‘rmonda uchratib qoldim – menga bir qiziq voqeani so‘zlab berdi. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida: – Bugun kelasizmi? – so‘radi qizi. Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda: – Keldimi? – Keldi. Kutilmagan voqea– hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Kecha xolamlarnikiga borgan edim – Anvarjon kelibdi. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida: Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz. Qo‘shtirnoq. Ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun: «Ertaga kelaman», – dedi. Ko‘chma ma’nodagi, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va so‘z birikmalari ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: «Tog‘ asali» sotadigan yigit… dovonning narigi tomoniga o‘tib ketdi. Qavs. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi So‘zlar yoki iboralar qavsga olinadi: Botirjon (sinfimizning o‘quvchisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi. Kirish gaplar qavs bilan beriladi: ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. Misol yoki ko‘chirmaning manbai: … Eshik qars etib yopildi. (O.Y.) 1-mashq. Berilgan gaplarda tinish belgilari qayerda ishlatilganligiga e’tibor berib ko‘chiring. 1. Bu Navoiyning «Xamsa» asarimi deb so‘radi Komila. 2. Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, do‘stlari orasidagi mavqeiga doimo qiziqib turish kerak. 3.Biz sayohatga chiqar ekanmiz! 4. Kutubxonada Navoiy, Bobur, Furqat – kabi buyuk shoirlarimizning asarlari bor. 5. Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi?! 6. U darsda javob beradimi, bermaydimi buyog‘i bizga qorong‘i.
1. Salom sizga// yuksak tog‘lar// 2. Yaxshilar// uni eslang// 3. Bilimlining kuchi mingga yetar// bilimsizning kuchi birga yetar// 4. Sinov imtihonlariga qanday tayyorlanayapsiz// 5. Ha // bu gapingiz to‘g‘ri// 6. Biz// yoshlar// ota-bobolarimiz qoldirgan bebaho merosni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz kerak// 7. Men sizga aytsam// odamning yomoni bo‘lmaydi// 8. Mendan rozimassiz// bilaman// kechirmaysiz// 9. // yo‘l bo‘lsin// 3-topshiriq. Berilgan hikmatni o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling