O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oybek (1905-1968)
Darsning turi: mustahkomlovchi
Darsning usuli: Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. Oybek (1905-1968) Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida bo‘zchi oilasida dunyoga kelgan. Shoir dastlab eski maktabda, so‘ngra «Namuna» maktabida, Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qidi. Oybek yoshligini eslab shunday yozgandi: «Yop-yorug‘ oydin kechada uyimizning yassi tomida onam bilan turardim; to‘lishgan oy osmon bo‘ylab suzardi, u menga juda ham go‘zal ko‘rinardi. Men unga qo‘llarimni cho‘zib intilar va «oyi, oyni olib bering», – deb xarxasha qilardim. Bo‘lg‘usi adibning bu so‘zlari kuchli ramziy ma’noga ega. Oybek hayotda «Adabiyot osmonida oy» darajasiga ko‘tarildi. O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qidi. So‘ngra Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutida o‘qib kelgan. Oybek O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi. Oybek «Tuyg‘ular», «Ko‘ngil naylari» she’riy to‘plamlari, «Musicha», «Fonarchi ota» hikoyalari, «Navoiy», «Quyosh qoraymas» romanlarini yozgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Fanlar Akademiyasining akademigi bo‘lgan. Oybek 1968-yilda vafot etdi.
D) Mustahkamlash Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling