O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq.
- 4-topshiriq.
- Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
- 5-topshiriq.
- 6-topshiriq.
Darsning turi: mustahkomlovchi
Darsning usuli: Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Kutubxonadagi uchrashuvSaidkamol: Kutubxonaga qachon kelding? Doniyor: Men hozir keldim, sen ham shu kutubxonaga a’zomisan? Saidkamol: Ha, men ham shu kutubxonaga a’zoman. Senga qanday kitob kerak? Doniyor: Menga Erkin Vohidovning she’riy to‘plamlari kerak. Saidkamol: Menga ham shoirning «So‘z sehri» asari, «O‘zbegim» she’rlari kerak. Doniyor: Shoirning «So‘z sehri» asari bir dona ekan. Uni ham men oldim. Agar xohlasang biznikiga yur. Birga o‘qiymiz. Saidkamol: Men hozir onamga telefon qilib ruxsat so‘ray. – Allo, assalomu alaykum, onajon. Yaxshi ishlayapsizmi? Agar ruxsat bersangiz, Doniyorning uyiga borib, kitob o‘qimoqchi va dars tayyorlamoqchi edim. Saidkamolning onasi: – Vaalaykum assalom, Doniyorning onasini taniyman, ularning oilasi yaxshi, tinch. Borib kitob o‘qishing, birga dars qilishing mumkin. Do‘stlar xursand bo‘lishib, kutubxonadan chiqishdi. 4-topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlar asosida suhbatlashing. Kitoblar fazilati haqida Qadimgi arab shoirlaridan biri aytadi: «Gaplari malol kelmaydigan borimizda ham, yo‘g‘imizda ham ishonchli, sadoqatli suhbatdoshlarimiz bor. O‘tgan zamon voqealaridan bilganlarini bizga yetkazadilar. Maslahat, odob va mustahkam iroda ifoda etadilar. Ularda qo‘rqinchli kasallik, xavfli holat yo‘q, barmoqlari bilan ham, mushtumlari bilan ham bizni qo‘rqitmaydilar. Ularni tirik desam, yolg‘onchi bo‘lmayman, jonsiz desam aqlsiz hisoblanaman. Jahonda ulardan yaxshiroq do‘st yo‘q. Kishi yolg‘iz qolsa, ular zeriktirmaydi. Ularda orom boru, ozor yo‘q» Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 1. Matn nima haqida? Qanday kitoblarni o‘qigansiz? 3. Kitobga berilgan ta’riflarni matndan topib o‘qing. 3-mashq. Berilgan gaplardagi umumlashtiruvchi so‘zlarni topib, uyushib kelgan so‘zlarni aniqlang. 1. Daraxtlardagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqa qushlar unga jo‘r bo‘ldi. 2. Bog‘da yetilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik. 3. Hammasi: olmazor va o‘rikzor, anjirzor va anorzorlar orqada qolmoqda edi. 4. Insonda hamma narsa: yuz, kiyim, qalb go‘zal bo‘lmog‘i lozim. 5. Bog‘imizdagi mevalar: olma, o‘rik, olxo‘rilar mo‘l hosil qildi. 6. To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni ro‘yobga chiqaradi: g‘ayrat, shijoat, matonat, himmat.
1. Kitob – insoniyat to‘plagan hikmatlar xazinasi va bilim manbayi. 2. Kitob – bizning eng sodiq, beminnat do‘stimiz. 3. Kitob – har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. 4. Boyligim, borim kitob, tandagi jonim kitob. 5. Kitob – to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi va eng yaqin maslahatchimiz. 6. Kitobsiz bilim, bilimsiz taraqqiyot yo‘q. 6-topshiriq. O‘qing va matn asosida suhbatlashing. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling