O`qituvchi: Zokir Allaberganov 31-variant savollar


Pulning vazifalari:jamg`arish va to`lov vositasi


Download 98.75 Kb.
bet2/3
Sana03.11.2023
Hajmi98.75 Kb.
#1742085
1   2   3
Bog'liq
Elov Abror iqtisod nazariyasi fanidan mustaqil ishi

2. Pulning vazifalari:jamg`arish va to`lov vositasi.
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda pulning vazifalari to`g`risida turli qarashlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar pulning 5 ta vazifasini tan olsalar, ayrimlari 4 tasini, boshqalari esa faqat 3 tasini e`tirof etadilar. Pul qiymat o`lchovi Avval ta`kidlaganimizdek, har qanday tovar mehnat natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat miqdori uning qiymatini belgilaydi. Pul esa barcha tovarlarning qiymatini belgilash va ularning bahosini aniqlashda vositachi bo`lib xizmat qiladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho yoki narx deyiladi. Ana shu sababli turmushda u yoki bu tovarning qiymati deyilmaydi, balki bahosi yoki narxi deb aytiladi. Tovar qiymati qancha yuqori bo`lsa, uning bahosi shuncha qimmat va aksincha, qancha past bo`lsa, bahosi shuncha arzon bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bahosi ya`ni tovar bahosi uning qiymatiga teng bo`lishi kerak. Ammo tovar bahosiga uning qiymatidan tashqari juda ko`p omillar, shu jumladan bozordagi talab va taklif, raqobat, tovarning foydaliligi kabilar ta`sir etadi.
Pul quyidagi vazifalarni bajaradi:
Qiymat o‘lchovi. Bunda pul umumiy ekvivalent bo‘lgan tovar bo‘lib, o‘zida mehnatni mujassamlashtiradi va shu sabab tovar qiymatini o‘lchay oladi;
Muomala vositasi. Bunda pul oldi-sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash yuz beradi; 
jamg‘arma vositasi – bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o‘z egasi uchun kerak bo‘lganda xarid etish vositasi bo‘lib xizmat qila olishidir. 
Hozirgi kunda elektron pullar o‘tkazmalari keng rivojlanmoqda. Sanoqli soniyalarda jo‘natmalar dunyoning ko‘rsatilgan manzillariga yetkazilmoqda. Bu aholi uchun qulayliklar tug‘diradi.
Pul islohoti o‘tkazish yo‘llari: 

deflyatsiya – muomaladagi pul miqdorini ortiqcha pul belgilarini iste’moldan chiqarish yo‘li orqali kamaytirish


denominatsiya – pul belgilari qiymatining o‘zgarishi va ma’lum nisbatda yangi yirik pul birligiga almashtirilishi
nullifikatsiya – eski pul belgilarini muomaladan olish va ozroq miqdorda yangilarini chiqarish

revalvatsiya – milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda chet el valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan ko‘tarilishi;


devalvatsiya – mamlakat savdo va to‘lov balansining keskin yomonlashuvi, valuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valuta bozorlarida milliy valuta kursining pasayishi bilan bog‘liq holda pul birligi qiymatining rasmiy tartibda chet el valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan pasaytirilishi. Pul bozorida makroiqtisodiy muvozanatni saqlashda Markaziy bank muhim o‘rin tutadi. Shu bois o‘quvchilarga bu borada to‘laqonli axborotga ega bo‘lishlari uchun 1995-yil 21-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunidan misollar keltirishni lozim topdik.






Download 98.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling