O`qituvchining kirish so`zi


Download 180 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi180 Kb.
#1618412
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xayr 1-ustoz


@Yagona musiqa kanali





@Yagona musiqa kanali



( O`quvchilar muzika sadolari ostida kirib kelishadi) Zvenit
O`qituvchining kirish so`zi.
O`quvchilar:

  • Assalomu alaykum qalbi daryo, mehri ziyo ustozlar, qadrli mehmonlar, bizlar uchun doimo yelib yuguradigan buvijonu, bobojonlar, onajon va dadajonlarimiz! Tadbirimizga xush kelibsiz!

  • Ruscha

  • Inglizcha

( muzika Sulton Ali)
Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir,
degan edilar Prezidentimiz
I. Karimov
Ustoz! Shu birgina so`z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam.
O`qituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo`riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkash insonlardir. Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, qo`llarimizga ilk bor qalam tutqazib, "Ota", "Ona", "Vatan", "Baxt", kabi so`zlarni yozishga o`rgatgan buyuk zotlardir.
Qiyos etgim keladi ustozlarim quyoshga,
O`z mehrini-nurini baxsh etadi har yoshga
Hayotning go`zalligi, farovonligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi muallim mehnati bilandir.
Jahonda bo`lmasa muallim agar,
hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar.
Istiqlol egalari bo`lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog`lom qilib voyaga yetkazishda o`qituvchi-murabbiylarning qissasi benixoya kattadir.
O`z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog`liqdir", deb yozgan edi. "Ustoz-otangdek ulug`", degan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko`klarga ko`tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug` deb nisbat beriluvchi inson bor, bu-ustozdir! Haqiqatdan, ota-ona seni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib- o`sishing, kamolatga erishishing, ilm-ma'rifat cho`qqilarini zabt etishinga ko`maklashadi.
Ulug` bobolarimiz ham USTOZLAR haqida shunday degan ekanlar:
Haq yo`linda kim senga bir harf o`rgatmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado, oning haqin yuz ganch ila..

Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling