O'qituvchining nutq madaniyati
Download 105.5 Kb.
|
O\'qituvchining nutq madaniyati
O'qituvchining nutq madaniyati Reja: O’qituvchi nutqi va uning ijtimoiy ahamiyati. SHarq mutafakkirlari o’qituvchi nutqi va uni shakllantirish haqida. O’qituvchi nutqining pedagogik-psihologik asoslari. Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi. O’qituvchi nutki va uning ijtimoiy moxiyati. O’qituvchi faoliyatida nutk juda muxim vazifalarni bajaradi. O’qituvchi o’z faoliyati davomida, xususan, o’quvchilarga bilim, kunikma va malakalarni singdiradi, ularni tarbiyalaydi, atroflicha rivojlantirishga o’z xissasini kushadi. O’qituvchining so’zlari ta‘sirida bolalarda muayyan ruhiy jarayonlar va ruhiy holatlar vujudga keladi, shaxsiy xislatlar shakllanadi. Demak, o’qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi doirasiga uning notiklik san‘atini egallaganlik darajasi, nutkiy qobiliyati, so’zamolligi ham kiradi. Nutkni ruyobga chikaruvchi organ bu tildir. Til bu dunyoni bilish, bilimlarni tuplash, saklash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go’zallik ko’rinishlarini o’quvchiga yetkazish kabi juda ko’p vazifalarni bajaradi. Ammo shunga karamay, ilmiy manbaalarda, darsliklarda tilning moxiyati, vazifasi juda kam holda, ya‘ni eng muxim aloka vositasi bo’lgan ijtimoiy xodisa sifatida talkin kilinadi. Nutk, ayniksa, o’qituvchi nutki tilni ana shunday rangni turli turli tuman tarzda idrok etish asosida shakllanadi. Ayniksa, yozma va ogzaki nutkni rivojlantira olgan odamgina erkin va mustakil fikrlay oladi. Nutk, aynan o’qituvchi nutki, jamiyat madaniy – ma‘rifiy tarakkiyotining, shaxs ma‘naviy kamolotining muxim belgisidir. O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonunlari, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturim» va bashqa xujjatlarda ta‘lim tizimining barcha boskichlarida yosh avlodda nutk madaniyati malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalariga ham katta e‘tibor berilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Oliy Majlisining 1X sessiyasida so’zlagan nutkida bunday deb ta‘kidlagan edi : « O’z fikrini mutlako mustakil ona tilida ravon, go’zal va lunda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, raxbar ko’rsisida utirganlarni bugun tushunish ham, oklash ham qiyin». / «Barkamol avlod, O’zbekiston tarakkiyotining poydevori»., Toshkent., 1997 yil, 9 – bet /. Ayniksa, o’qituvchining nutk madaniyati bizning tugunmas til boyligini egallash darajamizdir. O’qituvchi nutkining madaniyatliligini ta‘min etadigan to’g’rilik, soflik, aniklik, mantikiylik, ifodalilik, rang – baranglik kabi bir kancha sifatlar mavjud. O’qituvchi nutki, nutkning ana shu sifatlarini va texnikasini o’quvchilarga o’rgatadi. O’qituvchi nutkini o’quvchilarga o’rgatishdan maksad o’quvchi va talabalarni ta‘lim – tarbiya va shaxsni shakllantirishning muxim vositalaridan biri bo’lgan nutkni egallashlariga yordam berish, pedagogik muloqot madaniyati asoslari bilan tanishtirish, ularni ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasini egallashlariga yordam berishdir. Bu mavzuni ukish natijasida talabalar nutk haqidagi bilim asoslari bilan tanishadilar, o’qituvchi nutkining sifatlari bilan, nutk texnikasi asoslari bilan hamda xozirgi o’zbek adabiy tilining normalari bilan tanishadilar va unga amal qilishga o’rganadilar, ifodali ukish madaniyatini egallaydilar. Buyuk mutafakkirlar o’qituvchi nutki va uni shakllantirish haqida. Notiklik mahorati kadim zamonlardan san‘at darajasiga kutarilgan. Kadimgi Gretsiya / Yunoniston / da va Rimda notiklik madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutkning oldiga kuyiladigan talablar ishlab chikildi. Bunga kuldorlik to’zumining rivojlanishi, kuldorlik demokratiyasi sabab buldi. Bu davrda davlatning, savdo – sotikning, sud ishlarining nixoyatda tarakkiy etishi notiklikni san‘at darajasiga kutardi. U davrda davlat arboblarining obru – e‘tibori va yukori lavozimlarga kutarilishi ularning notikligi mahoratiga ham bog’liq bo’lgan. Notiklik san‘ati sarkardalik mahorati bilan baravar darajada uluglangan. Notiklik va sarkardalik san‘atini mukammal egallagan arboblargina yukori lavozimlarga saylangan. Yetuk inson bo’lish uchun albatta, notiklik san‘atini egallash shart kilib kuyilgan. Ana shu extiyoj tufayli notiklik san‘atining nazariyasi yaratildi. Uning Tsitsiron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetilib chikadi. Tsitsironning « Notiklik haqida», « Notik», « Brush» kabi asarlari xozir ham ma‘lum kimmatga ega. Rim notiklik mahoratining yana bir buyuk vakili Mark Fobiy Kvantiliandir. U o’zining «Notik bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiklikning birinchi sharti kilib qo’yadi. Kvantilian notiklikka doir bilimni juda yoshlikdan o’rgana borish kerak, deydi. Nutkning tinglovchiga tushunarli bo’lishiga katta ahamiyat beradi. U « Sen shunday so’zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin»,- degan edi. Demak, kadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutk va notiklik nazariyasi rivojlantirildi. Bu nazariya keyinchalik Ovrupoda fanning yo’zaga kelishiga asos buldi. Eramizning 335 yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratildi. Unda notik oldiga quyidagilarni vazifa kilib qo’yadi: Materialni har tomonlama tayyorlash; Materialni joylashtirishning rejasini belgilash; Materialni o’zlashtirish, nutk ko’rilishini to’g’rilash; Notikka nutk materialini o’rgatish; Materialni so’z bilan ifodalash; Nutkni talaffo’z qilish, ya‘ni nutk jarayoni. Bu talablar xozir ham o’z kuchini saklab kelmokda. Bugungi kunda nutk tizimida kommunikativ yondashuv, talabalarga o’z fikrini ifodalash va bashqalar fikrini tushuna olishga kumaklashishi, ya‘ni ulardan muayyan muloqotda katnashish kunikma va malakalarini shakllantirishni ko’zda tutadi. Talabalar esa mashgulot jarayonida quyidagi holatlarga aloxida e‘tibor karatishlari zarur. O’rganilayotgan mavzu buyicha yangi ma‘lumotni tushunish va eslab qolish o’rganilayotgan til va mavzular buyicha ma‘lumotlarni darslik, o’quv kullanmalari, kushimcha materiallar yordamida mustaxkamlash va o’zlashtirish, yangi mavzuni o’zlashtirish jarayonida o’z – o’zini muntazam nazorat kilib borish, talabalar o’rtasida dialog – suxbat, turli uyinlarda ishtirok etish, guruhdagi talabalarning mavzu buyicha ma‘lumotlarini tinglab tushunish, ularning bilim saviyasini o’ziniki bilan takkoslash asosida tegishli xulosalar chikarish va bashqalar. Usha davr notiklik san‘atini bugunki kun nuktai nazaridan olib karaydigan bo’lsak, bir – biriga juda yakinligini ko’ramiz. Usha davr sud notikligining katta namoyondasi Tsitseron edi. U sud notikligida juda katta muvaffakkiyatga erishdi, notiklik nazariyasiga kata xissa kushdi. Rossiya tarixida notiklik san‘atiga bo’lgan e‘tibor, asosan Pyotr 1 davrida ancha kuchaygan. XY11 – XY11 asrlarga kelib rus notikligi jonlangan. Bu davr notikligiga asoslangan beshta yunalish mavjud edi: Yukori lavozimdagi dvoryanlar orasidagi mavjud bo’lgan Saroy notikligi. Diniy notiklik. xalq notikligi / Bunda asosan xalq ko’zgalonlari raxbarlarining notikligi ko’zda tutiladi / Harbiy notiklik. Diplomatik notiklik. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi ham notiklik san‘ati rivojiga katta e‘tibor berganlar. Bizda notiklik kadim zamonlardan san‘at darajasiga kutarilgan. Notiklik san‘ati musulmon Sharkida voizlik san‘ati deb yuritilgan. Ya‘ni sharkda nutk va‘z / arabcha pand – nasixat ma‘nosida/, notiklik esa voiz deb atalgan. / va‘z aytuvchi, nutk so’zlovchi shaxs degan ma‘noni anglatgan/. Sharkda, jumladan Movorounnaxrda ilmiy, badiiy ijodning diniy va dunyoviy fanlarning tarakkiyoti, shuningdek, «Ko’r‘on»ni targib qilish bilan bog’liq holda va‘zxonlik san‘ati ham rivojlangan. Jaxonga mashxur olimlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Maxmud Koshgariy, az – Zamaxshariy va bashqalar til, grammatika, mantikshunoslik, psihologiya masalalariga bagishlangan asarlar yozdilar. Bu asarlarda nutk oldiga kuyiladigan talablar, so’zning ahamiyati, undan makadga muvofik foydalanish, nutk odobi borasida ham kimmatli fikrlar bildirilgan. Buyuk komusiy olim Abu Rayxon Beruniy ( 973 – 1048 ) o’zining «Geodeziya» asarining kirish kismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoklanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson xayotidagi zaruriy extiyojlari talabi bilan yo’zaga kelishi aytadi. Uningcha : grammatika aro’z va mantik fanlari ham shu extiyoj xosilasidir. Inson nutki o’z to’zilishi materialligiga qarab, rostni ham, yolgonni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolgondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Bu mantik fanidir. Beruniy yozadi : «Agar dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan boglanib keladigan naxv /grammatika/, aro’z /she‘r ulchovi/ va mantik /logika/ni mutolaa qilganda edi, so’z /olim nutki demokchi/ zotan nasr va nazm ajralishini bilgan bulardi. / Beruniy tanlangan asari. 3-tom., 1982 yil, 64 bet /. Demak, Beruniy nutkning ikki xil ko’rinishi borligini ko’rsatadi: Nasr; nazm. Nutkning bu turlari ma‘lum koidalar asosida shakllanadi. Beruniy shakl va mazmun birliga katta ahamiyat beradi. Shakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Nutk o’zining nasriy va nazmiy shaklida ham so’zlovchi /o’qituvchi nazarda tutiladi/ o’z oldiga qo’ygan fikrni ifodalashi shart. Ulug vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy ( 870 – 950 ) to’g’ri so’zlash to’g’ri mantikiy xulosalar chikarish, mazmundor va go’zal nutk to’zishda leksikologiya, grammatika va mantikning nakadar ahamiyati zarurligi haqida shunday yozadi : «Qanday kilib ta‘lim berish va ta‘lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday surash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu xakda bilimlarning eng birinchisi jismlarga /substantsiya – narsalar, va aktsidentsiya / xodisalar/ga ism beruvchi til haqidagi ilm deb tasdiklayman. Ikkinchisi, ilm grammatikasidir : u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda sustantsiya va aktsidentsiyaning joylashishini bilib olamiz, undan chikadigan notiklarni ifodalovchi so’zlarni va nutkni qanday to’zishni o’rgatadi. Uchinchi ilm, mantikdir : ma‘lum xulosalar keltirib chikarish uchun logik figuralarga binoan qanday kilib darak gaplarni joylashtirishni o’rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda tilga nima to’g’ri, nima yolgon ekanligi haqida xukm chikaramiz. Ko’rinib turibdiki, bu ikki buyuk olimning fikricha nutk o’qituvchi faoliyatida katta urin tutar ekan. Abu Nasr Forobiy. «Risolalar», Toshkent., 1975 yil., 54 – bet/. Beruniy bilan zamondosh bo’lgan Abu Abdullox al Xorazmiy / 907 yilda vafot etgan / o’zining «Mafotixul ulum» /»Ilm kalitlari»/ asarida usha davr madaniyatining ba‘zi bir masalalarini – ish kogozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan terminlar haqida ma‘lumot beradi. Bu fikrlar X asrdayok ulkamizda bidiiy nutk yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi ishlanganligini ko’rsatadi. Kadimgi shark pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Kobusnoma»da ham nutk odobi va madaniyati haqida ibratli gaplar aytilgan. «Kobusnoma» Kaykovus tomonidan 1082 – 1083 yillarda yaratilgan bo’lib, 44 bobdan iborat. Uning 7 – bobbi so’z odobi va nutk odobi haqidadir. Kaykovusning farzandlariga qilgan nasixatlari sifatida yozilgan. «Kobusnoma»ning «Suxandonlik bilan baland martabaga ega bo’lish haqida» deb nomlangan yettinchi bobida va xunarni egallashga bagishlangan oltinchi bobida notiklik sirlariga oid ayrim to’g’ri muloxazalar bildiriladiki, bu usha davrda ham katta ahamiyatga ega bo’lgan, xozirda ham o’z kimmatini yuqotgani yuk. «Kobusnoma» avtori Kaykovus hamma xunarlar ichida so’z xunari notiklikni a‘lo deb biladi : «Bilgilkim, hamma xunardan so’z xunari yaxshi». Shu tufayli «kishi suxandon va notik bo’lishi lozim» deb ko’rsatadi. Avtor notiklikni egallashning yulini sanab utadi: Birinchidan, tinimsiz mexnat, o’rganishdir. Ikkinchidan, nutkning go’zal bo’lishi. «Nutking go’zal bulsin.» «So’zning ikki tomoni bordir: biri go’zal tomoni, ikkinchisi xunuk tomonidir. Xalq oldida gapiradigan gaping go’zal bulsin, bu so’zni xalq kabul kilsin. / «Kobusnoma»., Toshkent., «O’qituvchi» nashr., 1986 yil, 40 bet./ ( Bundan keyingi misollar ham shu nashrdan olinadi). Uchinchchidan, har bir fikrni ifodalashga tinglovchi qalbiga to’g’ri yul topa bilish, shaklga e‘tibor berish masalasi, «Ya‘ni bir so’zni bir ibora bilan aytsa, eshitgan kishining kungli parishon bo’ladi, shu so’zni bashqa ibora bilan aytsa, eshitgan kishining kungli baxra oladi. Turtinchidan, har bir so’z to’g’ri va asosli bo’lishi lozimligi uktiriladi. Beshinchidan, har bir nutk ma‘lum ilmiy asosga ega bo’lsagina ta‘sirchan bo’ladi. Ya‘ni nutk karatilgan predmetni yaxshi o’rganib chikish lozimligini uktiradi. «Bilmagan ilmdan gapirmagin…» «Bilmagan ilm – ma‘rifatni bilaman deb da‘vo kilsang xech narsa xosil bulmaydi, bexuda zaxmat chekasan», - deydi. Oltinchidan, «Ilgari uylash bir nav karomatdir. Ya‘ni tayyorgarchiliksiz nutk bush chikadi». Yettinchidan, kamtarlikni uluglab : «Har kancha donno bo’lsang ham, o’zingni nodon bilgin, toki senga ilm o’rganish eshigi ochik bulgay», - deydi. Sakkizinchidan, tinglovchining harakteriga qarab ish tutish lozimligini uktiradi. «Amaldorlar bilan amaldorlardek, oddiy odamlar bilan oddiy odamlardek so’zlashgil, donishmandlik chegarasidan chikma, sening so’zingni eshitgan kishiga ogir tuyulmasin / agar shunday bulmasa \ sening so’zingni xujjat va dalil bilan ham eshitmaydilar. Tukkizinchidan, nutkda kiskalik, aniklik bo’lishi kerakligini aytadi: «Ko’p bil-u, oz so’zla… Shunday so’zlaginki, bu so’z bekor va zoya ketmasin» Uninchidan, «So’z eshitishdan kochma, kishi so’z eshitish bilan notik bo’ladi». «Odamlar orasida o’zingni odamlardek tut, insonga insonlardek munosabatda bul», - deydi. Kaykovus, nutkni egallashdan maksad, xalq diliga yul topa bilishdir, Deya uktiradi. O’zbek mumtoz adabiy tilining xomiysi bo’lgan Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutk to’zishning bayrokdori sifatida o’zining buyuk ijodi bilan o’zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Alisher Navoiyning «Maxbub – ul – kulub», «Muxokama – tul – lugatayn», «Nazmul Javoxir» asarlari o’zbek tilida nutk to’zishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta xissa kushdi. Navoiy «Maxbub – ul – kulub» asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutk so’zlovchi dilidagi fikrni to’g’ri aks ettirish deydi : «Saodatbax Ruh zuloliga matlaa‘ ham til; Tilga iktiddolig – Xakimi Xirodmand, so’zga ixtiyorsiz – layli najand…» / Mazmuni: Saodatbaxsh ruhning timnikligi manbaa ham til, baxtsizliklar yuldo’zining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan kishi akl podshosidir; so’zga ahamiyat bermaydigan / kishi/ la‘natlangan, past / kishidir /. Til go’zal va dillarni olovlantiruvchi bo’lishi bilan birga / so’zlovchining dildagini aks ettirsa, yanada yaxshi bo’ladi». Bunda Navoiy til deganda nutkni nazarda tutadi. Biz esa o’qituvchi, tarbiyachi nutkini nazarda tutamiz. / X.B. / Alisher Navoiy o’zining «Maxbubul – kulub» nomli falsafiy asarining 24 – faslining «Nasixat axli va voizlik zikrida» deb ataydi va bunda voizlik san‘atiga o’z munosabatini bildiradi. A.Navoiy notiklikda kiskalik va ravshanlikni yoktiradi. Bu jixatdan «Maxbubul – kulub» dagi 60 tanbexi urinlidir. «CHin so’z mu‘tabar, yaxshi so’z muxtasar. Ko’p deguvchi mumil, mukarrar ulguvchi loya‘kul». / Ya‘ni chin so’z e‘tiborli, yaxshi so’z kiska bo’ladi. Ko’p so’zlovchi zeriktiradi, kayta gapiradigan – akldan ozgan /, deydi. U tuturuksiz gap bilan kishilarning gashiga teguvchilarni akli past, nosoglom kishilardir, deb baholaydi. XII- XIII asr mutafakkirlari bo’lgan Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiylar ham so’zning kadri, undan foydalanish, kam so’zlab ko’p ma‘no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar xususida ham kimmatli fikrlar bildirganlar. Yusuf Xos Xojibning «Kutadgu bilig» / Baxt – saodatga erishtiruvchi bilim/ asari insonni uluglashga karatilgan bo’lib, muallif fikricha, insonning ulugligi akl – idroki, bilimi, o’quvi, xunarga ega bo’lishi va so’zlash qobiliyatidadir. U so’zlovchilarni tilning ahamiyatini tushungan holda, xovlikmasdan, so’zning ma‘nolarini yaxshi anglab, nutkni ravon kilib to’zishga chakiradi. «Bilib so’zla, so’z bilig sanalar» deydi u, « Odobning boshi tildir» deya aytgan edi ulug ajdodimiz. Gapirishdan maksad so’zlovchi ko’zda tutgan narsa, xodisa, vokealarni tinglovchiga to’g’ri, ta‘sirchan yetkazishdan iborat. Bunday ekan, nutkning ravonligi, to’g’riligi va mantikiyligiga erishish, ayniksa, o’qituvchi uchun muxim ahamiyat kasb etadi. Demak, yukorida aytilganlardan, shunday xulosa qilish mumkinki, Shark mutafakkirlari notik oldiga quyidagi talablarni qo’yganlar : Tilni o’rganish, uning leksikasi va grammatikasini puxta egallash; Mantikli so’zlashga o’rganish; nutkning ichki /mazmun/ va tashki /shakl/ ko’rinishiga birday e‘tibor berish; Go’zal va ta‘sirchan nutk to’za bilish; Til boyliklarini maksadga muvofik hamda urinli ishlatish va bashqalar. Biz nutkning inson xayotida, ayniksa o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni haqida gapirar ekanmiz, yosh avlodni mustakillik, milliy istiklol mafko’rasi goyalari ruhida barkamol insonlar kilib tarbiyalashda o’qituvchining bilim saviyasi, dunyoqarashi, madaniyati nutkni belgilovchi vositalar sanaladi. O’qituvchining barcha ta‘lim – tarbiya va ijtimoiy faoliyatida uning nutki aloxida urin tutadi. O’qituvchi birinchi galda o’quvchilarni so’z yordamida o’qitadi. «Talaba – tuldirib turilishi lozim bo’lgan idish emas, balki yokib qo’yish lozim bo’lgan mash‘aldir», - deyishadi kadimgi greklar. Bola qalbida ezgulik, mehr – muxabbat mash‘alini yokish o’qituvchining mukaddas vazifasidir. O’quvchilarni mustakillik, milliy istiklol mafko’rasi goyalari, vatanparvarlik, mexnatsevarlik, xalqimizga, tariximizga, madaniy merosimizga, kadriyatlarimizga xurmat, ogoxlik, iymon, e‘tikod, odamiylik goyalari ruhida tarbiyalashda o’qituvchi nutki kudratli vositadir. «SHuni aloxida ta‘kidlash zarurki, tafakko’r so’z vositasida shakllanuvchi bo’lganligidan o’qituvchi o’qituvchi nutki yordamida o’quvchi yangi – yangi ilmiy axborotlarni, bilimlarni o’zlashtiradi, ma‘naviy boyib boradi, axloq – odob, madaniyat marralarini egallaydi. Ta‘lim berish jarayoni xis – tuygularga boy, emotsional jarayon. Agar o’quvchilarga beradigan axborotimiz ularda xech qanday xis – tuygu uygotmasa, uni o’quvchilar yaxshilab eslab qola olmaydilar. Gap o’quvchilarning ruhiy holatlari, ya‘ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida borishi kerak. Ulardagi kuvonchli, optimistik kayfiyat o’quv faoliyatini juda samarali kiladi. O’quvchilar xis – xayajonga tula emotsional ruhdagi materallarni durustrok o’zlashtirib oladilar. Bunda o’qituvchining ta‘sirchan so’zi, nutki, umuman nutk madaniyati kudratli vositadir. O’qituvchi o’quv jarayonining emotsional tomoni haqida gamxurlik qilishi kerak. Ta‘lim mazmuni murakkablashib, xajmi esa nixoyat kattalashib ketdi. Uning muvaffakkiyatli o’zlashtirilishiga erishish uchun o’quvchilarning ukish faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuygular o’quv mexnatining samaradorligiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Maktab o’quvchilarida o’quv mexnatiga ijobiy munosabat uygotib, mexnatning xakikiy ijodga, kuvonch manbaiga aylanishiga kumaklashish kerak. O’qituvchi o’z tarbiyalanuvchilari bilan ko’proq auditoriyada, darsda, shuningdek sinfdan tashkari paytda nutkiy muloqotda bo’ladi. Uning nutki ilmiy – pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday nutkda ilmning turli soxalariga oid koidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Uning o’ziga xosligi tarbiyachi ekanligi bilan harakterlanadi». / «O’qituvchi nutk madaniyati»., T.Primov., Karshi., 2000 yil., 12 – 13 betlar /. O’qituvchi nutkining pedagogik va psihologik asoslari. Har bir o’qituvchi nutkiy faoliyat turlari, nutk apparati, nutkning vazifalari, nutkning uslubiy turlari , o’qituvchi nutkining sifatlarini, nutk texnikasi asoslarini, pedagogik nutk muloqotning o’ziga xos xususiyatlarini va bashqalarni mukammalrok bilishi kerak. Shu bilan birga o’qituvchi nutkining o’ziga xos xususiyatlarini, notiklik mahoratini, nutk madaniyatining pedagogik – psihologik asoslarini chuqur bilishi kerak. Nutk ta‘lim – tarbiyaning eng muxim vositasidir. O’qituvchi notiklik bilimlarini o’quvchilarga nutk orkali berishda pedagogika va psihologiya fanlarining asoslariga, qonuniyatlariga tayanadi. Notiklik mahorati o’qituvchidan pedagogika va uning asosiy qonuniyatlarini, printsiplarini bilishni va ularni dars, darsdan tashkari mashgulotlarda, nutk jarayonida to’g’ri tadbik eta bilishni talab etadi. O’qituvchi nutkining pedagogik asoslari : Ma‘lumki, pedagogika fani maxsus tashkil qilingan ta‘lim – tarbiya jarayonida inson shaxsini rivojlantirish, ma‘lumotli qilish va shakllantirishning moxiyati va qonuniyatlari haqidagi fandir. Shu sababli ta‘lim – tarbiya, ma‘lumot, rivojlantirish, shakllantirish pedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Xozirgi kunda o’zluksiz ta‘limni amalga oshirish sharoitida har tomonlama barkamol yosh avlodni tarbiyalab yetkazishda pedagogika fanining mavkei oshib bormokda. Mustakil respublikamizning fukarolarini yangicha tarbiyalash, o’qitish, komil inson kilib shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etishda pedagogika fani ko’p ishlarni amalga oshirishi zarur. O’qituvchi nutkining pedagogik asoslari deganimizda bevosita o’qitishning va tarbiyalashning qonuniyatlariga amal qilishni nazarga tutamiz. Pedagogikaning didaktika bulimi ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. U ta‘lim berish nazariyasi xisoblanadi. Shu jumladan, ayrim fanlar o’qitish uslubiyati ham unga tayanadi. Ayni vaqtda umumiy didaktika ta‘lim jarayonining qonun – koidalarini ochib bergan holda xususiy metodikalardan material oladi. O’qituvchining vazifasi -- o’quvchi ongiga tayyor bilimlarni «qo’yish»dan iborat bulmay, balki ularni darsda , nutkda tilga olingan masalalar ustida fikr – muloxazalar yuritishni o’rgatishdan iborat. O’qitish – ta‘lim jarayoni ikki yoklama jarayondir. Chunki unda ikki shaxs – o’qituvchi bilan tinglovchi /o’quvchi/ ishtirok etadi. Nutk bu o’qituvchining o’quvchilarga bilim, kunikma va malakalar berishi, ularda yangi xakikatlarni ocha bilishga kodir bo’lgan ijodiy, mantikiy tafakko’r tarbiyasidir. O’qituvchi nutkini tinglash – o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan berilgan bilimlarni, kunikmani o’zlashtirish, kabul qilish jarayoni, o’zlarida bilish qobiliyatini, fikrlash operatsiyalarini va harakatlarini tarkib topish jarayonidir. O’qitish, ta‘lim berish jarayonida bilish nazariyasining asosiy koidalari yotadi. Bu nazariya asosida inson dunyoni biladi. Bilish yullari – jonli mushoxadadan abstrakt tafakko’rga va undan va undan amaliyotga utishdir. Bilish xissiy va akliy bilishdan iborat. Insonning ana shu bilish jarayonida uning nutki katta rol uynaydi. / Nutk albatta, ogzaki va yozma bo’ladi /. Shu tufayli o’qituvchining nutki ham real asosda predmet va xodisalarni ko’zaatish asosida to’zilgan bo’lib, ularni rivojlantirishni xis etgan holda yangi vazifalarni ishlab chikkan holdagina o’quvchilarga manzur bo’ladi. Shunday qilgan takdirda, o’qituvchi o’quvchilarda tasavvurlar va tushunchalarning shakllanishiga, ularni o’zlashtirib olishlariga e‘tibor beradi, bilimlarni xayotga tadbik etishni ko’rsatadi, dunyoqarashni shakllantiradi. O’qituvchi nutkining psihologik asoslari : Har bir o’qituvchi o’qituvchilik faoliyatiga tayyorlanar ekan, u pedagogika bilan bog’liq holda psihologiya fanini ham o’rganadi. Chunki psihologiya fanini yaxshi bilmay turib, notiklik mahoratini, nutk madaniyatini egallab bulmaydi. O’qituvchi o’quvchilarning psihologiyasini bilish bilan bir katorda uning nutki psihologik jixatdan to’g’ri to’zilishi lozim. Har bir dars, har bir mashgulot psihologik nuktai – nazaridan talabga javob berishi darkor. Chunki, har bir o’qituvchi o’z nutki bilan o’quvchilarni ishontiribgina kolmasdan, balki ularni xayajonlantirishi, xissiyotlarini uygotishi, emotsional ta‘sir ko’rsatishi kerak. O’qituvchi auditoriyaga ta‘sir etibgina kolmay, auditoriya bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. O’z navbatida o’quvchi ham mashgulot jarayonida o’qituvchiga ta‘sir ko’rsatadi. «O’qituvchi nutki, notiklik mahorati bir kancha psihologik qonuniyatlarga amal kilsagina, ta‘lim – tarbiyaviy vazifani bajara oladi» / «O’qituvchi nutk madaniyati»., T.Primov., Karshi., 2000 yil., 25 bet /. Shu jumladan, o’qituvchining dars utishi jarayonida, lektsiya, suxbat yoki xikoya qilishi vaqtida nutkning sur‘ati o’quvchilarning fikrlash darajasiga, qobiliyatiga mos bo’lishi kerak. Bu muxim psihologik qonuniyat. Bolalarning fikrlash darajasi yoshiga qarab o’zgarib boradi. Bu holat ham xisobga olinib borilishi zarur. O’qituvchi darsda o’z nutkini psihologik nuktai nazaridan to’g’ri to’zishi uchun o’quvchi xayotining ruhiy xususiyatlariga, sezish va idrok, tasavvur, tafakko’r, xotira, xissiyot, iroda va bashqalar kiradi. Masalan, ruhiy xususiyatlardan biri idrokni olib karasak, nutk jarayonida o’quvchi nutkni ixtiyoriy idrok qilishga erishish lozim. Ba‘zan o’qituvchi nutk so’zlab to’rganda o’quvchi unga tikilib to’rgan bo’lsa ham, uni idrok kilmay to’rgan bo’lishi mumkin. Buning sababi o’quvchining dikkati sezgi organlariga ta‘sir kilib to’rgan ob‘ektlarga chalgib, xayol kochganligidir. Bunday paytda o’qituvchi o’quvchining ruhiy holatidan kelib chikmagan bo’ladi. Bunday holatda xayotiy suroklar, xitoblar, nutk oxangini o’zgartirish kerak bo’ladi. O’qituvchi nutki jarayonida o’quvchi tasavvuri katta ahamiyatga ega. Shunga ko’ra o’quvchida tiklash tasavvuri, ijodiu tasavvur, ixtiyoriy va ixtiyorsiz tasavvurlarga bulinadi. Dars va darslardan tashkari vaqtlarda o’qituvchi nutki tasavvo’rni rivojlantirib kolmasdan, dars jarayonida kullaniladigan turli ko’rgazmali ko’rollar, usul va vositalar ham o’quvchi tasavvurini rivojlantirishga yordam beradi. Asosan, o’qituvchi nutki o’quvchilarda fikrlarni, tafakko’rni analiz, sintez, xulosalar chikarish, qiyoslash va bashqa jarayonlarni tartibga solib turadi va bashqaradi. Ta‘limning psihologik asoslari orasida inson ruhiy jarayonining eng muxim tomoni -- xotiradir. O’qituvchi asosan o’z nutkini bolalar xotirasini rivojlantirishga karatadi. Ongimizda aks ettirgan narsalarni mustaxkamlash, saklab qolish va keyinchalik tiklash, esga tushirishdan iborat bo’lgan akliy faoliyat xotira deyiladi. Har bir kishi o’zi k o’rgan va eshitgan narsasini ogzaki va so’z /nutk/ bilan idora kilib turib xotirada saklaydi. Shuning uchun har bir o’qituvchi o’z nutkining emotsionalligini, jushkinligini oshirib borishi kerak. Natijada o’qituvchi nutki jarayonida o’quvchilarda sezish, kabul qilish, tasavvur, tafakko’r, xissiyot, xotira va iroda kabi ruhiy xususiyatlarning tarkib topishi, rivojlanishiga olib keladi. Demak, notiklik mahorati o’quvchidan mantik, pedagogika, psihologiya, etika, estetika fanlarini va ularning qonuniyatlarini yaxshi bilishni talab etadi. O’qituvchi nutkining o’ziga xos xususiyatlari. O’qituvchi nutki ta‘lim – tarbiya berishning asosidir. Shuning uchun ham mustakil O’zbekistonning har tomonlama barkamol, soglom, ma‘naviy yetuk fukarolarini tarbiyalab yetkazishdek sharafli vazifa yuklangan. Har tomonlama yetuk soglom avlodni tarbiyalashda o’qituvchining bilimi, dunyoqarashi, onggi, madaniyati nutkni belgilovchi vositalar xisoblanadi. O’qituvchi o’z faoliyatidagi juda ko’p ishni nutk orkali amalga oshiradi. O’qituvchi faoliyatidagi har qanday dars va tarbiyaviy jarayon uning nutki orkali amalga oshiriladi. Uning nutki ilmiy va pedagogik mazmun kasb etadi. Shu sabali o’qituvchi nutki ilmiy – goyaviy jixatdan yuksak madaniyatli, ravon, yumshok, dilkash bo’lishi lozim. Har bir nutk bolalarning yosh xususiyatlarini, bilimi va tushunchalarini nazarda tutgan holda to’zilishi lozim. O’qituvchi nutki avvalo o’quvchilarga akaratilgan yoki yunaltirilgan, undalma nutkdan iborat. Bunda o’qituvchi gapirayotgan gaplarini o’quvchi kay darajada kabul kilayotganligini xisobga oladi. O’qituvchi o’z nutkida xikoya kilib berishi, suxbat o’tkazishi va maktab lektsiyasidan foydalanishi mumkin. O’qituvchi gapirayotganida sinfda, bolalarning yo’z – ko’zlarida sodir bulayotgan o’zgarishlarga e‘tibor berib boradi. Shu sababli dars jarayonida ta‘limiy maksadni ko’zlab amalga oshiriladigang muloqotni o’quv nutk faoliyati deb baholash mumkin. O’quv nutk faoliyati tabiiy nutk faoliyatidan quyidagilari bilan farq kiladi: Dars jarayonida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat o’qituvchining rejasi buyicha utkaziladigan ta‘limiy maksadlar bilan cheklangan faoliyatdir. Shu sababli nutk faoliyati uchun zarur bo’lgan ruhiy kechinmalar o’qituvchi tomonidan turli ta‘limiy usul va vositalar yordamida yo’zaga keltiriladi. Kullanilgan ta‘limiy vositalar o’quvchining ongiga tashkaridan ta‘sir etishi muljallanganligi tufayli har doim ham kerakli ruhiy kechinmani yo’zaga keltira olmaydi. Natijada o’quv nutk faoliyatini yulga qo’yishda bir kator jiddiy qiyinchiliklar yo’zaga keladi. Aslida o’quv nutk faoliyatining asosiy maksadi bilimlarni o’zlashtirish, o’qituvchi tomonidan o’quvchilar e‘tiborini kozonish. Mashgulot jarayonida o’quv nutk faoliyatini yo’zaga keltiruvchi sabab o’qituvchi tomonidan berilgan topshirigini bajarish, bilim, kunikmalarini egallash zaruriyatidir. ye) Darsdagi vaziyatga qarab muloqot vaqtini kancha davom etishini o’qituvchining o’zi belgilaydi. Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling