O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati tayanch tushunchalar


Download 121.5 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1391086
1   2   3   4   5   6
PEDAGOGIK MAHORAT OMILKORLIGINI
TA'MINLOVChI XUSUSIYATLAR
Bazaviy omilkorlik ;
Kasbiy - pedagogik tayyorgarlik;
Asosiy fanlar;
O'qitish metodikasi;
Falsafiy bilimlar;
Pedagogik bilimiar;
Psixologik bilimlar;
Pedagogik axloq va hokazo.

Metodologik omilkorliklar


Falsafiy, umumilmiy va aniq fan­lar darajasiga mos keluvchi metodo­logik bilimlarni, ta'lim muammolarini, integral, faoliyatga taalluqli bi­limlarni mustaqil yondashuv asosida o'zlashtira olish qobiliyati va hokazo.
Ijodiy pedagogik mahorat va omilkorlik kasbiy qadriyatlarga yo'naltirilganlik;motivatsion ijodkorlikka yo'naltirilganlik;
Ta'limda innovatsiyaning asosiy umuanimolarini tushunish;
Pedagogik vazifalarni hal qilishga tizimiy yondashishga qaratilganlik;
Dasturiy - maqsadli rejalashtirish qobiliyati;
Ilmiy - tadqiqot madaniyati;
Texnologik madaniyat;
Grafika madaniyati;
Kasb ahloqi;
Ta'lim muammolarini mustaqil anglash qobiliyati;
Kommunikativlik;
Kasbiy inoslashuvchanlik, kutilmagan holatlarga tayyor turish, kirishuvchanlik metod va metodikalari, salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi turli aqidaparastlikni yengib chiqishga qodirlik qobiliyati;
Ergonomik fikrlash;
Kasbiy faoliyatning individual uslubi;
O'zining kasbiy sifatlariga baho bera olish, o'z faoliyatini va uning natijalarini refleksiv baholash qobili­yati, tanqid va o'z-o'zini tanqid qilish;
O'z-o'zini rivojlantirish va mustaqil ta'lim olish qobiliyati va hokazo.
Bo'lajak o'qituvchilarni kasbga ijodiy yo'naltirilganligining muhim jihatlaridan bin uning pedagogik madaniyati bo'lib, u pedagogik- psixologik fanlar tizimining turli yo'nalishlarida tatbiq qilingan. Chunonchi: metodologik jihatdan V.A.Slastenin, V.V.Krayevskiy, axloqiy - estetik jihatdan E.A.Grishin, D.S.Yakovleva, kommunikativlik jihatlarini A.V. Mudrik, O.O.Kiseleva, T.N.Levasheva, texnologik jihatlarini M M. Levina, N.E.Shurkova kabi olimlar ishlab chiqqanlar.
Ayniqsa, o'qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik faoliyati jarayonida kasbiy mahoratning muhim jihati sifatida individual pedagogik faoliyatini ochib beruvchi muhim ijodiy ko'nikmasidir. O'qi­tuvchining texnologik tayyorgarligi "pedagogik omilkorlik" kategoriyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqelikni idrok etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madani- yatning mohiyatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo'lajak o'qituvchining kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o'qi­tuvchining texnologik madaniyati o'quvchilarning ichki imkoniyatlarini ijodiy tomongayo'naltiruvchi jarayondan iborat.
O'qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik faoliyati jarayonida kasbiy mahoratining muhim jihati sifatida individual peda­gogik faoliyatini ochib beruvchi ijodiy usullaridan iborat. O'qituvchining ta'lim jarayoniga tayyorgarligi "pedagogik omilkorlik" kategoriyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqelikni idrok etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madaniyatning mohi­yatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo'lajak o'qituvchining kasbiy faoli­yatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o'qituvchining texnologik madaniyati talabalaming ichki imkoniyatlarini ijodiy tomonga yo'naltiruvchi jarayondan iboratdir.
Har bir bo'lajak oliy ma'lumotli mutaxassis-o'qituvchi o'z kasbiy faoliyatining ixtisosligi va xususiyatidan qat'iy nazar fundamental bilimlarga, kasbiy malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Ana shu bilim, malaka va ko'nikmalarni egallashda bo'lajak mutaxassisga o'z kasbiga oid u yoki bu savol yoki rauammo bo'yicha o'z nuqtai nazarini aniqlab olish imkoniyatini beruvchi ijodkorlik, tadqiqotchilik va mustaqil faoliyat tajribaii muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasbiy pedagogik bilimlar ta'lim jarayonining samaradorligiga za­monaviy ta'lim muhiti talablari bilan talabaning o'zgarib turuvchi o'quv dasturlari sharoitida yetarlicha yo'nalish ola bilmasligi natijasida salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Oliy pedagogika ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchining yuksak tayyorgarlik darajasiga va ma'naviy axloqiy saviyasiga qo'yiladigan talablar ham yangilanib boradi. Ijodkor o'qituvchi esa o'z sohasi bo'yicha yangi pedagogik texnologiya metodikalarini ajrata olmog'i hamda uni amalda samarali qoilay bilishi lozim.

Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling