O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati tayanch tushunchalar


Dars - ta'lim jarayonining asosiy shakli


Download 121.5 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1391086
1   2   3   4   5   6
Dars - ta'lim jarayonining asosiy shakli

Dars - ta'lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo'lib, unda sinf dars tizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o'qituvchi tashkiliy tartibni va ta'limning muntazamligini ta'minlaydi.


Dars bevosita o'qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shaklidir. O'qituvchining o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish mahorati dars jarayonida namoyon bo'ladi. O'qituvchi darsda muayyan tayyorgarlikka ega o'quvchilar jamoasi bilan faoliyat olib boradi. Darsda o'qituvchi o'ziga tegishli mutaxassislik fanining ma'lum bir reja asosida belgilangan mavzusini o'quvchilarga tushuntirish bo'yicha ishlaydi. Bilimlarni ta'lim metodlari asosida o'quv­chilar ongiga singdiradi, o'quvchilarning olgan bilimini muntazam ravishda baholab boradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta'lim shakllarini birlashtirish imkoniyatlari paydo bo'ladi.
Darsda o'qituvchi rahbar sifatida har bir o'quvchining bilim olish xususiyatlarini inobatga oladi, o'quvchilarning ta'lim jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo'lishi mumkin. Bu o'quv materialining mazmunga, darsning didaktik maqsadlariga, o'quvchilar va sinf jamoasining xususiyatlariga bog'liq.
Ta'lim jarayonida darsning quyidagi turlari ajratib ko'rsatilgan:
-aralash darslar;
-yangi materiallar bilan tanishish darslari;
-bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari;
-o'rganilganlami umumlashtirish va tizimlashtirish darslari;
-ko'niknia va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
-bilimlarni tekshirish darslari;
Aralash (kombinatsiyalashgan) darslar yoki murakkab tuzilishga ega bo'lgan ushbu dars jarayonida o'qituvchi quyidagi kombinatsiyani qo’llashi mumkin: uy vazifalarini tekshirish va o'quvcliilar bilan savol- javob, yangi materialni o'rganish, bilimlarni mustahkamlash, o'quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
O'quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o'rganish) darsida o'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mustaqil ish olib boradilar, o'qituvchi darsning tuzilishi va olib borilishini quyidagicha ta'minlaydi: Yangi materialni o'rganish uchun asos bo'lgan avvalgi materialni takrorlash, о'qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tekshirish va mustah­kamlash, uyga vazifa berish. Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darsida o'qituvchi dars­ning asosiy mazmunini ilgari o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashga qaratadi. O'qituvchi asosiy e'tiborni o'rganilgan mavzularni takrorlash tarzida mashg'ulot olib borishga qaratadi. Tuzilishi bo'yicha bunday darslami o'qituvchi quyidagi bosqichda tashkii etadi: o'quvchilarning bilish qobiliyatini va tafakkurini tekshirish, og'zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish, uyga vazifa berish.
O'rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarida bevosita o'qituvchi rahbarligida o'rganilgan o'quv materiallaridan mu­rakkab savollarni takrorlash va tizimlashtirish asosida o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to'ldiriladi va о'rganilayotgan yangi mavzuning muhim g'oyalari ochib beriladi. O'rga­nilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarini o'qituvchi o'rga­nilgan mavzuning bo'lim yoki o'quv kurslarining va kunida o'tkazadi.
Ko'nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi egallangan bilimlarni o'quvchilar tomonidan mustahkamlash hamda amaliyotda qo'llay olish bilan bog'liqdir. Ushbu ta'lim jarayoni bir nechta maxsus darslarda amalga oshiriladi. Yangi mavzularni o'rganishda davom ettiriladi. Bunda о’qituvchining vazifasi о'quvchilaming nazariy bilimlar asosida egallagan malaka va ко 'mhnalarini, hayotiy amaliyotlarida turli vaziyatlarda qo'llashni o'zlashtirib olishlarini nazorat qilishdan iborat.
Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida o'qituvchi o'quvchilarning fanlar yuzasidan о'zlashtirgan bilimlarini tekshirish, kо'nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini, o'quv materiallarining o'zlashtirishdagi kamchiliklarini aniqlash. Shuningdek, navbatdagi topshiriqlarni bajarish yo'llarini belgilab olishiga yordam beradi.
Yuqorida ifodalangan dars turlarning samaradorligiga erishish o'qi­tuvchining pedagogik mahoratiga pedagogik-psixologik metodlarni ta'­lim jarayonida qo'llay olish tajribasiga bog'liq. Darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo'yish va ularni o'quvchilar tomonidan qabul qiiish sharoitlarini ta'minlash, bilimlarni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko'rsatmalami shakllantirish ko'zda tutiladi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi. Shu bilan birga, o'qituvchi yangi, zamonaviy, odatdan tashqari ta'lim berishning dars- ma'ruza, dars-seminar, dars-munozara, dars-konferensiya, dars-sayohat, dars-musobaqa mustaqil ish darslari kabi noan'anaviy ta'lim metodlaridan ham foydalanishi mumkin.
O'qituvchi o'z tajribalaridan va kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib ta'lim jarayo­nining quyidagi kombinatsiyalariga alohida e'tibor berishi lozim:
-integral fanlarning ilg'or yutuqlari, kompyuter, pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni hozirgi zamon o'quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
-darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalaming optimal nisbatlarini ta'minlash;
-o'quvchilarning qiziqishlari, iqtidori va talablarini e'tiborga olgan holda ular tomonidan bilimlarning puxta o'zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
-o'quvchilarda fanlarning o'zaro aloqadorligi asosida bilishga qiziqishni rivojlantirish;
-o'quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko'nikma va malakalarga, shuningdek, ular ongi va tafakkurini rivojlantirish darajasiga tayanish;
-o'quvchining o'zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo'yicha mahoratini har tomonlama shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
-o'quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida mantiqiylik va emotsionallikni ta'minlash;
-pedagogik texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlaridan o'z o'rnida samarali foydalanishni bilish;
-zarur bilim, ko'nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning ratsional usullarini shakllantirish;
-mavjud bilimlarni dunyoviy bilimlar bilan doimo boyitib borish va o'z ehtiyoji darajasida foydalanish;
-har bir darsni yuksak mahorat bilan puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxislash va taxmin qilish.
O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rar ekan, asosiy maqsadga erishish uchun ta'lim jarayonining quyidagi talablaridan foydalanib, o'z imkoniyatlariga erishishi lozim:
ta'limiy;
tarbiyaviy;
rivojlantiruvchi;
Ta'limiy talablarga har bir darsning ta'limiy vazifalarini aniq belgilash, darsni turli axborot vositalari bilan boyitish, yangi o'rganilayotgan mavzuni ijtimoiy hayot bilan, turmush tarzi bilan bog'lab mazmunan boyitish va optimallashtirish, so'nggi pedagogik texnologiya yutuqlaridan oqilona foydalanish, turli ta'lim shakli, metodlari va ko'rinishlarini qo'llash, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, darsni yuksak pedagogik mahorat talablari asosida o'tkazishni ta'minlash kabilar kiradi.
Tarbiyaviy talablardan asosiy maqsad, ta'lim jarayonida o'qituv­chi tomonidan yangi o'quv materiali asosida egallangan bilimlardan tashqarilining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, o'quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tirishqoqlik, tartiblilik, mas'uliyatlilikni his etish, intizomlilik, erkin fikr yuritish, qobiliyatlilik, e'tiboililik, halollikni shakllantirishdir.
Rivoilantiruvchi talablar ta'lim jarayonida o'qituvchi o'z imko­niyatlarini o'quvchilarda o'quv-bilish faoliyatining ijobiy sifatlariga nisbatan qiziqishini oshirishga, ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirishga hamda o'quvchilarning idrok qobiliyatlarini uyg'otishga, ong va tafakkurlarini dars jarayonida shakllantirishga qaratadi.

Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling