O’qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati


-jadval. Dars – o’quv jarayonining yahlit pedagogik tizimi


Download 123 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi123 Kb.
#1737963
1   2   3   4
Bog'liq
1444140021 61693

2-jadval. Dars – o’quv jarayonining yahlit pedagogik tizimi.


Jadvaldan ko’rinib turibdiki, dars o’quv tarbiya jarayonining bir bo’lagi emas, balki yahlit pedagogik tizimi hisoblanadi. SHuning uchun ham u yahlit pedagogik tizimki, unda jamiyatning bosh maqsadi o’quvchi – talaba shahsining shakllanishi uchun zamin tayyorlanadi, yoshlarning voqelikni anglab etishi uchun imkoniyat yaratilib ko’nikma, malakalar, dunyoqarashlar, ahloqiy – estetik fazilatlar tarbiyalanadi hamda mehnat qobiliyatlari, ijodiy faoliyat jismoniy kuchlarning rivojlanishiga erishiladi. SHuningdek, o’qituvchi – o’quvchi, o’quvchi – o’quvchi munosabatlari tarkib topib, aqliy kamolot yuksaltiriladi. SHu sababli darsga murakkab va yahlit tizim sifatida qarash kerak. Hozirgi davrda dars nazariyasi va darslarning tuzilishi, funktsiyasiga qatta e’tibor bilan qaralmoqda. SHunga ko’ra o’qituvchi darsga jiddiy munosabat bildirishi, unga puhta tayyorgarlik ko’rishi lozim.
N.V.Kuharev “Darsda bilish harakteridagi masalalarni asta – sekin murakkablashtirib borishni tashkil qilishdagi didaktik hamkorlik”ni amalga oshirish lozimligini ta’kidlaydi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi.
O’qituvchi faoliyati.
1. Aniq muammoni izohlaydi.
2. Materialni, o’zining bayon qilish jarayonini faollashtirgan holda, tushuntiradi.
3. Materialni, asoslashni talab qiluvchi masalalarni yo’l – yo’lakay maydonga tashlab, tushuntiradi.
4. Masalalarni, ularning hal qilish usullarini ko’rsatmagan holda, o’rtaga tashlaydi.
5. Topshiriq temasini ko’rsatadi.
O’quvchi faoliyati

  1. Sustkashlik bilan tinglaydi.

  2. Tinglaydi, materialni tushunadi, savollarga mantiqan javob beradi.

  3. Masalalarning hal qilish usullarini mustaqil aniqlaydi, jamoa muhokamasida taqqoslaydi.

  4. Masalani hal qilish usullarini individual holda izlaydi, jamoa bo’lib asoslashadi.

Bunday istiqbolli rejalashtirish didaktik maqsadlar izchilligini aniqlash, mazmundagi etakchi g’oyalarni, faoliyatning asosiy turlarini ajratish, predmetlararo aloqalarni o’rnatish va darsning asosiy jihozini o’ylab chiqish, natijalarini prognoz qilish imkonini beradi. Har bir alohida darsga tayyorlanishda o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: temani aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlashtiradi; o’quv materialini mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi. Etakchi g’oya, tushuncha, qonun, fakt, amaliy ma’lumotlarni ajratadi; ilgari o’rganilgan bilan bog’lanishni, mazmunni joylashtirishni mantiqan nazarda tutadi; o’quvchilarning o’quv bilimi faoliyatlari harakterini aniqlaydi, ya’ni qanday bo’lishni o’ylab qo’yadi. SHu shakldagi tayyorgarlikni ishlab chiqadi. Dars qismlarini ajratadi; o’qitish metodlari: masala, mashq muammoli savollar, topshiriqni dasturlashtirish elementlarini tanlaydi va aniqlaydi. O’qitishning tehnik vositalarini tanlaydi va tekshiradi; butun dars jarayonini rejalashtiradi. Dars rejasida, odatda sana va dars nomeri, uning temasi, vazifalari mazmunining asosiy masalalari, o’qituvchi va o’quvchining faoliyat turlari, o’qitish metodlari va vositalari, so’raladigan o’quvchining familiyasi, individual topshiriqlar, uyga vazifa ko’rsatiladi. Ammo dars rejalarining tuzilishi va hajmi o’qituvchining malakasi hamda tajribasidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Masalan, o’qituvchilikni yangi boshlanayotgan har bir o’qituvchi darsning vazifalari, har bir qismning mazmuni ko’rsatilgan mufassal rejaga ega bo’lish foydalidir. O’qituvchining tajribasi ortib borishga qarab dars rejaga qisqarib borishi ham mumkin. YAhshi tayyorlangan darsni yana uyushgan holda aniq va samarali o’tkaza bilish ham kerak. Bunda quyidagi talablarga amal qilishi lozim:
1) Darsni aniq va uyushgan holda boshlash buning uchun esa darsga hamma narsa oldindan tayyorlangan bo’lishi kerak.
2) O’quvchilar e’tiborini dars mazmuniga qarata bilish va uni butun dars davomida o’quvchilarning o’quv biluv faoliyatlarini aktivlashtirib saqlay bilish, darsga qiziqishni qo’llab – quvvatlash, o’quvchilar oldiga vazifalar qo’yish, ularni doimo javob berishga tayyor holda saqlash, darsdagi ishlarni hilma – hillash hammani ko’rib, hamma narsani so’rab turish.
3) Darsda vaqtdan oqilona foydalanish: o’quv jihozlarini oldindan tayyorlash, ularni to’g’ri joylashtirish, topshiriqlarning to’liq bajarilishiga erishish, o’quvchilar e’tiborini chalg’ituvchi holatlarga yo’l qo’ymaslik.
4) O’z hatti – harakatini kuzatish. G’oyaviy siyosiy e’tiqod, yuksak ahloqiylik va madaniyat, gapirish va talab qilish, rag’batlantirish, o’quvchilarga murojaat qilish uslubi – bularning barchasi o’qituvchi faoliyatining uslubini belgilaydi hamda o’quvchilarning zo’r berib ishlashi yoki o’ta emotsional qo’zg’aluvchanligini tartibga keltiradi.
5) Darsda tadbirkorlikni namoyish qilish, yuzaga kelgan sharoitini yoki darsni o’tkazish sharoitlaridagi o’zgarishlarni hisobga olish kerak.
Dars - bu pedagogik faoliyatning asosiy negizi hisoblanadi. Darsda o’qituvchi talabaga ma’lum bilimni etkazadi, beradi va o’qitadi. Ularga bilim berishda u tobora faoliyatini kengaytirib boradi, bilimlarini oshiradi. Doimiy qo’llaniladigan metodik ishlarda ham kamchiliklar bor, ya’ni dars o’tish jarayonlarida hali sholastik holatlar mavjud. Ba’zi o’qituvchilar iqtisodiy, ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarni tahlil qilmaydilar, talabalardan eski dars, ya’ni takrorlangan, o’quvchi – talabalarni qiziqtirmaydigan mavzularni so’raydilar. Ularni mustaqil fikrlashga va turli hil diskussiyalar, savol javoblarni uyushtirish o’quvchi- talabalarni muayyan matnni o’z so’zi bilan gapirishga o’rgatish zarur. Eski usullar bilan dars berishni o’zgartirish vaqti keldi. Har bir yangi g’oya, har bir konstruktiv holat ta’lim muassasasidagi eski shakllarni tugatishni taqozo qilmoqda. Pedagoglar o’rtasidagi hamkorlik, jurnal va gazetalardan olingan yangi metodika va pedagogik kredo deb atalgan tushunchani hosil qilishi kerak. Pedagogik hamkorlik mualliflari – o’qituvchi - novatorlar V.F. SHatalov, E.N. Ilin, S.N. Lisenkova, I.P. Volkov va boshqalar hamkorlik usuliga tayanib, tadqiqot ishlari olib borishgan. O’qituvchi hotirjam, talabalar ham hotirjam, ishonarli hursandchilik bilan shug’ullanadilar. Endi biz o’qituvchi novatorlarning pedagogik hamkorlik nazariyasi va amaliyotini ko’rishimiz mumkin. «O’quvchi - talabalar bilan darsdagi muomala» o’qituvchi oldida asosiy vazifa hisoblanadi. Talabalarni o’quv mehnat faoliyatiga qaratishda ularga yutuq, omad, hursandchilik tuyg’ularini tug’dirish yoki shakllantirish, oldinga harakatlantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Pedagogik hamkorlik oldingi pedagogikadan shu bilan farq qiladiki, u talabalarni o’qishga jalb qila olishg tayanchi bo’ladi va o’qituvchilarning talabalar bilan mehnat faoliyati orqali oldingi pedagogikadan farq qiladi. Pedagogik hamkorlikning yana bir asosiy tamoyili talabalardan darsdagi qo’rquvni olish, uni bamaylihotir, erkin, o’z kuchiga ishontirishdan iboratdir. V. A. Suhomlinskiyning so’zlari bilan aytganda, qaerda qiziqish bo’lsa, o’sha erda nutq bo’ladi. O’qituvchilarning darsdagi faoliyatlari shundan iboratki, ular talabalar bilan birgalashib, faoliyat ko’rsatadilar, ya’ni hamkorlik qiladilar, talabalar oldiga qiyin masalalar qo’yadilar va uni tushuntirib, ularning o’zlariga ishonch tuyg’usini singdiradilar.SHuning uchun mavzu yahshi o’rganilganda, maqsadga erishish mumkin deyiladi. Bunda talabalar ma’lum maqsad uchun birlashib qolmasdan, balki shu qiyinchilikni engishga ishonch hosil qiladilar. Bunda har qanday novator- o’qituvchi o’zining tayanch signallarini turlicha belgilaydi. Masalan, M. YOqubova turli hil shemalarni, M. Abdurasulov turli hil algoritmlarni qo’llaydi. Bu talabalarning hotirasini mustahkamlaydi va rivojlantiradi, mantiqiy tasavvurning kengayishiga olib keladi. YAna bir usul shundan iboratki, talabalarning o’zi masala, mashqlarning qiyinini tanlaydilar. M. YOqubova talabalarga ko’p misollar beradi, ular o’zlari tanlaydilar va echadilar.S. Lisenkova esa talabalardan qanday so’zlarni yozishni so’raydi va doskaga yozadi. Bunda mavzularning bir nechtasi birlashtirilib bloklarni tashkil qiladi, o’rganilayotgan mavzuning hajmi o’zgaradi, talabaga qiyin bo’lmaydi. Novator - o’qituvchilar 3-4 mavzuni 1 darsda o’tadilar, talabalarning faoliyati o’rganilayotgan predmet mavzusida bo’ladi. Matematika darsida M. YOqubova teoremani isbotlab turib, biror bir ortiqcha so’z ishlatmaydi. Matematika o’qituvchisining so’zi to’g’ri va aniq bo’lishi kerak. N. Qahhorova adabiyot darsida o’quvchilar o’rtasida shovqinli dars bo’lishi, ular o’zlarini qiziqtirgan turli hil tushunmagan narsalarini so’rashlari kerakligini ta’kidlaydi. Tajribakor o’qituvchilar darsda talabalarni o’z-o’zini tahlil qilishni o’rgatadilar. Unda o’quvchilar darsda o’rtoqlarining ishini yoki javobini tekshirib baholaydilar. Ular bir-birlariga kamchiliklarini yoki yahshi tomonlarini hat bilan yozadilar. Ilg’or o’qituvchilar dars jarayonida turli usullarni qo’llaydilar, bunda har bir o’quvchi o’zini shahs deb hisoblaydi va o’qituvchining shahsan unga e’tibor qaratilganligini sezadi. Bu shundan iboratki, bunda har bir o’quvchi, har bir darsda o’zining mehnati uchun baho oladi. Pedagogika shuni ta’kidlaydiki, dars bu o’qish bilish markazi, bunda uning atrofidan aylanib, o’qituvchining fikrlari va harakatlari doimo qaytarilib turiladi. Hozirgi zamon ta’lim muassasalari oldida o’quvchi - talabalarni o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirishda, birgalashib pedagog va talabalar faoliyati ko’rsatilishi talab etiladi. O’qituvchi o’zining hayoti davomida 25 ming (soat) dars beradi. Qaysi pedagog o’z darsini qiziqarli va mazmunli o’tishini hohlamaydi? Lekin, mehnat davri qancha bo’lishidan qat’iy nazar, mahsus fan o’qituvchisi bo’lishi qiyin. Buning uchun pedagog, avvalambor, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kerak. Ta’lim muassasasida darsni yahshi o’tishi uchun o’qituvchidan birinchi navbatda g’oyaviy, amaliy va kasbiy tayyorgarlik talab etiladi. Darsga tayyorlanish uchun o’qituvchi doimo shu fanning pedagogik, psihologik va metodik harakterda bo’lgan o’quv qo’llanmalar, qo’llanmalarni doimo o’qib borishi kerak, u yana metodik jurnallar, gazetalar o’qishi, eshitganlarini konspektlashtirishi, darsga oid diafilmlar, diapozitivlar tayyorlashi lozim.
Darsda o’quvchi – talabalar bilan olib boriladigan ta’limiy – tarbiyaviy ishlarni mukammallashgan ishlar tizimida tashkillashtirish hozirgi kun didaktikasining bosh yo’nalishi hisoblanadi. Bunda o’qituvchi – o’quvchi hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. SHunga ko’ra biz quyida o’qituvchi – o’quvchi o’zaro hamkorligining yangi shaklini tavsiya etamiz. (N. V. Kuharev tavsiyasi bo’yicha1)

3 – jadval. Darsda o’qituvchi – o’quvchi hamkorligini hisobga olishning samarali vositalari.


Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling