O’qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati


Download 123 Kb.
bet4/4
Sana01.11.2023
Hajmi123 Kb.
#1737963
1   2   3   4
Bog'liq
1444140021 61693

t/r

O’quvchiga ta’sir etish samarali vositalari

Maqsad

Qo’lga kiritilgan natija

1

O’qituvchi tomonidan bayon etilgan ma’lumotni fikrni bayon etish rejasini tuzishga o’quvchini yo’naltirish

O’quv ma’lumotidan eng muhim, eng asosiy g’oyani belgilash ko’nikmasini hosil qilish. Qiziqish va diqqatni oshirish. Darsda faol ishchi vaziyatni yaratish.

Ko’pgina o’quvchilar ahborotni izohlash rejasini tuzish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. O’quv materialidan muhimi va asosiysini aniqlashni o’rganib oladilar.

2

O’quv ma’lumotini shema, jadval, chizma, rasm tarzida bayon etishga o’quvchilarni yo’llash.

Bilimlarni chizma, tablitsa va h.k. ko’rinishida bayon etish ko’nikmalarini tarbiyalash.

O’quv materialini yangi ko’rinishda izohlash ko’nikmasini namoyon qiladilar.

3

Turli manbalardagi ahborotlarni taqqoslash orqali o’zlashtirishga o’quvchilarni yo’llash.

Bir sohadagi o’quv ma’lumotini boshqa sohaga ko’chirish malakalarini hosil qilish.

Ko’pgina hollarda o’quvchilar bir sohadan o’quv materialini boshqa sohaga ko’chirib, ularni tizimlashtiradilar

4

O’quvchilarni tushuncha, qonunlar, fomulalar mohiyatini ochish va ularni mantiqiy asoslashga yo’llash.

Mavhum ahborotlar, tasavvurlarni aniq faktlar bilan asoslash va bayon qilishga o’rgatish.

O’quvchilar mavhum ahborotlarni aniq materiallar bilan bog’lab, ularni mantiqiy, tizimli bayon etishni o’rganadilar.

5

Mummoli vaziyatlarni yaratish

YAngi ma’lumotlarni o’zlashtirish vaqtida farazlarni ilgari surish va ularni asoslash ko’nikmalarini hosil qilish.

O’quvchilar muammoli vazifalarni mustaqil echish, fikrlarini dalillash ko’nikmalarini namoyon qiladilar.

Biz o’zimizning farzandlarimizni falsafiy tafakkurga ega bo’lishiga o’rgatishimiz, o’ylovchi, tafakkur qiluvchi shahs sifatida tarbiyalashimiz, darsni hayot bilan bog’lab olib borishimiz lozim. Darsning yuzaga kelishi–bu fikrning yuzaga kelishidir. Bu bir necha elementdan tashkil topadi. Ulardan eng asosiysi - davlat tomonidan belgilangan dasturdir. Mohir, tajribakor o’qituvchilar o’quv dasturining aniq yo’nalishlarini tushunadilar va detallarigacha biladilar. YAhshi o’qituvchini doimo ma’lum mavzuni qanday o’tsam ekan?, degan savol o’ylantiradi. Hozirgi asosiy vazifa ham talabalarni hozirgi ta’lim muassasalarida shahsni rivojlantirish uchun nima qilmoq kerak?, degan savol turibdi. Oldingi darslardan hozirgi zamon darsining farqi shundaki, hozirgi davrdagi iqtisodiy - siyosiy vaziyat, ilmiy ochilishlar, madaniyat o’z ta’sirini o’tkazadi. O’qituvchilarning usullarini qo’llash to’g’risida ko’p gapirish mumkin. SHuni aytish kerakki, o’qituvchi o’rganilmoqchi bo’lgan mavzuning dasturini ishlab chiqadi va darsning didaktik masalalarini va didaktik maqsadini aniqlaydi. Mohir pedagog oldindan darsda echilishi lozim bo’lgan konkret pedagogik masalalarni o’ylaydi. Har bir dars oldida shunday masalalar borki, tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantirish maqsadlar hal etishni rejalashtiradi. Tarbiyaviy masalalar shundan iboratki, unda dunyoqarash shakllanadi, iqtisodiy-siyosiy voqealar bilan tanishtiriladi, ularda vatanparvarlik baynalminalchilik g’oyalar shakllantirilishi kerak. Bu esa, o’quvchi-talabalarga mas’uliyat hissini tarbiyalashga erishish orqali amalga oshiriladi. Mas’uliyat, avvalo, o’quvchi-talabaning o’qishga, bilim olishga bo’lgan hohishi bilan belgilanadi. Buning uchun N.V.Kuharevning fikricha, ta’lim samaradorligini ta’minlovchi malakalarni o’quvchi-talabada tarkib toptirish lozim. Bu malakalar III. 4.-jadvalda o’z ifodasini topgan.


4-jadval. Ta’lim samaradorligini ta’minlovchi malakalar.

YO’NALTIRUVCHI

AQLIY

1.Istagan (ozmi-ko’pmi qiziqarli) material ustida diqqat bilan ishlash.
2.Agar oldinda iltifot kutmayotgan bo’lsa, diqqat bilan ishlash.
3.Har hil topshiriqlarni (o’quvchilar, o’qituvchilar va hokazolarning) bajarishga mas’uliyatli munosabatda bo’lish.
4.O’zgalar taklif qilganidan farqli shahsiy echim topish.
5. Darsda individual topshiriqlar bajarish.
6. Darsdan tashqari vaqtlarda individual topshiriqlar bajarish.
7.Topshiriqlarni darsda bajarish uchun jamov tashkil qilish.

8.Topshiriqlarni darsdan tashqari vaqtlarda bajarish uchun jamoa tashkil qilish.


9.O’qituvchining topshirig’i bo’yicha ayrim o’quvchilarning o’qishida yordam berish.
10.Darsda o’z ishi ustidan nazorat o’rnatish.
11.Darsdan tashqari vaqtni to’g’ri taqsimlash.

12.O’qituvchi ko’rsatmali vositalarga tayanib, ko’rsatmadan bevosita sezilib turmagan bog’lanishlarni tushuntirayotganda uning so’zlarini tinglash.


13.Bevosita ko’rsatmali vositalarni idrok qilishda oydinlashmagan dalillar, hodisalar orasidagi bog’lanishlarni ochish.
14.O’rganilgan material bo’yicha savollarni mustaqil ifodalash, ularni o’qituvchi va o’quvchilarga berish.
15.Tavsifiy va sinov materialini o’rganishda ko’rsatmali qurollarni mustaqil (o’qituvchining tavsiyasi bilan) tayyorlash.
16.Mustaqil tayyorlangan ko’rsatmali qurollarning qo’llanish usullarini asoslash.
17.Ta’lim jarayonida o’z imkoniyatlarini taqsimlay bilish.

1.O’quv materialidan muhimlarini, asosiylarini ajratish.
2.Materialni tizimlashtirish va uni shema orqali ifodalash.
3.O’z javobiga material tanlash; javob berish vaqtida taqqoslash va hulosa chiqarish.

4.Manbalardan, javob berishda qo’llagan holda foydalanish.


5.Spravochnik tipidagi adabiyotlardan foydalanish.
6.Shema tuzish mumkin bo’lgan o’quv matnini grafik ravishda tasvirlash.
7.Mantiqiy tomonlarini va o’tishlarni ta’kidlagan holda bog’lanishli matn (hikoya) tuzish.
8.O’quv materialini taqqoslash yo’li bilan oydinlashtirish.

9.Matnda ishtirok etgan bilish harakteridagi masalani tushunish.

10.O’rganilayotgan dalil va voqealarga o’z munosabatini bildirish.
11.YAngi materialni o’rganish yoki uni oldindan ma’lum bo’lgan dalillar va holatlar bilan taqqoslash munosabati bilan savollarni mustaqil tuzish.
12.Bir nechta manbalar (hujjatlar, kuzatishlar, sinashlar) asosida oddiy tadqiqotlar olib borish.

13.Gipotezani ifoda qilish, uni tekshirish yo’llarini belgilash.


14.Taqqoslashlarni olib borish, hulosa chiqarish, o’quv materialini muhim alomatlariga ko’ra sinflarga ajratish.


15.Abstrakt hodisalarning ma’nosini ochib berish.

16.O’lkashunoslik materiallarini qo’llagan holda oddiy tadqiqotlar olib borish.


17.Egallangan bilimlarni amalda qo’llash usullarini topish.

O’qitishni jadallashtirib, o’quvchilar faolligini oshirishga yordam beruvchi darslardan yana biri – bu hamkorlikda o’qitish tehnologiyasi hisoblanadi. Hamkorlikda o’qitish tehnologiyasi ilg’or pedagogik tehnologiyalar tizimida ko’pgina rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Frantsiya, YAponiya, Isroil, Niderlandiya va boshqa davlatlarda keng qo’llanilib kelinayotgan tehnologiyalardan hisoblanib, u talabalar guruhini komandalarga bo’lish, komanda a’zolarining bir-biriga suyanib, hamkorlikda ma’lumotlrni o’zlashtirishini, ularning intellektual, ma’naviy-ahloqiy rivojlanishini, hamkorlik muloqotini ta’minlashni nazarda tutadi. SHuning uchun hamkorlikda o’qitishda – biror bir narsani birga bajarish emas, balki birga o’qish g’oyasi muhim hisoblanadi. SHuning uchun ham bu tehnologiya ta’lim oluvchilarni samimiylik, o’zaro yordam, sahovat, g’amho’rlik, halollik, to’g’ri ishlash ruhida tarbiyalash va ongli intizomning shakllanishiga yordam beradi.


Tajribaning ko’rsatishicha, hamkorlikda o’qitishda o’qituvchi tashkil qiluvchi, yo’naltiruvchi rolida, o’quvchi talaba esa o’rganuvchi, amalga oshiruvchi sifatida ishtirok etadi. SHunda o’rganuvchilar, ta’lim oluvchilar faoliyatini aniq tashkil qilishi kerak. Mabodo, o’rganuvchi ishni noto’g’ri bajarsa, bunda doim tashkil qiluvchi, yo’naltiruvchi aybdordir.
Hamkorlikda o’qitish tehnologiyasi asosida, bizning tavsiyamizga ko’ra, Buhoro davlat universiteti “Milliy istiqlol g’oyasi va huquq” kafedrasining katta o’qituvchisi M.Oripova “Ma’naviyat – bashariyat taraqqiyotining mahsuli” mavzusida nazariy mashg’ulot o’tkazdi. O’qituvchi yangi mavzuni o’rganishga kirishishdan oldin talabalarning “Ma’naviyat” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati haqidagi tasavvurlarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat-ekskurs daqiqasini o’tkazdi va guruh a’zolarini besh komandaga ajratdi. Ushbu mashg’ulot loyihasini namuna sifatida keltiramiz.
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. P. Yusupоva. «Maktabgacha tarbiya pedagоgika» «Ukituvchi» T- 1993Y.

  2. Muxabbat Rasulоva va «Uchinchi ming yillikning bоlasi» tayanch dasturi.T-2002y.

  3. «Bоlalar bоgchasida ta’lim-tarbiya dasturlari» Muminоva, Sоbirоva va bоshkalar.

  4. Ye.T.Nedоpekina, A.V. Nikоl’skaya «Maktab busagasida» «Ukituvchi»T- 1971Y.



1 N.В.Кuхаrев “Nа putях к prоfеssиоnальnомu sовеrшеnstвu” М.: Prоsвешеnие, 1990, 122 s

Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling