O`qituvchisi to`ychiboyev tolibjonning


TK1: mavzuni ravon gapirib berish


Download 1.46 Mb.
bet2/4
Sana31.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1313283
1   2   3   4
Bog'liq
kuz nematlari 2 sinf

TK1: mavzuni ravon gapirib berish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish.
Rivojlantiruvchi: tabiatga muhabbat tarbiyasini shakllantirish, kishilar mehnatini qadrlashga o`rgatish, o'quvchini mehnat dunyosi bilan tanishtirish;
FK1:o‘lkamizda uchraydigan hayvonlar va hasharotlar hayoti, qushlarning kuzdagi hayotini kuzatadi;
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi. Kompyuter ,poliz ekinlari, turli sabzavotlar, xilma-xil mevalar aks etgan plakatlar, kishilar mehnati tasvirlangan rasmlar, g'o'za, paxta xirmonlari aks etgan rangli suratlar.
Daladan keltirilgan g'o'za namunasi. Kuzgi mevalar.
Dars uslubi: Suhbat, savol-javob, ko`rgazmalilik, ,,Savatchangni to`ldir” didaktik o`yin .
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism.
O`qituvchi: -Salom aziz o`quvchilarim,
Bilimga qiziquvchilarim.
Darsimizda hamma bormi,
Hamma darsga tayyormi?
O`quvchilar: Assalomu alaykum
Hurmatli aziz ustoz.
Darsda barchamiz bormiz,
Hamda darsga tayyormiz.
O`qituvchi: Bugun haftaning qaysi-Aziz o`quvchilar, hozir darsimiz nima?
Atrofimizdagi olam o`zi nima?
Atrofimizdagi olamda nimalar bor?
Tabiatdagi jismlar necha xil bo`ladi?
O`qituvchi: -Juda to`g`ri, bolajonlarim, jonli va jonsiz tabiatga bo`ladi.
Hozir sizlar bilan bir qiziq o`yin o`ynaymiz. Xohlaysizlarmi?
O`quvchilar: Albatta xohlaymiz. Sinf o`quvchilari 3 guruhga bo`linadi. Buning uchun kuzgi olma, xurmo nok mevalari olinadi. Olma olganlar bir guruhga, nok, xurmo mevasi olganlar boshqa guruhga birlashadilar.
Har bir guruhga o`zi tanlagan meva rasmi tushirilgan nomlari taqdim etiladi.
II.O'tilgan mavzuni takrorlash.
,,To`g`ri bajar!” o`yini.
O`yin qoidasi: Kartochkalarga jismlar va moddalar nomlari yozilgan. O`quvchilar Ularni ,,Jonli tabiat” va ,,Jonsiz tabiat” deb nomlangan qutilarga joylash talab etiladi. Har bir guruh uchun so`zlar teng miqdorda alohida jihoz tayyorlanadi.
Masalan: Quyosh, tosh, daraxt, suv, qum, lola, ko`mir, yumronqoziq, kapalak, suv, oy, yulduz, toshbaqa, qalam so`zlari.

Jonli tabiat



Jonsiz tabiat

Topshiriq natijasi tez va to`g`riligi aniqlab guruhlar rag`batlantiriladi.





Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling