Oqoltin tumani xtbga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan yig’ilish Bayonnomasi
Download 18.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqBolalar o‘rtasida nazoratsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi
Oqoltin tumani XTBga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan yig’ilish Bayonnomasi 30.01.2023yil Ahillik MFY Yig’ilishda qatnashdilar:Maktab direktori G.Islamova,maktab o’qituvchilari Taklif qilindi:1-darajali adliya maslahatchisi Oqoltin tuman prokurori A.Shukurov Kun tartibi: 1.Bolalar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish 2. O’quvchi yoshlarning noqonuniy chetga chiqishlarini oldini olish va turli yod g’oyalarga qarshi kurash,Diniy aqidaparaslikning oldini olish, ijtimoiy-ma`naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish. Eshitildi: Yig’ilishni maktab direktori G.Islamova ochib berdi va yig’ilish ishtirokchilariga kun tartibidagi masalalar haqida gapirib o’tdi va yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirib o’tdi.Yig‘ilishda masala yuzasidan Oqoltin tumani prokurori A.Shukurov “Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va xuqubuzarliklarni oldini olish hamda ularni milliy ma’naviyatimizga zararli ta’sirlar va oqimlardan himoya qilish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. O‘z so‘zida bugungi uchrashuvimizni bosh maqsadi va vazifasi yoshlarni milliy tabiatimizga yot zararli ta’sirlar va oqimlardan himoya qilish,sog‘lom turmush tarzini qaror to’tirish,yurtimiz tinchligi,osoyishtaligi, jamiyatimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida to‘htalib o‘tdi.Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatimizda katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘z qadr-qimmatimiz,milliy davlatchiligimiz,madaniyatimiz,tilimiz va dinimizni milliy qadriyatlarimizni tiklab jahon hamjamiyatiga o‘zimizga munosib obro‘- e’tibor qozonishga erishdik.O‘zbekistonni dunyoni barcha davlatlari tomonidan yagona mustaqil davlat sifatida tan olindi.Mustaqillik yillarida hayotimizning barcha soha va javhalarini demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, iqtisodiy va siyosiy sohalarini liberallashtirish jarayonlari yo‘lida katta ahamiyatga ega bo‘lgan qonun va qonunchilik normalari qabul qilinmoqda.Mamlakatimizda sud-xuquq tizimining isloh qilishning mutloqo yangi konse’siyasi yaratildi. Yurtimimzda amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari ko‘‘lab nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib baholanmoqda. Biz shuni unutmasligimiz kerakki, ming yillar avval ajdodlarimiz Buyuk i’ak yo‘li orqali nafaqat savdo-sotiq bilan balki madaniyat va ma’rifat tarqatish bilan ham shug‘ullanganlar va bu bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar O‘zbekiston Sharqning atoqli mutafakkirlarini yetishtirib bergan qutlug‘ zamindir.Lekin bugun ularning avlodlari orasidan o‘z ajdodlariga nomunosib ba’zi kimsalar bunday jirkanch holatlarga yo‘l qo‘yganliklarini qanday tushunsa bo‘ladi? Bola jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Balki muhit, tarbiyaning yo‘qligi uni shu yo‘lga boshlaydi.SHunga alohida e’tibor berish lozimki oilada ota-onalarning har bir harakati bola uchun saboq bo‘ladi. Shuningdek yoshlar o‘quv yurtida o‘qituvchi va mualimlarning yurish-turishi, fe’l atvoridan ibrat olishga intiladilar.Bu o‘z navbatida yoshlar tarbiyasi uchun ota-ona o‘quv yurti ma’muriyati qolaversa mahalla faollari o‘zlari namuna bo‘lishlari lozimligini talab etadi.Hatto xadislarda aytilishicha ota-ona bolani dunyoga keltirgani uchun emas, uni odobli,ahloqli qilib voyaga etkazganliklari uchungina olqishlarga sazovor bo‘ladilar.”Farzandlarimizni izzat ikrom qilish bilan birga ahloq odobini ham yaxshilangizlar” deyiladi. O‘quv yurtidagi tarbiya yoshlarning o‘z huquqlari va ota-ona va ona Vatan oldidagi burchlarini to‘la anglashlari uchun mustahkam zamin bo‘lsa, yoshlar tarbiyasidagi ota-ona mahalla –kuyning o‘rni esa. Ularning tom ma’noda inson bo‘lib etishishlari uchun alohida ahamiyatga ega. SHuning uchun hozirda ayrim yoshlarimizning qing‘ir ishlariga qo‘l urishda faqatgina bir tomonni ayblab bo‘lmaydi.Zero yoshlar tarbiyasi uchun har birimiz mas’ulmiz. Oilada, o‘quv yurtida mahallada yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilsa, bu borada xuquq-targ‘ibot idoralari, mahalla faollari va boshqa jamoat tashkilotilari uzviy hamkorlikda ish olib borishlari kerak. Ana shunda yoshlarimiz qalbiga ma’naviyat-ma’rifat tuyg‘ularini singdirishga ularning xuquqiy savodxonligini oshirishga,mustaqil fikrlashini ta’minlashga qodir bo‘lgan bu yaxlitlik ular tomonidan jinoyat va xuquqbuzarlik holatlari sodir etilishining oldini olishda katta samara beradi deb o‘z so‘zini yakunladi. Muzokaraga chiqgan MMIBDO‘ E.Yuldashev“Yoshlar orasida giyoxvand vositalarini tarkatilishiga kurashish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.Yurtboshimiz yoshlarga yuksak ishonch bildirib: Farzandlarimiz,yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz,yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning “Hal qiluvchi kuchidir”,dea ta’kidlaganlarida bugungi avlod vakillari aynan ana shunday fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini nazarda tutganliklari, shubxasiz.Ammo, O‘zbekiston jaxonga yuz tutayotgan,yoshlarimiz g‘ayrat shijoati,bor kuch imkoniyati va intellektual salohiyatini namoyon etib,qaysidir sohada jonajon Vatanimiz gullab yashnashiga o‘z xissasini qo‘shayotgan bir ‘aytda ayrim o‘smirlarimiz bilib bilmay ichki likbozlik,giyoxvandlik domiga tushib qolishya’ti.Xo‘sh,ayni bilim olib,kasb-xunar o‘rganadigan ‘aytida bu tengdoshlaringiz zaxri qotil iste’mol qilib,sog‘ligidan ayrilishi,yaqinlaridan judo bo‘lishi,o‘z umrini xazon qilishiga nima majbur etaya’ti? Ularni bu yo‘ldan qaytara olamizmi?Avvalo shuni aytish lozimki,giyohvandlik insoniyat uchun eng xavfli va og‘ir oqibatlarga olib keluvchi ofat sifatida jahon xalqlarini tashvishga solya’ti.Bu bejiz emas albatta.Giyoxvandni xumori tutganda zaxri qotilni qo‘lga kiritish uchun qotillik,bosqinchilik,tanlonchilik,o‘g‘rilik firibgarlik va boshqa og‘ir turdagi jinoyatlarga qo‘l uradi xatto ota-onasi,aka-ukasi va boshqa yaqinlarining joniga qasd qilishgacha boradi.Og‘uni iste’mol qilishi oilaning barbod bo‘lishi,farzandlari mayib majrux bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi.Inson ota-onasi va qarindoshlaridan yuz o‘giradi xotirasini yo‘qotadi xech narsaga qiziqmay qo‘yadi,bexayolik diyonatsizlikka yuz tutadi.Aziz,yoshlar Ko‘rya’sizmi, bu ofat inson hayotiga qay darajada rahna solib,kulfatlar kelib chiqaradi.Giyohvandlik yana shunisi bilan xavfliki,u OITS ya’ni S’ID,Ge’atit,Sil,Zaxm kabi ko‘‘lab yuqumli kasalliklarni olib keladi.Giyohvandlarning 40 % dan ortig‘i OITS ni yuqtirib olmoqda.Dunyoda eng rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan AQSH da har yili zaxri qotilga ruju qo‘ygan shaxslardan 14 ming nafardan ortig‘i halok bo‘lar ekan.Fransuz olimi Demma 28 yil davomida giyohvandlikni iste’mol qiluvchi 10 ta oilani kuzatgan.Afsuski,bu xonadonlardagi bolalarni 90 % nogiron bo‘lib tug‘ilgan.Keltirigan raqamlar har bir kishini o‘yga toldirishi tabiiy chunki hech bir inson onadan ‘iyanista yoki giyohvand bo‘lib tug‘ilmaydi.Buni kelitirib chiqaradigan bir qator omillar mavjud.Ba’zilar to‘hlikka sho‘xlik qilsa, boshqa birovlar o‘zi bilmagan holda aldovlar natijasida shu yo‘lga kirib qolmoqda.Hozirgi kunda o‘smirlar ayollar o‘rtasida ham giyohvandlikka ruju qo‘yish hollari uchrayotgani tashvishlidir.Afsuski,ushbu illat asta sekin O‘zbekistonimizga ham o‘zini qora ko‘lankasini tashlamoqda.Viloyatimizga Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaradosh tumanlar orqali Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan narkotik moddalarni aylanma yo‘llar bilan olib o‘tish holatlari hamon davom etayotgani,og‘uni iste’mol qilishga moyil shaxslar soni ortib borishiga olib kelmoqda. Ma’ruzalardan so‘ng o‘quvchi va o‘qituvchilar tomonidan savollar berildi.Berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob berildilar. Download 18.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling