reja
|
chiqarilgan mahsulot
|
Korxonaning ishlab chiqarish hajmi
|
-
|
2800
|
Yig’uv tsexi
|
2700
|
2800
|
Tayyorlov tsexi
|
2850
|
2720
|
Tsexlar bo’yicha qiymat hisobida ishlab chiqarish hajmi bir birlik buyumning tannarxidan yoki korxona ichidagi bahosidan kelib chiqqan holda topiladi.
Kichik korxonalarda tsexlar bo’yicha qiymat qo’rsatikchlar aniqlanmaydi.
Tsexlar bo’yicha yillik topshiriq kvartallarga, oylarga bo’lib qo’rsatiladi. Asosiy tsexlarda reja topshiriqlari barcha turdagi mahsulotlar bo’yicha qo’rsatiladi.
Yordamchi tsexlar programmasini korxona o’zlari uchun va boshqa tashkilotlar uchun bajariladigan ishlar miqdoriga qarab tuzadilar.
Korxona bo’yicha bajariladigan ishlar tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
qabul qilinsa, tsex va uchastkalar uchun topshiriq ish turlari, buyumlar, detallar, uzellar bo’yicha ya’ni tayyor mahulotni ishlab chiqarish kerak bo’lgan uning bo’laklari bo’yicha beriladi. Har bir ish joyi uchun esa - detallar va ishlab chiqarish jarayonlari bo’yicha beriladi.
Tsexlarni qabul qilingan topshiriqlarni bajarish quvvati etadimi - yo’qmi, uni bilish uchun bir qancha hisoblash ishlari, tahlillar olib boriladi;
- ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan mahsulotga (ishga) har bir dastgohni sarf qiladigan vao’ti (soati) aniqlanadi.
- o’xshash tipdagi dastgohlarni ish bajara olish quvvati topiladi;
- reja davrida dastgohlarga va ishlab chiqarish maydonlariga beriladigan ishlar koeffitsienti hisoblanadi;
- dastgohlr quvvatidagi nomutanosibliklar yuzaga chiqarilib yqnaltiriladi;
- dastgohlar quvvati etmagan joylarni quvvatini oshirish choralari qo’riladi. Buyumlarni ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishi uchun barcha tsex,
uchastka va ish joylarida tugallanmagan ishlab chiqarishlarning normadagi miqdori berilishi zarur. Ularning qoldig’i me’yoridan oshib ketsa tayyor mahsulot hajmi kamayib
ketadi, va aylanma mablag’lar harakati, ishlab chiqarish rentabelligi pasayadi. Tugallanmagan, chala tayyor buyumlarning etishmasligi esa ishlab chiqarishning mq’tadil, bir me’yorda borishini buzadi, dastgohlar va ishchilarning bo’sh turib qolishga, mahsulot sotilishini kamayib ketishiga, ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini yomonlashuviga olib keladi7
Do'stlaringiz bilan baham: |