O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet1/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Moliya instituti
E.Egamberdiev G’.Qudratov
KORXONA IQTISODIYOTI
( o’qo’v qo’llanma)
Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan

Ma’sul muxarrir:
Tao’rizchilar: TMIning «Menejment va huquq» kafedrasi
dotsenti Sobirjonova D.
TDTUning «Iqtisodiyotda axborotlar tizimi» kafedrasining professori Boqiev A.
Egamberdiev Erkin, Qudratov G’ayrat
Korxona iqtisodiyoti ( o’qo’v qo’llanma)
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi. Toshkent Moliya instituti – T-2004. … bet).
Toshkent Moliya instituti

SO’Z BOSHI
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy faoliyatning markazi butun iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalarga kqchmoqda. Xuddi shu bo’g’inda jamiyat uchun zarur bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi va turli xildagi zaruriy xizmatlar bajariladi. Odatda korxonalarda eng etuk malakali kadrlar tqplangan bo’ladi.
Resurslar sarfining samaradorligi, unumdor texnika va texnologiyalar qo’llash masalalari shu joyda xal etiladi. Korxonalarda biznes-reja tuzish, marketingni o’tllash, ishlab chiqarishga rahbarlik – menedjment ishlari amalga oshiriladi.
Bularning hammasi chuqur iqtisodiy bilim talab etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor talablarini yaxshi bilgan, korxonalargina yashab qoladi va mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi, xodimlarning daromadini oshirishga erishadi.Qo’yilgan vazifalarni faqat korxona iqtisodiyoti asoslarini yaxshi bilgan holdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin. «Korxona iqtisodiyoti» fanini zaruriyati ham ushbu fan ilmini o’rganishdan iboratdir.
«Iqtisodiyot» iborasi nimani anglatadi? P.Samauelson fikricha iqtisodiyotning klassik talqini shundaki, iqtisodiyot – ma’lum xildagi, cheklangan resurslardan foydali mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni turli guruhdagi kishilar o’rtasida taqsimlash uchun jamiyat ulardan qanday foydalanishi kerakligi haqidagi fandir.
Jamiyat hayotidagi iqtisodiy jarayonlar va xodisalarni o’rganish darajalari har xil bo’ladi. Odatda makrodaraja va mikrodarajalar ajratiladi. Lekin ular o’rtasida aniq, qattiq chegaralar yo’q. Iqtisodiyotning ko’pgina qismlari va mavzulari umumiydir. «Korxona iqtisodiyoti» fani «Buxgalteriya hisobi va xqjalik faoliyatining taxlili», «Sanoat menedjmenti», «Marketing», «Sanoat statistikasi», «Korxona moliyasini boshqarish» kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir.
O’quv qo’llanmani tayyorlashdan maqsad hozircha ushbu fan bo’yicha o’zbek tilida ma’ruza matnlari ham, darslik va qo’llanmalar ham yo’q. Bu qo’llanmaning xususiyati va afzalligi shundaki, bunda respublikamizda turli xildagi korxonalar, firmalar va tadbirkorlik sub’ektlarini shakllanishi va rivojlanishining huquqiy va iqtisodiy asoslariga, bozor qonunlari, marketing ilmining talablariga tayangan holda nazariy masalalar amaliyot bilan bog’langan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling